Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash
Quyidagi hujjatda «TRANSPORT VOSITALARI DETALLARINI ISH QOBILIYATINI TIKLASH» fanidan foydalaniladigan asosiy ma'lumotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, nazorat savollari va mustaqil ta'lim topshiriqlari keltirilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga asoslangan holda tayyorlangan. Unda avtomobilning umumiy nosozliklari, ularning sabablari, tiklash usullari, shuningdek, qo'shimcha materiallar va uskunalar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari va mustaqil ta'lim topshiriqlari ham keltirilgan bo'lib, bu talabalarning fanni chuqur o'zlashtirishlariga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy o'sishi va aholining turmush darajasini ko'tarishning zaruriy sharti sifatida, mamalakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishni nazarda tutadi. Bu davrda avtotransport korxonalarining rivojlanishi, hozirgi zamon texnikasi va iqtisodiyoti taraqqiyoti mutaxassislar faoliyatini kengaytiradi, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va texnik oqibatlarini baholashga bo'lgan talablarni oshiradi. Bu talablarga javob beradigan keng qamrovli mutaxassislar tayyorlashda «Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini tiklash» fani muhim rol o'ynaydi.
- Fanning maqsadi va vazifalari: Talabalarga transport vositalarini samarali ishlashini ta'minlashda ularga ko'rsatilayotgan texnik xizmat bilan bir qatorda transport vositalarining tarkibiy qismi bo'lgan detallarni ish qobiliyatini qayta tiklash, korxonalari transport vositalarini nuqsonlar bilan turib qolishini kamaytirish, ixtiyoriy qisimlarga ketayotgan sarflarni tejash, mexnat va material resurslaridan, hamda mashinasozlik va ta'mirlash korxonalarining asosiy fondlaridan unumli foydalanish maqsadida transport vositalari detallarini tiklash, bo'yicha chuqur bilim va ko'nikma va malaka berishdan iborat. Ushbu bilim va ko'nikmalar ularni kelgusi ish faoliyatiga zamin bo'lib xizmat qiladi.
- Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va malakasiga qo'yilayotgan talablar: «Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini tiklash» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr avtomobil detallarini tiklash nazariyasi va ta'mirbopligi, tiklashning iqtisodiy samaradorligi, bozor iqtisodi davridagi o’rni va uning tashkiliy shakllari, hamda chet el tajribalari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bulishi kerak. Transport vositalari detallarini ishlash sharoitiva ularda sodir bo’layotgan jarayonlar, detallarni ishlash qobiliyati va chegaraviy holatlarini belgillovchi omillar va ularni bashoratlash, tiklash hajmi va davrlarini modellashtirish, eskirish va tiklash modellarni shakillantirish, tiklash strategiyasi,turlari va usullari, vositalari va tiklashning texnologik jarayoni, uni shakillantirish va optimallashtirish bo’yicha tushunchaga ega bo’lishi kerak.