Mexanika (1-Qism)

Ushbu kitob "Mexanika" fanining umumiy nazariy va amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan bo'lib, u talabalarga mexanika qonunlarini, kuchlar tizimini, muvozanatni, harakatni, tebranishlarni, jismlarning inertligini, mexanik tizimlarning dinamikasini o'rganish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kitobda mexanika fanining asosiy tushunchalari, nazariy va amaliy masalalarni yechish usullari, hamda Mustaqil ta'lim mavzulari,Keyslar banki va glossariy kabi muhim bo'limlar mavjud.

Asosiy mavzular

  • Statika: Statika- bu mexanikaning statik muvozanat masalalarini o’rganadigan qismi. Unda jismlarning muvozanat shartlari, kuchlar sistemasi va ularning muvozanat shartlari, bog’lanish va bog’lanish reaktsiya kuchlari, kuchlarni qo’shishning geometrik va analitik usullari, ko’rib chiqiladi.
  • Kinematika: Kinematika – mexanikaning bir bo’limi bo’lib, unda moddiy nuqta va qattiq jismlarning mexanik harakatini, harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmagan holda harakatni faqat geometrik nuqtai nazardan o’rganadi. Kinematikada nuqtalar harakati va qattiq jism harakati o’rganiladi.
  • Dinamika: Dinamika- jismlarning harakatini o‘rganuvchi qism dinamika deb ataladi. Kinematika qismida jismlarning harakatlariga faqat geometrik nuqtai nazardangina qaralgan edi. Dinamika qismining kinematikadan farqi shundaki, jismlarning harakatlarini o‘rganishda, ularga ta’sir etayotgan kuchlar sistemasidan tashqari jismlarning inertligi, ya’ni ularning massalari va shu massalarning joylashish tartiblari (geometrik shakli) ham e’tiborga olinadi.
  • Mustaqil ta’lim mavzulari: Mustaqil ta’lim mavzulari talabalarga mexanika fanining asosiy tushunchalarini chuqur o‘rganish va masala yechishning asosiy yo‘li darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan mustaqil ishlay olishni o‘rgatadi. Undan tashqari, talabalarga o‘tilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun ma’ruza matnlaridan foydalanish ham tavsiya etiladi.