Hayot faoliyati xavfsizligi

Ushbu kitob "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy nazariy va amaliy jihatlarini ochib beradi. Unda fanining maqsadi, vazifalari, xavflar, ularning turlari, oldini olish usullari, texnik va tashkiliy chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholini himoyalash kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda, shuningdek, ish joyidagi mikroiqlim, yoritish, shovqin, vibratsiya, elektr havfsizligi, yong'in havfsizligi, tabiiy ofatlar, kimyoviy moddalar va boshqa xavflarning oldini olish va ularga qarshi kurash choralari ham atroflicha tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida talabalar uchun zaruriy bilimlarni berishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Hayot faoliyati xavfsizligiga kirish: Fanining ahamiyati, maqsadi, vazifalari, faning rivojlanish tarixi, umumiy tushunchalar, asosiy xavflar va ularning tasnifi, xavfsizlikning nazariy asoslari va jamiyatni muhofaza qilishning dolzarb masalalari yoritiladi.
  • Mehnat muhofazasiga oid qonun va qoidalarga rioya qilishni nazorat qilish: Mehnat muhofazasiga oid qonunchilik asoslari, Davlat nazorat organlarining vazifalari, mehnat muhofazasini yaxshilash bo'yicha rejali tadbirlar, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish usullari, mehnat sharoitini yaxshilashga oid tadbirlar ko'rib chiqiladi.
  • Sanoat changi va uning zararliligi baholash, zaharli moddalarning asosiy xossalari, radioaktiv nurlanishlar va ularning inson organizmiga ta'siri: Changlarning turlari, inson organizmiga ta'siri, sanoat changining me'yoriy chegarasi va unga qarshi kurash choralari, havoda zaharli moddalarning xossalari va klassifikatsiyasi, radioaktiv nurlanishlar va ularning inson organizmiga ta'siri atroflicha tahlil qilinadi.
  • Erganomika haqida tushuncha, mehnat sharoitiga yoritilganlikning ta'siri va yoritilganlikka qo'yiladigan asosiy talablar, shovqin va vibratsiya (silkinish)ning inson organizmiga ta'siri: Erganomika, mehnatni ilmiy tashkil qilish, yoritilganlikning ahamiyati, shovqin va vibratsiyaning inson organizmiga ta'siri va ulardan himoyalanish choralari yoritiladi.
  • Elektr xavfsizligi: Elektr tokining inson tanasiga ta'siri, elektr tokining xarakterli ko'rsatkichlari, odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari, tok urgan kishiga birinchi yordam ko'rsatish metodlari va elektr qurilmalari xodimlari uchun qo'yiladigan xavfsizlik talablari bayon etiladi.
  • Yonuvchi havo va bug'lagnishining o'z-o'zidan alangananishni aniqlash: Havodagi yonuvchi suyuqlik bug'larining o'z-o'zidan alangananish harorati va portlovchi aralashmalar aniqlanadi. Tajribani o'tkazish tartibi va olingan natijalarni hisoblash usullari bayon etiladi.
  • Favqulotdagi vaziyatlarda fuqaro muhofazasi va aholini himoyalash. Texnogen favqulotdagi vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish: Favqulotdagi vaziyatlarda fuqaro himoyasining zamonaviy konsepsiyasi, roli va vazifalari, Favqulotda vaziyatlarning tasnifi, xavfsizlikni ta'minlash prinsiplari, Favqulotdagi vaziyatlarni oldindan aytish va baholash, gidrotexnik obyektlardagi avariya va falokatlar, yong'in chiqish va portlash xavfi bo'lgan obyektlardagi falokatlar va ulardan himoyalash choralari yoritiladi.
  • Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari va tabiat aspektlari: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining ahamiyati va tarkibi, xavflar, ularning tasnifi, xavfsizlikning nazariy asoslari, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, antropogen va ekologik falokatlar, ularning inson organizmiga ta'siri va muhofaza qilish choralari yoritiladi.
  • Amaliy mashg'ulotlar: Kitobda keltirilgan mavzular bo'yicha amaliy mashg'ulotlar berilgan bo'lib, ularda talabalar nazariy bilimlarni mustahkamlashlari va amalda qo'llashlari nazarda tutilgan.