Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plug parametrlarini asoslash

Ushbu dissertatsiya avtoreferatida Dilsabo Choriyeva tomonidan "Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plug parametrlari

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, natijalarning ishonchliligi va joriy qilinishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plug parametrlari asoslash: Dissertatsiyaning birinchi bobida egatsiz tekis shudgorlash texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan pluglar, burchakkeskichli pluglar konstruksiyalari, palaxsani o'z egatiga ag'darish jarayoni va disksimon burchakkeskichlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil etilgan. Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plugning konstruktiv sxemasi va uning disksimon burchakkeskichi parametrlarini asoslash bo'yicha nazariy tadqiqotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plugning konstruktiv sxemasi va uning disksimon burchakkeskichining parametrlarini nazariy asoslash bo'yicha tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
  • Tajribalar va natijalar: Uchinchi bobda tadqiqotlarni oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan laboratoriya dala qurilmasining tuzilishi, disksimon burchakkeskichning parametrlari, disksimon burchakkeskichni pog'onasimon plugda o'rnatish sxemasi, korpuslar orasidagi bo'ylama masofa, disksimon burchakkeskich hamda va korpus orasidagi bo'ylama masofa hamda korpuslar orasidagi ochiq egat kengligini asoslash bo'yicha oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. To'rtinchi bobda esa "Disksimon burchakkeskichli pog'onasimon plugning xoʻjalik sinovlari natijalari va uning iqtisodiy koʻrsatkichlari” haqida ma'lumot berilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiya bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalar taqdim etilgan: egatsiz tekis shudgorlashda qoʻllaniladigan mavjud pluglar va burchakkeskichlarning konstruktiv xususiyatlari asosida disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plugning konstruksiyasini ishlab chiqish imkonini yaratdi; egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plug ramasiga disksimon burchakkeskichlar, yo'naltiruvchi plastinali o'ngga ag'daruvchi korpuslar yakka tartibda va ketma-ket joylashtirish uni ixcham va osma etib tayyorlash imkonini berdi; minimal energiya sarf qilingan holda talab qilingan texnologik jarayonni bajarish uchun disksimon burchakkeskichning ishchi yuzasi korpuslar bilan palaxsani ag'darilish tomoniga qaratilgan boʻlishi lozim; disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plugning burchakkeskichi sferik disk turida boʻlib, uning diametri 480 mm, harakat yoʻnalishiga nisbatan oʻrnatish burchagi 33-35° oraligʻida va tikka nisbatan nisbatan o'rnatish burchagi 8-10° oraligʻida, ishlov berish chuqurligi esa 10,45-13 cm boʻlganda kam energiya sarflagan holda talab darajasida tekis shudgorlashni ta'minlaydi; minimal energiya sarf qilingan holda talab qilingan texnologik jarayonni bajarish uchun pog'onasimon plug korpuslari orasidagi boʻylama masofa 47,83-49,65 cm oralig'ida, disksimon burchakkeskich va korpus orasidagi boʻylama masofa 19,23-19,49 cm oralig'ida va ochiq egat kengligi 5,58-6,80 cm oralig'ida boʻlishi lozim; ishlab chiqilgan disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pogʻonasimon plug belgilangan texnologik jarayonlarni ishonchli bajardi va uning ish ko'rsatkichlari agrotexnika talablari va texnik topshiriqqa to'liq mos keldi; disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog'onasimon plugni qoʻllash amaldagi pluglarga nisbatan dalalarni egatsiz tekis shudgorlashda bir gektar maydonga sarflanadigan to'g'ridan-to'g'ri (ekspluatatsion) harajatlarni 14,68 foizga kamaytirish va buning evaziga bitta plugdan yiliga 40163759,1 so'm iqtisodiy samara olish imkonini berdi.