Кўздан кечириш тергов ҳаракатини такомиллаштиришнинг процессуал ва криминалистик жиҳатлари
Ushbu avtoreferat
Asosiy mavzular
- KIRISH: Ushbu bobda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi, tadqiq etilayotgan muammoning o'rganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, ularning joriy qilinishi, natijalarning aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi va dissertatsiyaning hajmi va tuzilishiga oid ma'lumotlar berilgan. Tadqiqotning maqsadi ko'zdan kechirish tergov harakati bo'yicha milliy qonunchilik va amaliyot samaradorligini oshirish, uni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: ko'zdan kechirish tergov harakatining umumiy tavsifi va vazifalarini tahlil qilish; ko'zdan kechirish tergov harakati rivojlanish bosqichlari (tarixi)ni o'rganish; xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda amaliyotini o'rganish va tahlil qilish; ko'zdan kechirish tergov harakati bo'yicha eng muhim xalqaro standartlarni tahlil qilish; ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazish tartibiga oid mavjud muammolarni o'rganish va ularni ro'yxatini shakllantirish; ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilish; ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning taktik jihatlarini tahlil qilish va takomillashtirish; ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazish jarayonida qo'llanilayotgan va xorijiy mamlakatlarda qo'llanilab kelinayotgan zamonaviy texnologiyalarni o'rganish hamda ilg'or texnologiyalarni amaliyotimizga joriy qilish samaradorligini o'rganish; portlashdan keyingi ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilish va mavjud tartibni takomillashtirish; ko'zdan kechirishning protsessual va kriminalistik jihatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish. Tadqiqotning ob'ekti ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning protsessual va kriminalistik jihatlarini takomillashtirishga oid ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti ko'zdan kechirish tergov harakati o'tkazish samaradorligini oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar, milliy-huquqiy asoslar va ilg'or xorijiy tajriba hamda ilmiy-nazariy qarashlardan iborat. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda induksiya, deduksiya, kuzatuv, qiyosiy-huquqiy, mantqiqiy, statistik ma'lumotlar tahlili, ijtimoiy so'rov, ilmiy manbalarni tadqiq etish kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagiarda namoyon bo'ladi: alohida hollarda ko'zdan kechirish tergov harakatlarini xolislarshtirokisiz, audio va videoyozuvga uzluksiz qayd etgan holda amalga oshirishi lozimligi asoslantirib berilgan; hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishni barcha jinoyat ishlari bo'yicha videotaxvirga olish tartibini qonunga kiritish taklif qilingan; elektron ma'lumotlarni ko'zdan kechirish turi sifatida JPKda aks etishi lozimligi asoslantirilgan.
- KIRISHNING BIRINCHI BOB "KO'ZDAN KECHIRISH TERGOV HARAKATINING TADRIJIY RIVOJLANISHI VA YURIDIK TABIATI": Dissertatsiya kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi, tadqiq etilayotgan muammoning o'rganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, ularning joriy qilinishi, natijalarning aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi va dissertatsiyaning hajmi va tuzilishiga oid ma'lumotlar berilgan. Birinchi bob "Ko'zdan kechirish tergov harakatining rivojlanish tarixi"ga bag'ishlangan. Unda ko'zdan kechirish tergov harakati haqidagi dastlabki ma'lumotlar Hindistonning Manu qonunlarida, Xitoy tibbiyot manbalaridan hisoblangan "Si-Yuan-lu" asarida, Islom dini manbasi bo'lgan Qur'oni Karimning Yusuf surasida, Lyudovik XIV davrida Ordonans qonunlar to'plamida, "Rus haqiqati"da o'g'rini aniqlashda izlarni ko'zdan kechirish tartibi, Litva Buyuk Gertsogi Nizomida, Harbiy Artikulda, Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksida, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksida, O'zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida bayon etilgan. Ikkinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakatining umumiy tavsifi va vazifalari" deb nomlangan. Unda ko'zdan kechirish tergov harakatini 4 guruhga bo'linganligi, ko'zdan kechirish kuzatuv bilan bog'liq bo'lgan tergov harakatlari sifatida izohlangan. Uchinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakatining turlari va ularni o'ziga xos jihatlari" deb nomlangan. Unda hodisa joyini ko'zdan kechirish, murdani ko'zdan kechirish, hayvonlarni va ularning jasadlarini yoki ulardan qolgan izlarni ko'zdan kechirish, jinoyat ishiga aloqador tevarak-atrofni, binolarni ko'zdan kechirish, ashyoviy dalil hisoblangan narsalarni yoki hujjatlarni ko'zdan kechirish, transport vositalarini ko'zdan kechirish, raqamli (elektron) ma'lumotlarni ko'zdan kechirish kiritilgan. Oxirgi ikki ob'ekt ko'zdan kechirish turi sifatida JPKga kiritilmaganligi sababli JPKning ko'zdan kechirish uchun asoslari deb nomlangan 135-moddasiga transport vositalarini hamda raqamli (elektron) ma'lumotlarni kiritish taklif qilingan.
- KIRISHNING IKKINCHI BOB "JINOYAT ISHLARI BO'YICHA KO'ZDAN KECHIRISH TERGOV HARAKATINI O'TKAZISHNING PROTESSUAL VA KRIMINALISTIK TARTIBI": Ikkinchi bob "Jinoyat ishlari bo'yicha ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning protsessual va kriminalistik tartibi" deb nomlanib, to'rt paragrafni o'z ichiga oladi. Birinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning protsessual jihatlari" deb nomlangan. Unda o'ta og'ir jinoyatlar bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyini ko'zdan kechirish video yozuv orqali qayd etilishi shartligi (JPKning 91-moddasi) barobarida og'ir jinoyatlar bo'yicha hodisa joyini ko'zdan kechirish hamda raqamli dalillarni tashuvchi vositalarni ko'zdan kechirish jarayonida ham video yozuvdan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi taklif qilingan. JPKning "Ko'zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari" deb nomlangan 136-moddasi 2-qismiga istisno holatlar ko'rsatilib, shu holatlarda ko'zdan kechirish xolislar ishtirokisiz, video yozuvga qayd etish yoki maxsus texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkinligi taklif qilingan. JPKning "Ko'zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari" deb nomlangan 136-moddasi 2-qismidan keyin diplomatik vakolatxonalarni ko'zdan kechirish tartibini kiritish taklif qilingan. JPKning "Ko'zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari" deb nomlangan 136-moddasi 4-qismida ishtirokchilar doirasini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi hisobiga kengaytirish taklif qilingan. JPKning "Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqish tartibi" deb nomlanuvchi 329-moddasi ikkinchi qismidagi "hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish" jumlasini "ko'zdan kechirish" jumlasiga almashtirish taklif qilingan. Jinoyat-protsessual kodeks bilan bir qatorda "Hodisa sodir bo'lgan joy holatini o'zgartirish, dalillarni yo'qotish yoki yo'q qilishning oldini olishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni ko'rish tartibi to'g'risida"gi yo'riqnoma qoidalari tahlil qilingan. Bu yo'riqnomada hodisa joyini ko'zdan kechirish qoidasi bayon qilingan bo'lib, uning o'rniga ko'zdan kechirish tushunchasini kiritish taklif qilingan. Ikkinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning kriminalistik jihatlari" deb nomlanib, unda ko'zdan kechirishning to'liqligi ta'minlanish bo'yicha tergovchi javob berishi lozim bo'lgan talablar bayon qilingan. Ko'zdan kechirishda bayonnoma rasmiylashtirishning taktik jihatlari izohlangan. Tergov harakatida hozir bo'lganlarning hayoti va sog'lig'iga jiddiy xavf tug'diradigan holatlarda ko'zdan kechirish tartiblari izohlangan. Kriminalistik taktika va uslubiy qo'llanmalarda jinoyat sodir etilgan joyni tekshirish, xatolar va ularning oqibatlari, tayyorgarlik bosqichi, tekshirish vaqtidagi taktik, yakuniy bosqichdagi kamchiliklar, dalillarni olish, ularni o'rash, qadoqlash kabi jihatlar bayon qilingan. Uchinchi paragraf "Portlashdan keyingi ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazishning o'ziga xosligi" deb nomlangan. Unda portlovchi vositalar mavjud degan taxmin ostida amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar, tezkor-tergov guruhi, maxsus tergov sumkasi, kiyimlar, birinchi yordam, aloqa, katta maydonlarda va ko'p qavatli binolarda ishlashda tekshiruv ishtirokchilari o'rtasida aloqani ta'minlash choralari bayon qilingan. To'rtinchi paragraf "Axborot texnologiya vositalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha ko'zdan kechirishni o'tkazish taktikasini" o'z ichiga oladi. Unda kompyuter ma'lumotlarini aniqlash va olish, kompyuter texnikasi va texnologiyalarini ko'zdan kechirishda diqqat qilinishi lozim bo'lgan harakatlar, raqamli qurilmalarni ko'zdan kechirish, axborot maydoni, xavfsizlik, dasturiy va apparat vositalari, ularni tekshirishning maqsadlari izohlangan.
- KIRISHNING UCHINCHI BOB "KO'ZDAN KECHIRISHGA OID XORIJY MAMALAKATLAR QONUNCHILIGI VA AMALIYOTI, XALQARO STANDARTLAR VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI": Uchinchi bob "Ko'zdan kechirishga oid xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti, xalqaro standartlar va ularni takomillashtirish masalalari" deb nomlanib, uch paragrafdan iborat. Birinchi paragraf "Xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi va amaliyotida ko'zdan kechirish tergov harakati imkoniyatlaridan foydalanish" deb nomlangan. Unda AQSh, Fransiya, Hindiston, Qozog'iston, Britaniya va boshqa davlatlar qonunchiligida ko'zdan kechirish tergov harakati tasvirlangan. MDH davlatlari qonunchiligida hodisa joyini ko'zdan kechirish vazifalari bayon etilgan. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksida ko'zdan kechirish va tergov eksperimentiga bag'ishlangan bob tahlil qilingan. Qozog'iston Jinoyat-protsessual kodeksida tirik insonni ham ko'zdan kechirish ob'ektiga kiritish, tergov sudya ko'zdan kechirishning qonuniyligini tekshirish vakolati, qo'shimcha va qayta ko'zdan kechirish tartiblari izohlangan. Ikkinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakati bo'yicha xalqaro standartlar" deb nomlangan. Unda ISO/IEC 17020 va ILAC-G19 standartlari, ENFSI QCC kompetentligi tahlil qilingan. Uchinchi paragraf "Ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazish sifatini yaxshilashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish" deb nomlangan. Unda 4 ta yirik turkumdagi vositalar, jumladan, optik jihozlar, suratga olish vositalari, yoritish qurilmalari, ovoz va videoyozuv qurilmalari izohlangan. Dronlardan foydalanish samaradorligi, 3D modellardan foydalanish, Faro Focus 3D texnik vositasi, uch o'lchovli lazer-skaner ko'rinishi, sun'iy yoritish apparatlari turlari va afzalliklari bayon qilingan.
- XULOSA: Xulosa qismida tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi tavsiyalar berilgan: Kriminalistika va jinoyat-protsessual huquqning nazariy jihatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar; Jinoyat-protsessual kodeksi va Bosh prokuror buyruqlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar; Sud-tergov amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar. Xususan, ko'zdan kechirish jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo'lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish, hodisa mexanizmi va hodisa sharoitlari to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradigan faktik ma'lumotlarni aniqlashga qaratilgan tergov harakati ekanligi ta'kidlangan. Transport vositasini ko'zdan kechirish - transport vositasida jinoyatga aloqador izlarining, ashyoviy dalillarning mavjudligi, transport vositasining turi, tegishliligini aniqlash, etkazilgan shikast darajasini aniqlashga qaratilgan ko'zdan kechirishning bir turidir. Shuningdek, JPKga "raqamli ma'lumotlar tashuvchilarni ko'zdan kechirish" deb nomlangan 1401-modda, "qo'shimcha va qayta ko'zdan kechirish" deb nomlangan 1403 modda, "transport vositasini ko'zdan kechirish" deb nomlangan 1381-modda kiritish taklif qilingan. Shuningdek, jinoyat ishini yuritishga vakolatli shaxs raqamli ma'lumot tashuvchilarni, ularni o'rash va qadoqlash tartibi ishlab chiqilgan.