Raqamli iqtisodiyot

Ushbu oʻquv-uslubiy majmua “Raqamli iqtisodiyot” fanini chuqur oʻzlashtirish maqsadida tayyorlangan boʻlib, unda sanoatning tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlarni hisoblash boʻyicha koʻnikmalar shakllantiriladi. Majmua zamonaviy iqtisodiyotning oʻziga xos jihatlarini ochib beradi, jumladan, raqamli texnologiyalarning sanoatga ta'sirini, elektron tijoratni, blokcheyn texnologiyalarini, shuningdek, virtual va toʻldirilgan reallik kabi zamonaviy texnologiyalarni oʻz ichiga oladi. Majmua talabalarga sanoat tarmoqlari siyosatiga oʻzgartirishlarni kiritish yoʻllarini bilish, hamda har bir tarmoq uchun sanoatning tarkibiy siljishlarini tuzish koʻnikmalariga ega boʻlishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. "Raqamli iqtisodiyot" faniga kirish: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning rivojlanish bosqichlari, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari, raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o'sishning o'zaro bog'liqligi, innovatsion g'oyalar va yuqori texnologiyalarni jamiyatga tatbiq etish kabi mavzularni o'rganish.
  • 2-mavzu. Raqamli iqtisodiyot: elektron biznesni boshqarish asoslari: Elektron biznesning mohiyati va rivojlanish xususiyatlari, innovatsion texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi o'rni, internet tarmog'ida biznesning yaratilishi, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning huquqiy asoslari.
  • 3-mavzu. Elektron savdo (internet savdo) ning rivojlanish xususiyatlari: Elektron biznes modellari, elektron tijorat (e-commerce) va elektron savdo (e-tade)ning o'ziga xos belgilari va farqlari, mobil tijorat (m-commerce) va uning biznesga ta'siri, axborotlashgan bozor ishtirokchilariga raqamli iqtisodiyotning ta'siri.
  • 4-mavzu. Iqtisodiyotni raqamlashtirish koʻrsatkichlari: Raqamli iqtisodiyot indikatorlari va ularning xususiyatlari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish koʻrsatkichlari, Digital Economy and Society Index (DESI) va World Digital Competitiveness (MDC) koʻrsatkichlari, Networked Readiness Index (NRI) va Digital Evolution Index (DEI) ko'rsatkichlari xususiyatlari.
  • 5-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda biznesni boshqarishning xususiyatlari: Raqamli iqtisodiyot texnika va texnologiyalarining xususiyatlari, kelajak texnologiyalari va raqamlashtirishning oqibatlari, katta ma'lumotlar (Big data) va analitika, ma'lumotlar bazasini tashkil qilish mexanizmi, raqamli kompaniya strategiyalari.
  • 6-mavzu. Mobil texnologiyalar: Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalarning o'rni va rivojlanish tarixi, mobil qurilmalar bozori tahlili, O'zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari, korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari, mobil texnologiyalarni joriy qilish modellari, mobil texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi.
  • 7-mavzu. Neyrotexnologiyalar va sun'iy intellekt: Sun'iy intellektning rivojlanish tarixi, sun'iy intellekt bilan smart-media vositalari oʻrtasidagi bog'liqlik, intellektual tizimning strukturasi, neyrotarmoqning xususiyatlari, sun'iy intellekt – iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish omili sifatida, intellektual resurslardan samarali foydalanish mexanizmlari.
  • 8-mavzu. Biznesda fikrlash dizayni: Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash - dizaynining xususiyatlari, fikrlash dizayni foydalanuvchiga yo'naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar, fikrlash dizayni bosqichlari, empatiya – insonga yo'naltirilgan dizayn markazida, biznes jarayonida fokuslashtirish, g'oyalar ishlab chiqish, prototiplash, test o'tkazish.
  • 9-mavzu. Virtual va toʻldirilgan reallik texnologiyalari: Virtual va to'ldirilgan reallik texnologiyalarining mohiyati, AR (augmented reality) texnologiyalari, VR (virtual reality) texnik vositalari, AR/VR texnologiyalarni rivojlantirish muammolari va jahon bozori xususiyatlari.
  • 10-mavzu. Innovatsion biznesda robot texnikalaridan samarali foydalanish: Biznesda robot texnikalaridan samarali foydalanishning tarixi, robototexnika turlari, ilm-fan va texnika yutuqlari asosida yaratilayotgan zamonaviy robotlar, Xalqaro Robototexnika Federatsiyasi (IFR) va uning vazifalari, mamlakatlar sanoatidagi robotlashganlik darajasining tahlili, robototexnikaning asosiy trendlari.
  • 11-mavzu. Elektron biznes modellari: Tovarlar va xizmatlar bozorining globallashuvi, avlodlar nazariyasi, birgalikda iste'mol (Sharing economy), kelajak avlodlari (Generation NEXT) xususiyatlari va amalga oshirish imkoniyatlari, elektron biznes va elektron tijoratni boshqarishning tashkiliy strukturasi, internet tarmog'ida biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar klassifikatsiyasi.
  • 12-mavzu. Biznesda kraudsorsing va kraudfanding yangi imkoniyatlari: Biznesda kraudsorsing va kraudfanding nazariy-uslubiy asoslari, zamonaviy kompaniyalar biznes modelida kraudsorsing va kraudfanding texnologiyalarining xususiyati, kraudsorsing asosida internet xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari, kouz nazariyasi, kraudsorsing asosida innovatsion marketing elementlaridan samarali foydalanish, kraudsorsing tovar/xizmatiga qoʻshimcha talabni shakllantirish.
  • 13-mavzu. Zamonaviy elektron tijorat bozori xususiyatlari: Elektron tijoratning rivojlanish tarixi, texnologiyalarning elektron tijorat rivojiga ta'siri, mamlakatlar YAIMda elektron tijoratning ulushi, yangi bozorlarning shakllanishida elektron tijorat texnologiyalarining ta'siri, xalqaro elektron tijorat ishtirokchilari, elektron xizmatlar va raqamli mahsulotlar bozorining xususiyatlari, elektron reklamaning samaradorligini baholash, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish xususiyatlari.
  • 14-mavzu. Elektron tijorat modellari: Biznes modellashtirishga boʻlgan turli yondashuvlar mohiyati, biznes-modelni tuzish va ularning klassifikatsiyasi, e-tijorat modelini tuzish xususiyatlari, elektron tijoratni rivojlantirish omillari, elektron tijoratda risklar, ijtimoiy tarmoqlarda biznes modellar, O'zbekistonda elektron tijorat modellarini rivojlanish yo'nalishlari.
  • 15-mavzu. Elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamlashtirish xususiyatlari: Elektron hukumatning asosiy vazifalari va uning dolzarbligi, davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta'minlashda elektron hukumatning oʻrni, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining oʻzaro hamkorligi va ularning ma'lumotlar bazalari oʻrtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish, YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP).
  • 16-mavzu. Elektron taʼlim plotformalarini rivojlantirish: Elektron ta'lim bozorining rivojlanishi va taʼlim plotformalarining turlari, Oʻzbekistonda elektron ta'limni rivojlantirish yoʻnalishlari, raqamli ta'lim muassasasi konsepsiyasi, ta'lim xizmatlari eksportini tashkil etish, vebinar va video konferensiyalar tashkil etish, masofaviy ta'limni rivojlantirish yo'llari.
  • 17-mavzu. Sanoatda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish. "Sanoat-4.0” konsepsiyasi: "Sanoat-4.0” konsepsiyasining mohiyati va rivojlanishi, sanoatda raqamli texnologiyalarni qoʻllash xususiyatlari, blokcheyn texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, korxona xodimlarini boshqarishni raqamlashtirish, xarajatlarni boshqarishni raqamlashtirish.
  • 18-mavzu. Raqamli marketing: Raqamli marketing asoslari va 4R konsepsiyasi, raqamli marketingning an'anaviy marketingdan ustunlik tomonlari, iste'molchi va biznes sektorlari oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari, marketing media vositalari, samarali veb-tarmoqlarni yaratish va ulardan samarali foydalanish, elektron reklama transformatsiyasi, reklamaga qilinadigan xarajatlar va daromadlar, raqamli marketing samaradorligini baholash ko'rsatkichlari.
  • 19-mavzu. E-brending: Brending mohiyati va asosiy xususiyatlari, e-brendingning asosiy xususiyatlari, brending texnologiyasi doimiy mijozlarning tovar yoki xizmatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan, qidiruv tizimlari, kontent reklamalar, internet PR, onlayn-video, e-mail-marketing, audio reklama va boshqalar, e-brending strategiyalari, brendni mustahkamlash, qayta pozitsiyalash, mavjud brendni qimmatlashtirish strategiyalari.
  • 20-mavzu. Iqtisodiyotning ayrim tarmoq va sohalarida elektron biznesni amalga oshirish: Ishlab chiqarish sohasini raqamlashtirishning asosiy ustunliklari, xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarishda raqamli biznesni amalga oshirish imkoniyatlari, agrar sohani raqamlashtirishning xususiyatlari, xizmatlar koʻrsatishni raqamlashtirish, e-bank tizimini rivojlantirish, raqamli moliya tizimi, moliyaviy aktivlar, e-logistikaning xususiyatlari, turizm xizmatlari sohasini raqamlashtirishning dolzarb masalalari, Oʻzbekistonda “Aqlli shahar konsepsiyasi”ning rivojlanishi.
  • 21-mavzu. Elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish muammolari: Axborot xavfsizligini ta'minlashning muammolari, raqamli xavfsizlik masalalari va uni ta'minlash yo'llari, internet tarmog'idagi firibgarlik turlari va ularni aniqlash yo'llari, elektron pochtalar orqali firibgarlik, spamlar, axborotlarni oʻgʻirlash, kiber-hujumlar, gʻirrom raqobat, raqobat razvedkasi xususiyatlari, sanoat josusligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish tizimi, internet tarmog'idagi firibgarlik muammolarini hal qilish yo'llari.
  • 22-mavzu. Elektron xizmatlar sifatini boshqarish: Elektron biznes bozorining rivojlanish trendlari, rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili, raqamli xizmatlar xususiyati, elektron xizmatlar va ularning sifati oʻrtasidagi korrelyasion bog'liqlik, elektron xizmatlar klassifikatsiyasi, elektron xizmatlarning sifat darajasini ta'minlash muammolari, elektron xizmatlar sifatini oʻlchash va baholash usullari, raqamli xizmatlar sifatini boshqarishda tizimli tahlildan foydalanish, raqamli xizmatlar sifatini ta'minlashda xalqaro standart talablari (E-SQI), Oʻzbekistonda elektron xizmatlar sifatini ta'minlashning asosiy yoʻnalishlari.
  • 23-mavzu. SHaxsiy elektron biznesni yaratish: Shaxsiy elektron biznesni yaratish bosqichlari, shaxsiy biznesni boshlash yo'lidagi faoliyat ketma-ketligi, yangi mahsulot yoki xizmatlar uchun g'oyalarni izlash va ularni tanlash imkoniyatlari, startap loyihalari, shaxsiy elektron biznesni rivojlantirish strategiyalari, bozorlarni pozitsiyalash asoslari, risklarni boshqarish, investitsiya va moliyalashtirish manbalarini tanlash, venchur investitsiyalarning xususiyatlari.
  • 24.Kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalari: Kriptovalyutalar va tokenlarning Rossiyada ishlatilishiga oid qonuniy hujjatlar mavjudmi?, Blokcheyn texnologiyasini qo'llashni qanday sohalarda amalga oshirish mumkin?, Maynerlar hozigacha (2018 yil) qancha bitkoin ololganlar va qachon oxirgi bitkoin mayning qilinadi?, O'zbekistonda kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalar bilan qaysi tashkilot shug'ullanadi?, Kriptovalyutalar bo'yicha O'zbekiston Markaziy bankining pozitsiyasi qanday?
  • 25.Raqamli valyutaning real imkoniyatlari: Raqamli valyutaning real imkoniyatlari, kriptovalyutalar va tokenlar, ICO tashkil qilish, token nima, ICO ni qanday qilib tashkil qilish, ICO vositasida qancha pul mablag'i jalb qilish mumkin, ICO ga investitsiyalar qanday amalga oshirishi mumkin, Blokcheyn deganda nimani tushunamiz va uning qanday xususiyatlari mavjud, Blokchenning yana qanday afzalliklari mavjud, Nima uchun kriptovalyutalar mayningi amalga oshiriladi va u nima uchun kerak, Mayning qilishni boshlash uchun nima qilishim lozim, ICO orqali daromad toppish haqida batafsilroq ma'lumot berishingiz mumkinmi, Ko'pchilikning fikriga ko'ra, kriptovalyutalar bozorida ishlash jarayoni moliyaviy piramidalarga juda o'xshab ketadi. Bu qanchalik to'g'ri?, Kriptovalyutalar qandaydir kichik guruhga mansub bo'lgan insonlarning mahsuloti degan fikr to'g'rimi?, Kriptovalyutalar kursining o'sishiga asosiy sabab, kriptovalyutalar bozoriga katta o'yinchilar va investorlarning kirib kelishi bilan bog'liq, Kriptovalyutalar bozorini tushunish ancha murakkab bo'lgan juda ko'p nozik tomonlar va xususiyatlarga ega, Raqamli valyutaning real imkoniyatlari.