“Baxt” konseptining badiiy matnda voqelanishi va tarjima muammolari (o‘zbek poeziyasining ingliz tiliga tarjimasi misolida)
Ushbu dissertatsiya avtoreferati
Asosiy mavzular
- «BAXT» KONSEPTINING BADIIY MATNDA VOQELANISHI VA TARJIMA MUAMMOLARI: Ushbu mavzu oʻzbek va ingliz tillari poetik matnlarida
- «BAXT» KONSEPTINING LINGVOMADANIY VA SEMANTIK TALQINI: Ushbu bobda "Baxt" konseptining milliy madaniy xususiyatlari, uning oʻzbek va ingliz tili poetik matnlarida lisoniy faollashuvi xususida soʻz yuritiladi. Tadqiqot ishi doirasida turli yoshlarga mansub boʻlgan shaxslarni jalb qilib, (10 ta - 20-25 yosh, 10 ta – 25-30 yosh, 10 ta- 30-40 yosh, 10 ta – 40-50 yosh, 10 ta 50-60 yosh) assotsiativ tajriba metodining erkin usulidan foydalangan holda "baxt" konseptining talqini bo'yicha tajriba oʻtkazildi. Natijada, respondentlar yoshiga koʻra «Baxt» konseptiga assotsiativ soʻzlar tanlagan. Jumladan, 20-25 yoshlardagi shaxslar oʻrtasida «baxt» konsepti – “yor vasli”, “oila”, “muhabbat”, “ishq” kabi soʻzlar asosida tasavvur qilindi. 25-30 yoshlardagi respondentlar mazkur konseptga assotsiativ soʻzlar sifatida "farzand", "muhabbat", "yor vasli", "oila" kabilarni tanladilar. Oʻz navbatida, 30-40 yoshlardagi resRondentlar "oila", "farzand istiqboli", "yaxshi kasb” kabi assotsiativ soʻzlarni qoʻllasalar, 40-50 yoshlardagi respondentlar “ota-ona”, “vatan”, “sogʻliq”, “oila”, "farzandlar kamoli” kabi kabilarni ma'qul koʻrishdi. Shuningdek, 50-60 yoshlardagi respondentlar ham aksar hollarda "sog'lik", "farzandlar kamoli”, “solih farzand" kabilarni ma'qul koʻrdilar.
- “Baxt” KONSEPTINING BADIY TARJIMADA VOQELANISHI: Uchinchi bobda “baxt" konseptual metaforasining asliyat va tarjimada voqelanishi, poetik matn doirasida faollashgan “baxt" badiiy-madaniy konseptining oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi muammolari oʻrganilgan. Ingliz va oʻzbek tillari poetik matnida faollashgan BAXT BALANDDA konseptual metaforasi ostida quyidagi slotlar shakllanishi mumkin: HAPPINESS IS UP va BAXT BALANDDA. Konseptlar “sчастье” va “свет” tushunchalari umuminsoniy qadriyatlarga xos tushunchalardir. Ularning bir-birini toʻldirib kelishi turli millat vakillari tilida kuzatiladigan holatdir.