Qo‘shqatorlab ekilgan g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tup son qalinligining ta’siri

Ushbu avtoreferat

Asosiy mavzular

  • ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida oʻtkazilgan dissertatsiya ishining dolzarbligi va zarurati asoslangan boʻlib, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda obyekt va predmetlari tavsiflangan. Respublika fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan. Tadqiqot usullari, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar yoritilgan.
  • "Gʻoʻzani qoʻshqatorlab ekish usullari, tup son qalinligi va oziqlantirish me'yorlarining samaradorligini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar sharhi": Birinchi bobida mavzu boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlar ishlari yuzasidan ma'lumotlar keltirilgan boʻlib, chigit ekish usullari boʻyicha olib borilgan dastlabki ishlar, gʻoʻza navlari xususiyatlariga chigit ekish usullarining ta'siri boʻyicha ilmiy tadqiqotchilarning oʻz davrida olib borgan izlanishlari natijalari, gʻoʻzaning oʻsib rivojlanishiga chigit ekish usullari va tup son qalinligini ta'siri, gʻoʻza navlarining optimal rivojlanishi uchun qoʻllanilgan o'g'it me'yorlari, maqbul tup son qalinliklarini aniqlash boʻyicha koʻplab ilmiy nashrlar asosida adabiyotlar tahlil qilingan.
  • "Tadqiqot oʻtkazilgan joyning geografik oʻrni, tuproq iqlim sharoiti, tadqiqot olib borish usuli va uslubiyati, tajriba dalasida qo'llangan agrotexnologik tadbirlar": Ikkinchi bobida tajriba oʻtkazilgan mintaqaning geografik oʻrni, tadqiqotlar oʻtkazilgan hududning tuproq-iqlim sharoitlari va tadqiqot oʻtkazish uslublari, tajribada ekilgan gʻoʻza navining tavsifi hamda tajribada qoʻllanilgan agrotexnologik tadbirlar, tajribada oʻrganilgan gʻoʻza navining tavsifi va tasnifi bayon etilgan. Tadqiqotning dala tajribalari Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanidagi, “Usto Temir” fermer xoʻjaligida 2019-2021-yillarda oʻtkazilgan.
  • "Chigit ekish usullari va tup son qalinligini gʻozaning oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifat koʻrsatkichlariga ta'siri": Uchinchi bobida chigitlarni ekish usullari va tup son qalinligi hamda ma'danli oʻgʻitlarni qoʻllash me'yorlarini gʻoʻza oʻsimligini o'sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga hamda chigitning sifat koʻrsatkichlariga ta'siri boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • XULOSALAR VA TAKLIFLAR: Samarqand viloyatining eskidan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlari sharoitida gʻoʻzaning “Omad