Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmi

Ushbu kitob maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda STEAM texnologiyasining nazariy asoslari, maktabgacha ta'limda uning qo'llanilishi, zamonaviy talablarga moslashtirilgan metodikalar, o'quv jarayonini tashkil etishning innovatsion usullari hamda natijadorligini oshirish yo'llari batafsil yoritilgan. Tadqiqotda STEAM texnologiyasining bolalar rivojlanishiga ta'siri, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishdagi o'rni ilmiy-amaliy jihatdan ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • STEAM texnologiyasining nazariy asoslari: Ushbu bo'limda STEAM texnologiyasining ta'limda vujudga kelishi, maktabgacha ta'limda ushbu texnologiyani qo'llashning zarurati, afzalliklari va tamoyillari haqida ma'lumot berilgan. Xorijiy va mahalliy olimlarning STEAM texnologiyasiga oid qarashlari, ta'riflari hamda uning bolalar shaxsini shakllantirishdagi roli yoritilgan.
  • Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasining didaktik mexanizmi: Bu qismda maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmini yaratish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida STEAM laboratoriyalarini tashkil etish, o'qitishning samaradorligini oshirish imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlar, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish metodikasi, rivojlantiruvchi innovatsion muhitni yaratish hamda faoliyatlarni bosqichma-bosqich tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.
  • STEAM texnologiyasidan foydalanishning samaradorlik darajasi: Uchinchi bobda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida STEAM modullarini o'qitishda rivojlantiruvchi muhitdan foydalanish samaradorligini oshirishda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o'tkazish metodikasi hamda uning natijalari, samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida mezonlar ishlab chiqilgan. Tajriba-sinov natijalari tahlili va xulosalari keltirilgan.