Qoraqalpog'istondagi madaniy meroslar vositasida talaba-yoshlarni ma‘naviyaxloqiy tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyasi

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Qoraqalpog'istondagi madaniy meroslar vositasida talabalar va yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda madaniy meroslardan foydalanishning pedagogik jihatlari, talabalarda milliy g'ururni tarbiyalashning zamonaviy usullari, shuningdek, axborot texnologiyalari va media vositalaridan foydalanishning ahamiyati atroflicha ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ular ta'lim jarayoniga tatbiq etishga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Jahon tajribasi jahon tsivilizatsiyasining axborot texnologiyalari va bilimlarga asoslangan jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga o'tish sharoitida ta'lim har bir davlatning rivojlanishi uchun eng muhim omilga aylanganligini ko'rsatmoqda. Madaniy merosni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, ta'lim, davlatlar va xalqlar o'rtasida madaniy almashinuv amalga oshiriladigan millatning ma'naviy boyligi bilan taqqoslash mumkin. Bu esa milliy-madaniy meroslardan foydalanishning muhimligini ta'kidlaydi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining "Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari" ustuvor yo'nalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Respublikamiz olimlaridan Ya.G'ulomov, M.Imomnazarov, M.Kaxxarova va boshqalar tomonidan tarixiy-madaniy merosning falsafiy, arxeologik va ijtimoiy-madaniy ahamiyati hamda oʻquvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, xorijlik olimlardan N.Alsayyad, B.Dicks va boshqalar tomonidan madaniyatlarning transformatsiyasi masalalari oʻrganilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpogʻiston arxitektura yodgorliklari va milliy madaniy meroslar orqali talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqot vazifalari: Milliy-madaniy meroslar va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashga doir pedagogik imkoniyatlarini yoritib berish; talabalarda milliy -madaniy meroslar vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalash modelini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash; talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalash uchun pedagogik shart-sharoitlar kompleksini aniqlash va eksperimental tarzda tekshirish; talabalarning darsdan tashqari mashg'ulotlari jarayonida milliy-madaniy meros vositasida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishning yo'llarini ishlab chiqish.
  • Tadqiqot ob'ekti va predmeti: Tadqiqot ob'ekti sifatida Qoraqalpog'istondagi madaniy meroslar vositasida talaba-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyalari olingan. Tadqiqot predmeti arxitekturalik va madaniy meros ob'ektlari orqali talabalarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik mazmuni, shakl, uslub va vositalari hisoblanadi.
  • Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, suhbat, so'rovnoma, tajriba-sinov, test, anketa, qiyosiy tahlil, bahs-munozara, natijalarni matematik-statistik qayta ishlash va tahlil etish usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Milliy madaniy meros va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari tarbiyaning pedagogik va uslubiy jihatlarini takomillashtirishning konstruktiv mexanizmlarini vitagen ta'lim integratsiyasini ta'minlashning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan; talabalarda milliy madaniy meros ob'ektlari vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash modeli samaradorlikka erishishning pragmatik usullarini milliy ta'lim identifikasiyasini rivojlantirish bilan bog'liq ma'naviy-axloqiy mezonlar orqali ta'lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash tizimini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shartsharoitlar kompleksi ta'limga qo'yilayotgan zamonaviy talablarni ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar aspektida unifikatsiyalash va amaliyot va nazariya uyg'unligini ta'minlash mexanizmlarini dilektik aloqadorlik nuqtai nazaridan optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan; talabalarning darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari aksiologik yondashuv tamoyillarini tarbiya resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan deterministik omil sifatida moslashtirish asosida ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Milliy-madaniy meroslar va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashga doir pedagogik imkoniyatlar aniqlashtirilgan; talabalarda milliy-madaniy meroslar vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalash modeli ishlab chiqilgan uning samaradorligini baholash mezonlari koʻrsatilgan; talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalash uchun pedagogik shart-sharoitlar kompleksi aniqlangan va eksperimental tarzda tekshiruvdan oʻtkazilgan; talabalarning darsdan tashqari mashg'ulotlari jarayonida milliy-madaniy meros vositasida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishning yoʻllari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Qoʻllanilgan yondashuv, usullar ilmiy-metodik asoslanganligi, nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Milliy madaniy meroslar vositasida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini hal qilishga yo'naltirilgan konseptual-metodologik yondashuv va samarali pedagogik mexanizmlar belgilab berilganligi, madaniy meroslardan foydalanishga oid nazariy-fundamental tushunchalar koʻrib chiqilgan va aniqlanganligi, milliy madaniy meroslar orqali talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning asosiy mezonlari ishlab chiqilganligi, oʻrganilayotgan muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi tamoyillar, omillar, ijtimoiy-madaniy va psixologik-pedagogik shart-sharoitlar aniqlab berilganligi va talabalarni ma'naviy tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik model ishlab chiqilganligi bilan belgiladadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarbiyaning pedagogik va uslubiy jihatlarini takomillashtirishning konstruktiv mexanizmlarini vitagen ta'lim integratsiyasini ta'minlashning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan milliy madaniy meros va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari boʻyicha taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg'unligi asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” va Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan P3200170915198 raqamli "Qoraqalpogʻiston jamiyatidagi ijtimoiy koʻrsatmalar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” (2018-2020 yillar) mavzusidagi amaliy loyihalari mazmuniga singdirilgan. Samaradorlikka erishishning pragmatik usullarini milliy ta'lim identifikasiyasini rivojlantirish bilan bog'liq ma'naviy-axloqiy mezonlar orqali ta'lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash tizimini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan talabalarda milliy madaniy meros ob'ektlari vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash modeli boʻyicha xulosa va takliflardan Qoraqalpogiston televideniesining «Meros» koʻrsatuvi ssenariysini yaratishda foydalanilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro va 14 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 29 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, 4 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta darslik chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, 3 bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 120 sahifani tashkil etadi.
  • Xulosalar: Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Talabalarni arxitektura yodgorliklari vositasida ma'naviy tarbiyalash tizimini rivojlantirish murakkab koʻrinishga ega boʻlib, mazkur jarayon oʻzaro bir-biri bilan bog'langan tarkibiy qismlar yigʻindisi sifatida namoyon boʻladi. 2. Tizimli, sub'ektiv va faoliyatga yo'naltirilgan yondashuvlar va qadriyatga yo'naltirilgan faoliyatning o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning ahamiyatini toʻliq anglab yetiladi. 3. Oliy ta'lim muassasalarida arxitektura yodgorliklarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatining oʻziga xos jihatlaridan milliy g'urur va iftihor tuygʻlarini mustahkamlash, ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda foydalanish muammosi ilmiy-pedagogik xarakterga ega boʻlib, uni pedagogik jihatdan tadqiq etish, olingan ilmiy natijalarni ta'lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish bu boradagi samaradorlik garovidir. 4. Oliy ta'lim muassasalarida o'quv dastur, darslik va sinfdan tashqari mashg'ulotlari tahlil qilinib talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy zarurat ekanligi asoslab berildi. 5. Qoraqalpoq xalqining milliy-madaniy meroslari va arxitektura yodgorliklariga sayohatni tashkil etish hamda ulardan hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimida maqsadga muvofiq foydalanish muhim vazifa hisoblanadi, chunki, talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishga yordam beradi. 6. Talabalarni milliy-madaniy meroslar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash va ularning ma'naviy madaniyatini rivojlantirish milliy pedagogikamizning dolzarb muammolaridan biri ekanligi ilmiy asoslandi. 7. Talabalarni milliy madaniy meroslar yordamida tarbiyalash jarayoni murakkab va koʻp qirrali boʻlib, u ijtimoiy-gumanitar fanlarga bog'liq holda oʻrgangan taqdirdagina samaradorligi ortishi haqida ilmiy xulosaga kelindi. 8. Milliy madaniy meroslar vositasida talabalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari va texnologiyalari, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ta'lim-tarbiya sifatini oshiradi.
  • Ilmiy-metodik tavsiyalar: 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi madaniy meroslarni keng ommaga yaqindan tanishtirish ishlarini yolga qoyish. 2. Oliy ta'lim muassasalarida yurtimizning madaniy meroslar vositasida talabalar va yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida darsliklar, oʻquv qo'llanmalar tayyorlash. 3. Milliy-madaniy meroslarimizdan biri hisoblanmish arxitektura yodgorliklarini ommaga keng targib qilish ishlarini amalga oshirish: kitoblar, maqolalar, risolalar, fotoalbomlar va h. bosmadan chiqarish. 4. Qoraqalpogʻistondagi yetti ajoyib arxitektura yodgorliklariga turistlik sayohat tashkil etish va shu asosda talabalarda milliy va ummuinsoniy qadriyatlarni shakllantirish muhim sanaladi.