Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo'lmagan bitimning haqiqiy emasligi va uning oqibatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida, «Huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi va uning oqibatlari» mavzusida tayyorlangan ushbu falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, bitimlarning huquqiy mohiyatini, ularning qonunchilikka muvofiqligini, huquqiy oqibatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda ayniqsa, bitimlarning huquqiy tabiatini o‘rganish, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish hamda huquqiy-nazariy va amaliy jihatdan muammolarni hal etish bo'yicha takliflar va tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, obyekt va predmeti, usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi, aprobatsiyasi, natijalarning e'lon qilinganligi, dissertasiyaning hajmi va tuzilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • 1-bob. "Huquq-tartibot va axloq asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligini oʻziga xos xususiyatlari": Mazkur bobda huquq-tartibot asoslari kategoriyasini aniqlashning metodologik masalalari, huquq-tartibot asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning yuridik oqibatlari, axloq asoslari kategoriyasining ilmiy-nazariy tavsifi, axloq asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha taklif-tavsiyalar berilgan.
  • 2-bob. "Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligining nazariy va amaliy masalalari": Ushbu bobda qonun hujjatlariga nomuvofiqlik mezonlari va ularni qoʻllash amaliyoti hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligiga oqibatlarini qoʻllash masalalari yoritilgan.
  • 3-bob. "Huquq-tartibot va axloq asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi": Mazkur bobda huquq-tartibot va axloq asoslariga atayin zid maqsadda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligini oʻziga xos xususiyatlari, huquq-tartibot va axloq asoslariga qarshi maqsadlarda tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi masalalarini tahlil etishga bag'ishlangan.
  • Xulosa: Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi va uning oqibatlari masalalarini tahlil qilgan holda quyidagi ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosada ilmiy-nazariy va amaliy natijalar bayon etilgan.