FINANCIAL MANAGEMENT
Ushbu kitob maliyaviy menejmentning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Unda korxonalarning moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy strategiyalar, investitsion qarorlar qabul qilish, moliyaviy risklarni boshqarish va tahlil qilishning usullari, shuningdek, qiyin iqtisodiy vaziyatlarda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash kabi muhim mavzular batafsil yoritilgan. Kitobda korxonalarning moliyaviy salomatligini baholash, kapitalni boshqarish, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va bankrotlikdan himoyalanish kabi masalalarga ham alohida e'tibor qaratilgan. Kitob talabalar, moliyachilar va tadbirkorlar uchun foydali qo'llanma hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- Moliya menejmentining mohiyati, predmeti va funksiyalari: Moliya menejmentining ilmiy fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi, uning mohiyati, obyekti va funksiyalari, shuningdek, xalqaro yondashuvlar hamda qaror qabul qilish jarayonlari tushuntirilgan.
- Moliya menejmentining konsepsiya asoslari: Moliya menejmentining nazariy bilimlari va konsepsiyalari, jumladan, pul oqimi, vaqtning pul qiymati, risk va foyda kompromissi, kapital va kapital bozorining samaradorligi kabi mavzular yoritilgan.
- Moliya menejmentini tashkil etish mexanizmi: Korxonalarda moliya menejmentini tashkil etish mexanizmlari, moliyaviy faoliyatning asosiy yo'nalishlari, moliyaviy boshqaruvning elementlari, moliyaviy strategiya va taktikalar hamda qarz siyosati kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Moliya menejmentining matematik asoslari: Pulning vaqt qiymati, oddiy va murakkab foizlar, pul oqimlarining joriy va kelajak qiymatini aniqlash, annuitetlar hamda investitsiyalarning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash usullari tushuntirilgan.
- Moliya menejmenti vositalari: Korxona moliyaviy siyosati va uning rivojlanish bosqichlari, buxgalteriya va soliq siyosati, kredit siyosati, asosiy kapitalni boshqarish va amortizatsiya siyosati, baholash siyosati va dividend siyosati kabi mavzularni qamrab oladi.
- Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish: Moliyaviy risklarning mohiyati va usullari, ularni kamaytirish yo'llari, shuningdek, xavfni baholash va uni boshqarish usullari tahlil qilingan.
- Xarajatlar menejmenti: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari, ularni tasniflash, xarajatlarni rejalashtirish va moliyaviy levverage dan foydalanish kabi mavzular yoritilgan.
- Korxonalarda narx siyosati: Narx siyosatining maqsadi va asosiy yo'nalishlari, narxlar turlari va ularni shakllantiruvchi omillar, baholash usullari va narx strategiyalari tushuntirilgan.
- Korxonalarda inqirozga qarshi menejment asoslari: Inqirozga qarshi menejmentning mohiyati va vazifalari, usullari va bosqichlari, shuningdek, korxonalarning bankrotlik amaliyotlari va uning tashkiliy xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
- Investitsiya faoliyatini boshqarish: Qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish, investitsiyalarning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning zaruriyati va ahamiyati hamda investitsiyalarni baholashning sodda (an'anaviy) usullari tahlil qilingan.