Kreativ fikrlash

Ushbu kitob "Kreativ fikrlash" fanidan olingan bo'lib, unda kreativ fikrlashning nazariyasi, usullari va amaliyoti, ijodiy jarayon, shaxsning kreativligi hamda mahsulotning xususiyatlari, shuningdek kreativlikni rivojlantirishning samarali usullari haqida atroflicha ma'lumot berilgan. Kitobda shaxsiy ijod, tafakkur turlari, noodatiy fikrlash, dizayn fikrlash, qaror qabul qilish san'ati va muammolarni hal qilish strategiyalari kabi keng qamrovli mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kreativ fikrlash: Kreativ fikrlash fanining maqsadi, vazifalari, nazariyasi va usullari, ijodiy jarayon va uning bosqichlari, shaxsning kreativligi, nostandart fikrlash, dizayn fikrlash, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish strategiyalari, hamda fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Kreativ fikrlash — bu muammoni hal qilishga yoki yangi echim yaratishga urinayotganda odamning fikri. Fikrlashni rivojlantirish uchun turli usullar, jumladan "aqliy hujum", "oltin shlyapa" va boshqalar tavsiya etiladi.
  • Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari: Shaxsiy ijodkorlik va ijodiy fikrlash vositalarining ta'rifi va ahamiyati, shaxsiy ijodkorlikning asosiy omillari va elementlari. Samarali shaxsiy ijodkorlikka to‘siqlar, shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishning samarali strategiyalari. Ijodkorlik bosqichlari, ijodiy vositalar. Ijodiy fikrlash texnikasi, muammolarni ijodiy hal etish usullari.
  • Fikrlarni yaratish: "Aqliy hujum": "Aqliy hujum" va uning elementlari, "aqliy hujum" bo‘yicha ko‘rsatmalar, "aqliy hujum" ni amalda bajarish jarayonlari. "Aqliy hujum" muvaffaqiyatining asosiy jihatlari.
  • Noodatiy fikrlash asoslari: Noodatiy fikrlash zarurligi va ahamiyati, chuqur ijodiy yondashish. Aqliy to‘siqlardan foydalangan holda yechimlarini kengroq ko‘rib chiqish. Noodatiy ijodiy fikrlash usullari.
  • Vertikal fikrlash va Lateral fikrlash: Vertikal fikrlash (VT) va loterial fikrlash (LT) ta’riflari, VF va LF ahamiyati, VF va LF xususiyatlari.
  • Kreativlikning "4R" modeli: Kreativlikning "4R" modeli, kreativ insonning xislatlari. Kreativ jarayonni tashkil etish. Kreativ bosim, ijodiy mahsulot xususiyatlari.
  • Tasvirlash. Kreativ shaxs tavsifi: Shaxsiy hayotda ijodkorlik.Ijodkor shaxsning xususiyatlari. Kreativ shaxs bo‘lishning afzalliklari. "Mapping brain" va uni amalga oshirish bosqichlari.
  • Xulosa qilish. Kreativ jarayon: Xulosa qilish tushunchasi. Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari. Kreativ jarayonning bosqichlari. Kreativ jarayonni takomillashtirishning asosiy omillari.
  • Yondashuvni aniqlash va uning shakllanishi: Yondashuvni aniqlash va uning xususiyatlari. Yondashuvni aniqlash shakllari va usullari.
  • Kreativ mahsulot: Kreativ mahsulot tushunchasi. Kreativ mahsulotning xususiyatlari. Mahsulotning kreativlik elementlari.
  • Tana fikrlashi. Ijodiy bosim: Tana orqali fikrlash va uning ahamiyati. Ijodiy bosim va uning elementlari. Ijodiy bosimning takomillashtirish usullari.
  • Fikrlash dizayni ("Desing thinking"): Fikrlash dizayni "Desing thinking" mohiyati va ahamiyati. Jarayoni sozlash. "Desing thinking" qurish bloklari. "Desing thinking" uchun vosita vastrategiyalar. Biznesda fikrlash dizaynining xususiyatlari.
  • Muammoni hal qilishning asosiy strategiyalari: Muammolar va qarorlar o‘rtasidagi munosabatlar. Qaror qabul qilish va muammolarni hal qilishning yagona modeli. Tizim muammolariga yondashish. Muammoni hal qilish strategiyasining asosiy jihatlari.
  • Samarali qaror qabul qilish san’ati: Samarali qaror qabul qilishning o‘ziga xos omillari. Samarali qaror qabul qilish bosqichlari. Rasional qarorlar qabul qilish usullari. Qaror qabul qilishdagi tipik muammolar.
  • Fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish: Fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning kreativ tavsifi, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning kreativ asoslari, ijodiy yondashuv – kreativlikni rivojlantirishning asosi sifatida.