Bosim ostida payvandlash

Ushbu kitob bosim ostida payvandlash nazariyasining asoslarini, texnologiyasini va jixozlarini, hamda shu usul xususiyatiga tegishli bo‘lgan payvandlash va yordamchi jarayon operatsiyalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka masalalarini o`z ichiga qamrab olgan. Fanning maqsadi va vazifalari «Bosim ostida payvandlash» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - bosim ostida payvandlash rivojining tarixi va istiqboli; bosim ostida payvandlashning yangi zamonaviy turlarini bilishi kerak; - kontaktli payvandlash fizik asoslarini; xar xil materiallarni kontaktli payvandlash xususiyatlarini; yig`ish va kontaktli payvandlash namunaviy jarayonlarini ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak; - kontaktli payvandlash rejimini hisobini bajarish va ularni tahlil qilish malakalariga ega bo`lishi kerak; - kontaktli payvandlash mashinalari xarakteristikalarini olish tajribasiga ega bo`lishi kerak. Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar Ushbu vazifalardan kelib chiqib o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - fan rivojining tarixi va istiqboli; - rivojlangan xorijiy mamlakatlarda eritib payvandlashning texnologik mashinalar va jihozlari hamda ularning progressiv texnologiyalari va usullari; - eritib payvandlash fizik asoslari haqida tasavvurga ega bo`lishi; - qoplamali elektrodlar bilan dastakli yoyli payvandlashning texnologik jihozlarini; - dastakli yoyli payvandlashning ish unumdorligini oshirish usullarini; - flyus ostida payvandlashning texnologik jihozlarini; - himoya gazlar muhitida payvandlashning texnologik jihozlarini; - gaz yordamida kesish mashinalarni; - injektorli va injektorsiz gorelkalarni; - mashinasozlik buyumlarni va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarishda yig`ish va eritib payvandlash namunaviy texnologik jarayonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - yoyli payvandlash rejimlarini hisobini bajarish va ularni tahlil qilish; - gaz alangasi yordamida payvandlash rejimini hisobini bajarish va ularni tahlil qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak. Qo‘yilgan vazifalar o‘qish jarayonida talabalarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, ijodiy yondoshishi, zamonaviy elektron o‘qitish va kommunikatsiya vositalaridan foydalana bilishi, adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi bilan amalga oshiriladi. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi. «Bosim ostida payvandlash» fani tanlov fani hisoblanib, 8- semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; o‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar; konstruksion materiallar texnologiyasi; elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari; payvandlash asosiy uslublari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Mashinasozlikda bosim ostida payvandlash rejimlarini tanlash, hamda payvandlash jihozlarini va texnikasini munosiblarini o‘rganish ularni ishlab chiqarishda qo‘llash ish hajmining katta qismini tashkil etadi. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari dasturni interaktiv usullarda o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor auditoriya mashg‘ulotlarida va mustaqil ishda o‘zlashtiriladigan chuqurlashtiriladigan nazariy bilimlarga, hamda ob’ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishga qaratiladi; dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruza mashg‘ulotlariga katta o‘rin ajratiladi. Dasturiy materiallarni o‘zlashtirish to‘rt xil: - muammoli tasnifdagi mavzular bo‘yicha; - mustaqil o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan bo‘limlar bo‘yicha; - ta’lim oluvchilarda alohida qiziqish uyg‘otuvchi bo‘limlar bo‘yicha; - oldinga siljigan (prodvinuto’ye) ma’ruzalarni interfaol usulda o‘qish yo‘li bilan; - mustaqil ta’lim olish va ishlash, kollokviumlar va munozaralar jarayonida o‘zlashtiriladigan bilimlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Mustaqil ish jarayonida talaba ta’lim texnologiyalariga oid adabiyotlar, internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, auditoriya mashg‘ulotlari paytida qabul qilgan axborotni to‘g‘ri mushohada qilish qobiliyatini ko‘rsatishi zarur. Dastur talabalar bilimini reyting-nazoratidan foydalanadigan o‘quv jarayonini tashkil qilishning yangi prinsiplari asosida amalga oshadi.

Asosiy mavzular

  • 1-Modul: Kirish.Bosim ostida payvandlashning texnologiyasi va jixozlarini kiskacha rivojlanish tarixi va klassifikatsiyasi. Bosim ostida payvandlashni rivojlanishida olimlarning roli, kullaniladigan soxalari. Bosim ostida payvandlashni kelajdagi rivoshlanishi, uni unumdorligini va ish sifatini oshirish. Fanning vazifalari.: Bosim ostida payvandlashning asosiy turlari, ularning texnologik jihatlari, kontaktli payvandlashning fizik asoslari, payvandlash usullari, qo‘llaniladigan jihozlar, payvandlash mashinalari va ularning turlari, payvandlash jarayonining asosiy parametrlari, rejimlari, materiallarning xossalari va ularning payvandlashga ta’siri.
  • 2-Modul: Kontaktli payvandlashdagi elektr qarshilik. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari. Djoul-Lens konuni. Tegish qarshiliqlari. Detallarning o`z qarshiligi. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik.: Kontaktli payvandlash jarayonida issiqlik hosil bo‘lishi, Djoul-Lens qonuni, kontakt qarshiliklari, detallarning o‘z qarshiligi va umumiy qarshiliklar hisoblash usullari.
  • 3-Modul: Kontaktli payvandlashda metallni qizdirish jarayonlari. Kontaktli payvandlashdagi elektr va harorat maydonlari haqida tushuncha. Kontaktli payvandlashda issiklik balansi. Payvandlash tokini hisoblash. Tokning shuntlanishi. Uchma-uch payvandlashda detallarning qizishi.: Kontaktli payvandlashda elektr va harorat maydonlari, issiqlik balansi, payvandlash tokini hisoblash, tokning shuntlanishi va detallarning qizishi.
  • 4-Modul: Kontaktli payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi. Plastik deformatsiyaning ahamiyati. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya. Nuqtali payvandlashdagi payvandlash kuchini hisoblash. Chokli va relefi payvandlashdagi plastik deformatsiya. Uchma-uch payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi: Plastik deformatsiyaning ahamiyati, nuqtali payvandlashda plastik deformatsiya, payvandlash kuchini hisoblash, chokli va relefli payvandlashda plastik deformatsiya, uchma-uch payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi.
  • 5-Modul: Birikmalar hosil bo`layotgan yuz beradigan jarayonlar. Sirtqi pardalarning yo`qolishi. Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi. Elektrod-detal tegish joyida massa ko`chish jarayonlari.: Birikma hosil bo‘lish jarayonlari, sirtqi pardalarning yo‘qolishi, metallning issiqlikdan kengayishi va elektrod-detal tegish joyida massa ko‘chishi.
  • 6-Modul:Termodeformatsiya jarayonlarining payvandlash joyi metalining xossalariga ta’siri. Koldik zo`riqishlarning yuzaga kelishi.: Termodeformatsiya jarayonlarining payvandlash joyi metalining xossalariga ta’siri va qoldiq zo‘riqishlarning yuzaga kelishi.
  • 7-Modul: Kontaktli payvandlab hosil qilinadi payvand birikmalar detallari va qismlarining tuzilishi. Kontaktli nuqtali va chokli payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi. Kontakli relefli payvandlab hosil qilinadigan birikmalarning tuzilishi. Kontakli uchma-uch payvandlab hosil qilingan birikmalarning tuzilishi: Kontaktli payvandlashda hosil bo‘ladigan birikmalar, nuqtali, chokli, relefli va uchma-uch payvandlashda hosil bo‘ladigan birikmalarning tuzilishi.
  • 8-Modul: Payvand uzellar ishlab chiqarish texnologik jarayoni. Detallar tayyorlash. YUzani hozirlash. Yig`ish. Bir necha joyidan payvandlab quyish. To`g`rilash va qo`shimcha mexanik ishlov berish. Korroziyaga qarshi himoya: Payvand uzellar ishlab chiqarish texnologik jarayoni, detallar tayyorlash, yuzani hozirlash, yig‘ish, bir necha joyidan payvandlab quyish, to‘g‘rilash, qo‘shimcha mexanik ishlov berish va korroziyaga qarshi himoya.
  • 9-Modul:Kontaktli payvandlash rejimlari. Nuqtali payvandlash rejimi. Chokli payvandlash rejimi. Uchma-uch payvandlash rejimi: Kontaktli payvandlash rejimlari, nuqtali, chokli va uchma-uch payvandlash rejimlarining tavsifi.
  • 10-Modul:Turli konstruksion materiallarni kontaktli payvandlashning o`ziga xos xususiyatlari. Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri. Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi: Turli konstruksion materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning payvandlash rejimlariga ta’siri, materiallarning payvandlanuvchanligi.
  • 11-Modul: Maxsus konstruksiyalar va birikmalarni payvandlash. Uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash. Katak-katak panellarni payvandlash. Chokli uchma-uch payvandlash. Chetlarini ezib, chokli payvandlash. Uchta va undan ortiq detallardan iborat to`plami payvandlash.: Maxsus konstruksiyalar va birikmalarni payvandlash, jumladan uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash, katak-katak panellarni payvandlash, chokli uchma-uch payvandlash, chetlarini ezib, chokli payvandlash, uchta va undan ortiq detallardan iborat to‘plamlarni payvandlash.
  • 12-Modul: Qalinligi katta detallarni payvandlash. Qumoq-qumoq alyuminiy kukuni (QAK)ni payvandlash. G``ovakdor qumoq-qumoq materiallarni payvandlash. Qoplamali metallarni payvandlash: Qalinligi katta detallarni payvandlash, qumoq-qumoq alyuminiy kukuni (QAK)ni payvandlash, g‘ovakdor qumoq-qumoq materiallarni payvandlash va qoplamali metallarni payvandlash.
  • 13-Modul: Kontaktli payvandlash mashinalari: Kontaktli payvandlash mashinalarining tasnifi, belgilanishi, nuqtali, relefli, chokli va uchma-uch payvandlash mashinalari.
  • 14-Modul: Korpus va staninalar. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash konturi. Elektrodlar. Elektrodlarning tuzilishi. Elektrodlarning chidamliligi. Elektrod qotishmalari: Kontaktli payvandlash mashinalarining korpusi va staninalari, payvandlash konturi, elektrodlar, ularning tuzilishi, chidamliligi va qotishmalari.
  • 15-Modul: Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanizmlari: Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanizmlari, jumladan detallarni siqish mexanizmlari, roliklarni aylantirish mexanizmlari, uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish mexanizmlari va tirak moslamalari.
  • 16-Modul: Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr qismi: Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr qismining vazifasi, tuzilish sxemalari va asosiy energetik parametrlari.
  • 17-Modul: Payvandlash transformatorining tuzilishi. Payvandlash transformatorlaridagi payvandlash tokini rostlash.: Payvandlash transformatorining tuzilishi va payvandlash tokini rostlash usullari.
  • 18-Modul: Kontaktli payvandlashda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish. Yig`ish va payvandlash moslamalari. Potok va avtomatik liniyalar.Sanoat robotlari.: Kontaktli payvandlashda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yig‘ish va payvandlash moslamalari, potok va avtomatik liniyalar hamda sanoat robotlari.