O‘zbek folklorida dehqon obrazi va dehqonchilik talqini
Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining mavzusini, maqsadini, vazifalarini, ob'ektini, predmetini va uslubiyatini yoritadi. Dissertatsiya Oʻzbek folklorida dehqon obrazi va dehqonchilik talqiniga bagʻishlangan boʻlib, unda dehqonlarning mehnat jarayonlari, marosimlari, qoʻshiqlari va ularning badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va fanga qoʻshgan hissasi ham koʻrsatilgan. Mavzuning dolzarbligi jahon va oʻzbek folklorshunosligida dehqonchilik mavzusining oʻrganilmagan jihatlari koʻp ekanligi bilan asoslanadi. Tadqiqot natijalari ta'lim jarayonida, ilmiy tadqiqotlarda va folklorshunoslikni rivojlantirishda foydalanish uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahondagi har bir xalq folklorida dehqonchilikka aloqador milliy qadriyatlar badiiy talqini alohida o'rin tutadi. Ularda insonning mehnatsevarlik tuyg'usi, bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlik qudrati tarannum etilgani jihatidan kishilarning oʻzligini anglashiga xizmat qiladi. Oʻzbek dehqonlarining kasb mahorati, mehnat faoliyati va mehnatga munosabati aks etgan poetik aytimlar genezisi, mavzuiy turlari, ularda dehqon obrazi, ruhiy kechinmalarining badiiy talqinini aniqlash xalq ijodida mehnat poeziyasining janrlar tarkibini, an'anaviy obrazlarini mukammal tasniflash, taraqqiyot xususiyatlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Tadqiqotning maqsadi: Oʻzbek folklorida dehqonchilik bilan bogʻliq qoʻsh, oʻrim, hoʻp (xirmon), ziroatchilik, bog'dorchilik, polizchilik, tolachilik, qoʻriqchilik qoʻshiqlarining hamda tabiat, agrar, hosildorlik kultlariga ishonchni ifodalovchi agrar marosimlar va taqvim folklorining poetikasini aniqlashdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: Oʻzbek folklorida dehqonchilik mavzusining paydo boʻlishi va poetik verballashuv asoslarini ochish; Oʻzbek folklorida dehqon va dehqonchilik ta'rif-tavsiflanishi, qishloq va shahar folklorining farqli xususiyatlari, dehqon va ishchi og'zaki ijod namunalarining g'oyaviy-badiiy jihatlarini dalillash; Oʻzbek dehqonlarining tabiat, agrar va hosildorlik kultlariga oid qarashlarining folklordagi talqinini, shu asosda kelib chiqqan marosimlar folklori badiiyatini aniqlash; Oʻzbek folklorida dehqon qoʻshiqlarini qoʻsh, oʻrim, hoʻp qoʻshiqlaridan tashqari ziroatchilik, bogʻdorchilik, polizchilik, tolachilik va qoʻriqchilik qoʻshiqlari tashkil qilishini, ularning oʻziga xos kompozitsion va lingvopoetik belgilarini asoslash; Oʻzbek dehqonlarining taqvim folklori genezisi va poetikasini, ularda dehqonchilik taqvim ramzlarining berilishini isbotlash; Oʻzbek folklorida dehqonchilikka aloqador atama va predmetlar ifodasini, dehqon obrazi tasviriga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlarni oydinlashtirish.
- Tadqiqotning ob'yekti va predmeti: Tadqiqot ob'yekti sifatida dehqon obrazi va dehqonchilik talqini keltirilgan folklor matnlari: afsona, ertak, doston, maqol, topishmoqlar, xususan, dehqonchilikka daxldor qoʻsh, oʻrim, xirmon, ziroatchilik, bog'dorchilik, polizchilik, tolachilik va qoʻriqchilik qoʻshiqlari tanlandi. Tadqiqotning predmeti oʻzbek folklorida dehqon obrazi va dehqonchilik talqini bilan bogʻliq poetik xususiyatlar tashkil etadi.
- Tadqiqotning usullari: Tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy, komponent, kontekstual, etnofolkloristik tadqiq usullaridan foydalanildi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Oʻzbek folklorida dehqonchilik mavzusining tabiat, agrar, hosildorlik kultlariga ishonch asosida paydo boʻlgani, poetik verballashuvga erishgani, dehqon marosimlari va taqvim folklori yaratilgani hamda dehqonchilik taqvim ramzlari, dehqonchilikka aloqador atama va predmetlar poetik ifodasi, dehqon shaxsi, sifatlari, ruhiyati, turmush sharoiti badiiy tasviriga oid xususiyatlar asoslangan; Oʻzbek folklori hamda adabiyotida dehqon va dehqonchilik kasbi ta'rifi qadimdan an'anaviy yoritib kelinayotgani, mehnat folklorining qishloq //shahar va dehqon // ishchi repertuariga boʻlinish davri, sabablari, bunda qo'shiq poetikasida yoʻl qoʻyilgan buzilishlar koʻrsatib berilgan; Oʻzbek folklorida dehqon qoʻshiqlarini qoʻsh, oʻrim, hoʻp qoʻshiqlaridan tashqari ziroatchilik, bogʻdorchilik, polizchilik, tolachilik va qoʻriqchilik qoʻshiqlari ham tashkil qilishi, ularning oʻziga xos obrazlari, ritmik-kompozitsion qurilishi, lingvopoetik belgilari, an'anaviy va zamonaviy obrazlari borligi isbotlangan; dehqonchilikka oid “Moshoba bayrami”, “Hosil bayrami”, “Ona bug'doy