Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar
Ushbu kitob «Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar» fanini o’quv dasturiga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, talabalarga transport vositalarining ekspluatatsion materiallari haqida ma’lumot berishga, ularning turlari, xossalari va ishlatilish sohalari bo’yicha nazariy bilimlar berishga mo’ljallangan. Kitobda yonilg’i, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar, plastmassa, rezina, lok-buyoq materiallari va ularning asosidagi qoplamalar hamda ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari yoritilgan. Shuningdek, laboratoriya mashg’ulotlari uchun ko’rsatmalar va tavsiyalar ham berilgan.
Asosiy mavzular
- 1. Kirish. Neft va uni qayta ishlash maxsulotlari.: O’zbekiston Respublikasining avtomobil sanoati va transportini rivojlantirish bo’yicha hukumat qarorlari. Fanining maqsadi, vazifalari va asosiy bo’limlari. Avtomobillar ishlash qoboliyatini ta’minlash, resurslarni tejash hamda atrof-muhitga chiqayotgan zaharli moddalar miqdorini kamaytirishda yonilg’i va moylash materiallarining tutgan o’rni.
- 2. Yonilg’i va moylarni olinishi: Neftni qayta ishlashni fizik (haydash) usuli. Neftni qayta ishlashni kimyoviy usuli. Neft mahsulotlarini tozalash.
- 3. Avtomobil benzinlari.: Avtomobil benzinlarining sifatiga qo’yiladigan talablar. Avtomobil benzinlarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi fizik-kimyoviy xossalari. Yonilg’ining fraktsion tarkibi va uning dvigatel ishiga ta’siri. Yonuvchi aralashma va yonish mahsulotlari haqida ma’lumotlar. Yonilg’i xossalarining detonasion yonishga ta’siri. Detonasiyaning kelib chiqish sabablari. Benzinni detonatsiyaga bardoshlik xossalari.
- 4. Dizel dvigatellari uchun yonilg’ilar.: Dizel yonilg’ilari sifatiga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar. Dizil yonilg’ilarining asosiy fizik-kimyoviy xossalari. Yonilg’ining fraksion tarkibi. Dizellarda yonilg’ining yonishi. Yonish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
- 5. Gazsimon yonilg’ilar.: Gazsimon yoqilg’ilarning afzalliklari va asosiy kamchiliklari. Suyultirilgan uglevodorod gazi. Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari. Suyultirilgan gazning komponent tarkibi. Siqilgan uglevodorod gazi. Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari. Siqilgan gazlarni fizik-kimyoviy xossalari. Siqilgan gazning sifatiga qo’yiladigan talablar. Siqilgan gazning komponent tarkibi.
- 6. Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar: Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar. Motor moylari haqida ma’lumotlar. Asosiy vazifalari. Moylarga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar. Motor moylarining sifatini bildiruvchi sifat ko’rsatkichlari. Benzinli dvigatellar uchun moylar. Dizelli dvigatellar uchun moylar. Motor moylarining asosiy xossalari. Motor moylarining klassifikatsiyasi. Motor moylarini sinflanishi. Ishlatilishi to’g’risida tavsiyalar.
- 7. Transmissiya vositalarining uzatgichlarida ishlatiladigan moylar (Trnasmission moylar).: Transmissiya moylar haqida umumiy ma’lumotlar. Transmissiya moylarning asosiy vazifalari va transmissiya moylarga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar. Transmissiya moylarining asosiy xossalari. Transmissiya moylarining sinflanishi va markalari. Transmissiya moylarining turlari. Gidromexanik uzatkichlarda qo’llaniladigan moylar, ularning asosiy sifat ko’rsatkichlari. Moylash qoboliyati. Xorijda ishlatiladigan transmissiya moylarining sinflanishi. Moylarni almashtirish muddatlari.
- 8. Transport vositalarida ishlatiladigan plastik surkov moylari.: Plastik surkov moylari haqida umumiy ma’lumotlar. Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi va ularning sifatiga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar. Plastik surkov moylarining olinishi va ularning tarkibi. Plastik surkov moylarining tasosiy xossalari.
- 9. Gidravlik sistemalar uchun suyuqliklar: Gidravlik sistemalarning asosiy vazifalari va Gidravlik sistemalar ga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar. Gidravlik sistemalar ning asosiy xossalari. Gidravlik sistemalar ning sinflanishi va markalari
- 10. Tormoz va amortizator suyuqliklari: Tormoz va amortizator suyuqliklari sifatiga qo’yiladigan talablar. Vazifasi, tarkibi, ekspluatatsion xossalari, xillari va ishlatilishiga tavsiyalar.
- 11. Sovutish suyuqliklari.: Sovutish suyuqliklari turlari. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar. Sifatiga qo’yiladigan talablar. Vazifasi, tarkibi va ekspluatatsion xossalari. Markalari, ularni qo’llash haqida tavsiyalar. Ularni ishlatishda texnika xavfsizligi. Yurgizib yuborish suyuqliklari. Vazifasi, tarkibi, ekspluatatsion xossalari va ishlatilishiga tavsiyalar.
- 12. Neft mahsulotlari sarfini me’yorlash, tejash yo’llari.: Neft mahsulotlari sarfini me’yorlash. Yonilg’i va moylash materiallarini me’yorga keltirish va me’yorida ishlatish tejami asoslari. Neft mahsulotlarini isrof bo’lish turlari. Isroflarni kamaytirish. Yonilg’i-moylash materiallarining hisob-kitobini olib borish.
- 13. Yonilg’i va moylash materiallarini yongin chiqish jihatidan xavfsizligini ta’minlash: Yonilg’i va moylash materiallarini yongin chiqish jihatidan xavfsizligi. Texnik suyuqliklar moylash materiallarini yongin chiqish jihatidan xavfsizligi
- 14. Plastmassalar.: Plastmassalarning olinishi, asosiy komponentlari va xossalari. Avtomobil detallarini ishlab chiqarishda plastmassalardan foydalanish.
- 15. Rezina materiallari.: Sifatiga qo’yiladigan talablar. Olinishi, asosiy komponentlari va xossalari. Tabiiy va sun’iy kauchuklar. Avtomobilsozlikda rezina materiallarini tutgan o’rni. Avtomobil shinalarini ishlab chiqarishda va ularni ta’mirlashda rezina materiallaridan foydalanish.
- 16. Lak-buyoq materiallari.: Avtomobilsozlikda Lak-buyoq materiallarini tutgan o’rni. Lok-buyoq materiallarining asosiy sifat ko’rsatkichlari. Lok-buyoq materiallarining tarkibi, klassifikatsiyasiva qo’llanilishi. Yelimlar, qoplovchi va qistirma materiallar. Klassifikatsiyasi, tarkibi xossalari va qo’llanilishi. Avtomobilsozlikda qoplama va qistirma materiallarning ishlatilishi.