Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qurilishi sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarishning nazariy va uslubiy jihatlari o'rganilgan, korxonalarning iqtisodiy salohiyatini baholashning zamonaviy usullari taklif etilgan va amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari bo'yicha prognozlar ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarishning nazariy asoslari: Ushbu bobda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarishning ilmiy-nazariy asoslari o'rganilgan, qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarish xususiyatlari yoritilgan va shu bilan birga qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarishda iqtisodiy manfaatlarning shakllanishi tadqiq etilgan.
  • Qurilish sanoati korxonalarini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish: Bu bobda innovatsion salohiyatni baholash uslubiyotini takomillashtirish asosida qurilish sanoati korxonalarini boshqarish asoslangan, qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv salohiyatini baholash uslubiyotining shakllanishi o'rganilgan va shu bilan birga qurilish sanoati korxonalarida iqtisodiy salohiyatning shakllanishi, uni baholash hamda undan foydalanish tizimlashtirilgan.
  • Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyati tahlili: Ushbu bobda Oʻzbekistonda qurilish tarmogʻi rivojlanishining iqtisodiy holati oʻrganilgan. Shu bilan birga turli mulkchilik shakllariga ega qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyati tahlil qilingan hamda qurilish sanoati qorxonalari iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishning koʻp omilli ekonometrik modeli yaratilgan.
  • Qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish: Bu bobda iqtisodiy salohiyatni oshirish asosida qurilish sanoati korxonalarining boshqaruv mexanizmlarini rivojlangtirish yoʻnalishlari keltirilgan, qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini ko'p omilli bogʻlanishlar asosida modellashtirish orqali sinergetik samaradorlikni oshirish yo'llari belgilangan hamda qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini shakllantirish ssenariylari keltirilgan.