Тил ҳодисаларини синергетика тамойиллари асосида тадқиқ этиш

Ushbu kitobda tilning o'z-o'zini tashkil etish xususiyatlari, tilshunoslikdagi evolyutsion o'zgarishlar sinergetika nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Unda tilning murakkab tizim ekanligi, uning tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, turli lingvistik hodisalarning o'zaro bog'liqligi ko'rsatib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Sinergetika va lingvosinergetika: Sinergetikaning asosiy tushunchalari, lingvistika sohasiga tatbiqi, tilning o'z-o'zini tashkil etuvchi tizim sifatidagi xususiyatlari.
  • Til hodisalarining sinergetik talqini: Til hodisalarini sinergetika tamoyillari asosida tahlil qilish, til morfemalarining tuzilishidagi asimmetrik jarayonlar, til qurilishidagi o'zgarishlar (fuktatsiya va bifurkatsiya).
  • Ingliz tilida bifurkatsiya nuqtasi: Ingliz tilidagi aglyutinatsiya va fuziya tendentsiyalari, ingliz tili evolyutsiyasidagi o'zgarishlar.
  • Dialektika: Dialektikaning asosiy tamoyillari:uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi, olamning rang-barangligi va uyg'unligi.