Sirdaryo havzasi akvakultura tizimlarida suv sifat ko‘rsatkichlarining cheklovchi xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati O‘zbekistondagi Sirdaryo havzasi akvakultura tizimlarida suv sifatini cheklovchi omillarni o‘rganishga bagʻishlangan. Unda turli suv havzalaridagi suv harorati, erigan kislorod, pH, azot birikmalari va boshqa gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarning kunlik va yillik dinamikasi, ularning baliqlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda Sirdaryo havzasi sharoitida akvakultura texnologiyalarini tanlashda va baliq turlarini rivojlantirishda suv haroratining asosiy cheklovchi omil ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, sanoat baliqchiligida qafas usulining ustunligi va uni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari asosida suv sifatini yaxshilash va baliqchilik mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, qolaversa, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi haqidagi ma'lumotlar bayon qilingan.
  • 1-bob "Akvakultura ehtiyojlari uchun suvning baliqchilik sifat koʻrsatkichlarini baholash": Turli tizimlarda yetishtirilayotgan baliqlar o'sishi va ixtiomassasining ortishiga tashqi muhit omillari salbiy ta'sirining oldini olishda gidrokimyoviy tadqiqotlar muhimligi koʻrsatilgan. Baliqchilik amaliyotida suv sifati boʻyicha mutaxassislar bir qator kompleks koʻrsatkichlarni aniqlaydi va yetishtirish tizimi gidrokimyoviy tahlili sifatida umumlashtiriladi. Suvning sifatini tahlil qilish muhim jarayon boʻlib muayyan hududlarda akvakulturani rivojlantirib muayyan baliqchilik tizimlarida (hovuz, qafas moslamalari, basseynlar) u yoki bu obektdan foydalanish imkoniyatini belgilab beradi. Suvning sifatini cheklovchi omillar suvning harorati, vodorod potensiali (pH), suvda erigan kislorod miqdori, azot saqlovchi moddalar miqdori ekanligi asoslangan.
  • 2-bob "Suvning sifat koʻrsatkichlarini cheklovchi xususiyatlarini oʻrganish uslublari va manbalari": Unda materiallar Chirchiq daryosi havzasida joylashgan turli tipdagi baliqchilik tizimlaridan (hovuz, qafas moslamalari, oqar suv basseynlari, yopiq suv ta'minoti qurilmasi basseynlari) 2012-2021 yillar davomida toʻplanganligi bayon qilingan. Namunalar (havo va suv harorati, pH, suvda standart talablar va uslublarga mos ravishda toʻplandi. Koʻrsatkichlarning kunlik natijalari umumlashtirilgan holda yillik dinamikasi oʻrganildi. Mazkur tadqiqotlar baliq mahsuldorligi gektariga 25 sentner boʻlgan hovuz baliqchiligida an'anaviy tarzda yetishtirib kelinayotgan oq doʻngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix), karp (Cyprinus carpio), oq amur (Ctenopharyngodon idella), ba'zan chipor doʻngpeshona (H.nobilis), qafas moslamalarida kamalak gulbaliq (Oncorhynchus mykiss), oqar suv basseynlarida kamalak gulbaliq, sibir osyotri (Acipenser baerii), Yopiq suv ta'minoti qurilmasida (UZV) da borildi.
  • 3-bob "Sirdaryo havzasi daryolarining qisqacha fizik-geografik tasnifi": Bobda Sirdaryo havzasining togʻli hududlardan Toshkent viloyatida Sirdaryoga qoʻshiladigan yirik irmogʻi - Chirchiq daryosi misolida xususiyatlari keltirilgan. Daryoga respublikamizda akvakultura tizimlarida eng ko'p baliq yetishtiriladigan Toshkent viloyatida antropogen omilning maksimal ta'siri seziladi. Viloyatda baliqlarni yetishtirishning ekstensiv, yarim intensiv karpsimon baliqlar hovuz polikulturasi, shuningdek, oqar suv basseynlarida, qafas moslamalarida, Yopiq suv ta'minoti qurilmasida (UZV) da intensiv tizimlaridan foydalaniladi.
  • 4-bob "Baliqchilik tizimlari suvi baliqchilik sifati gidrokimyoviy koʻrsatkichlarining dinamikasi": Bobda turli tipdagi akvakultura tizimlarida olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Baliqchilik hovuzlarida (Chirchiq daryosi oʻrta oqimida joylashgan Baliqchilik ITI baliq pitomnigi misolida) oq doʻngpeshona, karp, oq amur va chipor doʻngpeshona baliqlari gektariga 12-18 sentner baliq mahsuldorligida yetishtiriladi. Hovuzlarda turli yillarda suv sifat koʻrsatkichlarining oʻrganilayotgan koʻrsatkichlari deyarlik bir xil (1-rasm). Havo harorati nisbatan oʻzgaruvchan, undan keyin hududning iqlim xususiyatlari bilan belgilanadigan suv harorati turadi.
  • 5-bob "E'lon qilingan ishlar roʻyxati": Tadqiqot doirasida chop etilgan ilmiy ishlar, maqolalar, tavsiyanomalar, yoʻriqnomalar va ixtirolar roʻyxati keltirilgan.