Ipli ikkilamchi to‘qimachilik material resurslaridan tolali massa tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati
Asosiy mavzular
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida №B2022.1.PhD/T1020 raqam bilan roʻyxatga olingan.: Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida №B2022.1.PhD/T1020 raqam bilan roʻyxatga olingan.
- Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy kengashning veb-sahifasiga (www.nammti.uz) va “ZiyoNet” Axborot ta'lim portaliga (www.ziyonet.uz) joylashtirilgan.: Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz (rezyume)) Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy kengashning veb-sahifasiga (www.nammti.uz) va “ZiyoNet” Axborot ta'lim portaliga (www.ziyonet.uz) joylashtirilgan.
- Olim nomi va lavozimi: Ilmiy rahbar: Azizov Inomjon Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypila Lolashbayevich, texnika fanlari doktori, professor. Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
- Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
- Dissertatsiya himoyasi: Dissertatsiya himoyasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil “04” noyabr soat 090⁰⁰ dagi majlisida boʻlib o'tadi. (Manzil: 160115, Namangan shahri, Kosonsoy koʻchasi, 7-uy. Tel.: (69) 225-10-07, faks: (69) 228-76-75, e-mail: niei_info@edu.uz, Namangan muhandislik-texnologiya instituti 3-bino, 2-qavat, 313-xona).
- Tanishuv joyi: Dissertatsiya bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (№ 560-raqam bilan roʻyxatga olingan). (Manzil: 160115, Namangan sh., Kosonsoy koʻchasi, 7-uy. Tel.: (69) 225-10-07.)
- Tarqatilgan sanasi: Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil “23” oktyabr kuni tarqatildi. (2023 yil "23" oktyabrdagi № 130-raqamli reestr bayonnomasi).
- Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: Jahonda to'qimachilik sanoatining xomashyo bazasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan tolalarning turlarini ko'paytirish, yangi xususiyatli tolalar va iplar ishlab chiqarish bilan bir qatorda ikkilamchi xomashyo resurslarini qayta ishlash va ulardan foydalanish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Paxta kiyim-kechak va turli to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun dunyodagi eng mashhur tola hisoblanadi. Paxta tolasidan tikilgan kiyimlar inson organizmi uchun gigienik tomondan foydali hisoblangani uchun paxta biznesi jahon iqtisodiyoti uchun muhimdir. Bir yilda dunyo miqyosida 27 million tonna paxta ishlab chiqariladi. 2028 yilga kelib paxta yetishtirish 29 million tonnaga yetishi ko'zda tutilgan. Xitoy eng yirik paxta ishlab chiqaruvchisi, ammo baribir ular eng yirik paxta importchisi hisoblanadi. Bu boradagi muammolarni hal etish maqsadida jahon toʻqimachilik sanoatiga bir qator katta oʻzgarishlar kiritish asosida xomashyo zahirasiga ega hududlarda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha resurslarni, jumladan ikkilamchi xomashyo resurslarini sanoatga qaytarish orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya ishi bo'yicha tadqiqotlar Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II. «Energetika, energiya va resurs-tejamkorlik» ustuvor yo'nalishiga mos keladi.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: To'qimachilik sanoatida ishlab chiqarishda va undan foydalanishda hosil boʻladigan ikkilamchi resurslar hisoblangan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini yaratish va takomillashtirish, yangi uskunlarni ixtiro qilish, ikkilamchi resurslardan olingan tolalardan mahsulot ishlab chiqarish muammolarini tadqiq qilish borasida bir qator xorijiy olimlar soha rivojiga ulkan hissa qoʻshganlar, jumladan Kayren Joy Nunn, Susan Hughes Brown, Mark W. Spencer, Mehmet Emin, Katarina Lindström, Zunjarrao Kamble, Bijoya Kumar, Julia Aronsson, Anders Persson, G.R.Robert, S.C.Mauldin, Shanthi Radhakrishnan, Yun Liu, Haihong Huang, Zinabie Degu, W.Luxuan, H.Shuting, C.Stone, A.G.Sevostyanov, P.A.Sevostyanov, O.Kadnikova, O.Emrah, G.Gallucci, D.B.Riklin, V.D.Frolov, A.F.Plexanov, Windsor va boshqalar. Ishlab chiqarishda va undan foydalanishda hosil boʻladigan ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyasini yaratish va takomillashtirish, yangi uskunlarni ixtiro qilish, ikkilamchi resurslardan olingan tolalardan mahsulot ishlab chiqarish va tadqiq qilish boʻyicha Oʻzbekistonning taniqli olimlari bir qator tadqiqotlar olib borgan. Bulardan, B.M.Mardonov, K.S.Sultanov, Q.J.Jumaniyazov, Q.G'.G'ofurov, E.T.Maksudov, S.L.Matismailov, I.R.Azizov, N.O.Odilxonova, B.Aliev, U.N.Yusupalieva, M.Axmedovlar olib borgan tadqiqotlari natijasida tola sifatini yaxshilash, yangi assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, ikkilamchi to'qimachilik resurslarini qayta ishlashga ixtisoslashgan texnika va texnologiyalarni takomillashtirish masalalarida salmoqli natijalarga erishganlar. Shu bilan birga, amalda oʻrganilgan texnologik tizimlarni ip-gazlama sanoatidagi ipli ikkilamchi resurslarni qayta ishlash korxonalarida foydalanish imkoniyatlari cheklangan, olinadigan tolali massaning sifat tarkibi va xususiyatlarini tahlili, ipli ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyasi va jihozlari konstruktiv parametrlarini tiklangan tolali massa xossalariga va tuzilishiga ta'siri boʻyicha muammolari yetarli darajada oʻrganilmagan.
- Tadqiqot maqsadi: Ip gazlama sanoatida hosil boʻladigan ipli ikkilamchi to'qimachilik resurslarini qayta ishlab tolali massa olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
- Tadqiqot vazifalari: ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini qayta ishlash va ulardan olingan tolali massadan foydalanish yoʻnalishlarini, tasnifini tahlil qilish va ularni qayta ishlash imkoniyatlarini aniqlash; ipli ikkilamchi resurslarni titishga tayyorlash va titib, tolali massa olishda ishlatilayotgan jihozlarning amaldagi turlari, texnik va texnologik imkoniyatlarini tahlil qilish; ip-gazlama sanoatida hosil boʻladigan chigal iplar, ip uzuqlari va qoldiqlarini titish mashinalarida qayta ishlash texnologiyasini tadqiq etish asosida amaldagi mashina parametrlarining mos ratsional qiymatlarini aniqlash; titish mashinasining ishlash texnologik parametrlarini konstruktiv koʻrsatkichlari, xomashyo va tiklangan tola xossalariga muvofiq aniqlash usulini ishlab chiqish; takomillashtirilgan titish uskunasi yaratish va uning tuzilishi, ish sharoitlari hamda parametrlarini asoslash, texnologik imkoniyatlarini aniqlash; ip-gazlama sanoatining ipli ikkilamchi resurslaridan olingan tolali massaning xossalarini amaliy tadqiq etish, ulardan ip yigirishda va notoʻqima matolar tayyorlashda foydalanish imkoniyatlarini baholash.
- Tadqiqot ob'ekti: paxta tolalaridan yigirilgan chigal iplar, chiqindilardan tiklangan tolalar, yigirish yarimmahsulotlari, ip, tarash va yigirish mashinalari.
- Tadqiqot predmeti: ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini qayta ishlash jihozlar kompleksi, titish mashinalari, notoʻqima matolar tayyorlash va pnevmomexanik usulda ip yigirish mashinalarida mahsulotlarni shakllanish jarayoni hisoblanadi.
- Tadqiqot usullari: nazariy va amaliy mexanika, eksperimental tadqiqotlar, matematik statistika, zamonaviy oʻlchash usul va vositalari, eksperimentlarni rejalashtirish va optimallashtirish kabi usullaridan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini tarkibiy tuzilmasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga asoslangan tasnifi ishlab chiqilgan, ipga berilgan buramlar soni, uning diametriga va texnologik koʻrsatkichlariga muvofiq tolaning ipda egallagan uzunliklarini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan; ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini titish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida arra tishli qoplama oʻralgan uch juftli ta'minlash qurilmasi oʻrnatilgan titish uskunasini konstruksiyasi yaratilgan; tiklangan tolalarni qayta ishlash jarayoni natijasida olingan regression tenglamalari asosida tarash mashinasining qabul baraban qismining parametrlarini maqbul qiymatlari aniqlangan; ip gazlama sanoatida hosil boʻladigan chigal iplar, ip uzuqlari va qoldiqlarini titish mashinalarida qayta ishlash texnologiyasi takomillashtirilgan hamda mashinaning ratsional ishchi parametrlari regression matematik model orqali aniqlangan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: ipli ikkilamchi to'qimachilik resurslarini qayta ishlashda ularning tuzilish koʻrsatkichlari, xossa va xususiyatlarini baholash asosida texnologiyani muvofiqlashtirish uslubi ishlab chiqilgan; ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarni tasnifini tahlil qilish va ularni qayta ishlash imkoniyatlari aniqlangan; ipli ikkilamchi resurslarni titishga tayyorlash va titib, tolali massa olishda ishlatilayotgan amaldagi jihozlarning texnik va texnologik imkoniyatlari belgilab berilgan; ip-gazlama sanoatida hosil boʻladigan chigal iplar, ip uzuqlari va qoldiqlarini titish mashinalarida qayta ishlash texnologiyasini tadqiq etish asosida mashina parametrlarining mos ratsional qiymatlari aniqlangan; titish mashinasining ishlash texnologik parametrlarini konstruktiv ko'rsatkichlari, xomashyo va tiklangan tola xossalariga muvofiq aniqlash usulini ishlab chiqilgan; takomillashtirilgan titish uskunasi yaratildi va uning tuzilishi, ish sharoitlari va parametrlarini asoslash tartibi, texnologik imkoniyatlari aniqlangan; ip-gazlama sanoatining ipli ikkilamchi xomashyosidan olingan tolali massaning xossalariga muvofiq ularni aralashmasidan ip yigirishda va notoʻqima matolar tayyorlashda foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarining mosligi, ipli ikkilamchi resurslarning sifat tarkibi va xossalari, tiklangan tolali massa tarkibidagi tolalarning texnologik xossalari, tiklangan tolali massaning sifat tarkibini chuqur o'rganilganligi, qayta ishlash jihozlari va texnologiyasi parametrlarini asoslash uchun tavsiya etilgan yechimlar, titish, tarash jarayoni parametrlarini xomashyo turiga bog'liqlik regression tenglamalar ko'rinishidagi matematik modellari qurilganligi, oʻrganilayotgan sohada ma'lum boʻlgan baholash mezonlari boʻyicha hisoblash tajribalari tahlili hamda standart talablari bilan taqqoslash bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ip gazlama sanoatidagi ipli ikkilamchi resurslarni tashkil etuvchi iplarni qayta ishlashga tayyorlash uchun qirqish uzunligini ipning tuzilishi va xossalariga bog'liqligini asoslanganligi, ipli ikkilamchi resurslarni qayta ishlab, tolali massa olish uchun tavsiya etilgan jihozning tuzilish va texnologik parametrlarni asoslanganligi, yangi ta'minlash qurilmasi va usuli tavsiya etilganligi, tiklangan tolalardan notoʻqima mato tayyorlash jarayonlarini matematik modellari yaratilganligi, tiklangan tolalarni yigiriluvchanligini aniqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ip gazlama sanoatida hosil boʻladigan ipli ikkilamchi resurslarni sifati va tarkibini miqdoriy baholash usuli, ularni titishga tayyorlashni texnologik imkoniyatlarini aniqlanganligi, ipli chiqindilarni titib, tolali massa olish jarayonida qoʻllaniladigan jihozlarni tezliklari, ishlash jadalligini maqbul kattaliklarini aniqlanganligi, tiklangan tolalardan notoʻqima mato tayyorlashda va pnevmomexanik usulda ip yigirishda foydalanish mumkinligi shu turdagi resurslardan samarali foydalanishga asos boʻla olishi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ipli ikkilamchi toʻqimachilik material resurslaridan tolali massa tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida olingan tolali massadan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida olingan natijalar asosida: ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini titish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida arra tishli qoplama oʻralgan uch juftli ta'minlash qurilmasi “Home textile NT
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Dissertatsiya ishining natijalari 11 ta halqaro va 5 ta respublika ilmiy-texnik anjumanlarida ma'ruza qilingan va muhokamadan oʻtgan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 27 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta maqolalar, jumladan 7 ta respublika va 2 ta chet el ilmiy jurnallarida nashr etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligidan 2 ta EHM dasturi uchun mualliflik guvohnomasi olingan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, toʻrtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 112 betni tashkil etgan.
- Xulosa: 1. Toʻqimachilik mahsulotlari chiqindilarining miqdori, ularni keyingi taqdiri to'g'risida ma'lumotlar va tavsiyalarda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash yoki chiqindixonaga tashlash oqibati ham iqtisodiy, ham ekologik zarar yetkazuvchi ob'ekt sifatida ko'rsatilmoqda. 2. Olib borilgan tadqiqotlarda chigal iplar va ip uzuqlarini titib, tolali massa olish katta texnologik va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi, tiklangan tolalarning texnologik xossalari toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqliligi hamda ushbu texnologiyani amalga oshirishda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. 3. Olib borilgan izlanishlarimiz asosida ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini tarkibiy tuzilmasiga muvofiq tasnifi ishlab chiqildi. Ipli ikkilamchi toʻqimachilik resurslarini tarkibi asosan iplardan iborat boʻlganligini inobatga olib, iplarning tuzilish modelidan foydalanib tolalarni ipda joylashish uzunligini aniqlash usuli va hisoblash formulasi ishlab chiqildi. 4. Olib borilgan tadqiqotlar asosida chigal iplar va ip qoldiqlarini qayta ishlash, titib, tolali massa olish uchun mo'ljallangan kichik gabaritli uskuna yaratildi, uning titish samaradorligini baholovchi yangi meʼzon hamda usul ishlab chiqildi. 5. Titish uskunasini ta'minlovchi yangi qurilma oʻrnatildi, uning ishlash parametrlari aniqlandi, ta'minlovchi valiklar va tituvchi baraban oraliq masofalarini titish samaradorligiga bog'liqligi TOT 22 matritsasi asosida tadqiq etilib, ustki valik va tituvchi baraban oralig'i 2 mm, ostki valik va tituvchi baraban oralig'i 3,5 mm bo'lishi aniqlandi. 6. Yangi titish uskunasida chigal iplarni titish jarayonini kompleks tadqiq qilish uchun uning barcha parametrlari aniqlandi va tiklangan tolali massa tarkibidagi tolalarni yigirishga yaroqliligini saqlashga erishildi. Shuningdek chigal iplarni suv va OP-10 emulsiyasi bilan namlanganda tiklangan tolalarning xossasi yaxshilanishi, nuqsonlarni kamayishi aniqlandi. 7. Tiklangan tolalar qo'shilgan aralashmani tarash jarayonini TOT 23 rejasiga muvofiq tadqiq etib, olingan regressiya tenglamalari asosida qabul barabanining