Jahon siyosiy mafkuraviy ta'limotlari tarixi

Ushbu kitob "Jahon siyosiy mafkuraviy ta'limotlar tarixi" o'quv fanining asosiy maqsadlari, jahondagi siyosiy mafkuraviy ta'limotlar tarixi, ularning o'ziga xos jihatlarini kompleks tahlil qilishga qaratilgan. Kitobda qadimgi dunyodan tortib hozirgi kungacha ma'lum bo'lgan siyosiy-mafkuraviy ta'limotlarning rivojlanish tendensiyalari, yo'nalishlari va oqimlari yoritib berilgan. Qo'llanmaning yana bir yutuqli tomoni unda siyosiy mafkuraviy ta'limotlarning asl manbalari joylashtirilgan internetdagi saytlarga havolalar keltirilgan. Shuningdek, sakson ikkita tarixiy shaxs, mutafakkir, olimlarning rasmlari ham keltirilganligi qo'llanmaning ko'rgazmaliligini ta'minlagan. Kitob tadqiqotchilar va talabalarga mo'ljallangan bo'lib, undan 60112100 – Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabalari uchun ta'lim jarayonida, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish tavsiya etiladi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: “Jahon siyosiy mafkuraviy ta'limotlar tarixi” o'quv fanining asosiy maqsadi – jahondagi siyosiy mafkuraviy ta'limotlar tarixi, ularning o'ziga xos jihatlarini muhim hodisa sifatida kompleks tahlil qilishdan iborat. O'quv fanining asosiy vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: jahondagi siyosiy mafkuraviy ta'limotlarning mohiyatini tahlil qilish; mafkuraviy jarayonlar tushunchasining mohiyatini tahlil qilish; jahondagi siyosiy mafkuraviy jarayonlarning o'zaro ta'sirini o'rganish; jahon siyosiy mafkuraviy ta'limotlar tizimining mohiyati, tarkibi, umumiy qonuniyatlarini ochib berish; jahonning bugungi g'oyaviy-mafkuraviy manzarasini tahlil qilish; mafkuraviy jarayonlarning kuchayishi sharoitida O'zbekistonga bo'ladigan ta'sirlarni belgilab olish. dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasini, unda kechayotgan g'oyaviy kurashlardan ko'zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berishga qaratilgan.
  • 1-MAVZU: JAHON SIYOSIY-MAFKURAVIY TA'LIMOTLARI TARIHI FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI. ILK SIVILIZATSIYALAR MAFKURASI: Jahon siyosiy-mafkuraviy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari; "Siyosat", "g'oya", "mafkura", "tarix" tushunchalari, ularning mazmun mohiyati va namoyon bo'lish shakllari; jahon siyosiy-mafkuraviy ta'limotlar tarixi o'quv fanining asosiy metodlari va undagi davriylik; Qadimgi Sharq insoniyat sivilizatsiyasining beshigi; dastlabki davlat va siyosiy mafkuralarning Sharqda vujudga kelishining obektiv sabablari; "Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai.
  • 2-MAVZU: QADIMGI HINDISTON VA QADIMGI XITOYDA SIYOSIY MAFKURALAR: Hindistondagi ilk davlatlar va ularning mafkuraviy asoslari; Brahsmanizm va Buddaviylik o'rtasidagi munosabatlar; Qadimgi Xitoydagi g'oyaviy-siyosiy qarashlar; Konfutsiyaning davlat mafkurasi darajasida chiqishi.
  • 3-MAVZU: QADIMGI GRETSİYADA SIYOSIY MAFKURALAR. ELLINIZM DAVRI MAFKURASI: Ilk yunon davlatlari, polis-davlatchilik sistemasi mafkuralari; Quldorlik demokratiyasi mafkurasi; Yunonistonda siyosiy mafkuralar rivojidagi ta'limotlar.
  • 4-MAVZU: QADIMGI RIM MAFKURASI: Rim mafkurasi va uning huquqiy manbai; Sitseronning davlat, siyosat va qonunlar to'g'risidagi g'oyalari; Rim stoiklarning siyosiy g'oyalari; Rim huquqshunosligining rivojlanishi.
  • 5-MAVZU: XRISTIAN MAFKURASINING VUJUDGA KELISHI: Xristian ta'limotining paydo bo'lishi asosiy aqidalari va mafkuraviy funksiyalari; Cherkov institutining qaro tоpishi; Avreliy Avgustinning te'kratik ta'limoti va xristian davlati; Xristian dinining yo'nalish va zamonaviy oqimlari.
  • 6-MAVZU: YA Qin VA O‘RTA SHARQ MAMLAKATLARIDA SIYOSIY MAFKURALAR: Yaqin Sharqda yahudiylik dini va fe'odalizm mafkurasining shakllanishi; Zardushtiylik dini va ta'limotining mafkuraviy jihatlari; Moniylik ta'limoti; Mazdakiylar mafkurasi.
  • 7-MAVZU: ISLOM MAFKURASI VA ARAB-MUSULMON SIYOSIY FIKRI: Islom mafkurasi va uning g'oyalari; Arab halifaligi ekspansiyasi, islom mafkurasining mustahkamlanishi; Islomda insonparvarlik g'oyalari, gumanistik qadriyatlar va demokratik unsurlar; Qur'on Karim va Hadislarda hokimiyat masalalari; rasmiy islom va halifalik hokimiyati; Sunniylik va shialik, xorijiylar, islomiyylar, qarmatlar mafkurasi; Tasavvufning mafkuraviy funksiyasi; Nizom ul-mulkning “Siyosatnoma” asarining g'oyaviy-siyosiy mazmuni; Ibn Rushd qarashlari; Ibn Haldun gumanizmi.
  • 8-MAVZU: O‘RTA ASRLARDA JANUBIY VA SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MAFKURAVIY YO'NALISHLAR VA OQIMLAR: Hindistonda IV-VI asrlarda feodalizm mafkurasi; kastachilik tartiblari; Shankara ta'limoti; Xitoyda III-IV asrlarda feodalizm mafkurasi; Ko'chmanchilar istilosi; Yapоniyada siyosiy fikr, rasmiy mafkura xususiyatlari.
  • 9-MAVZU: O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA MAFKURAVIY JARAYONLAR: O'rta asrlarda G'arbiy Yevropada feodalizm mafkurasi va markazlashgan cherkov hokimiyati; O'kkamning siyosiy qarashlari, uning papachilikka munosabati; Marsiliy Paduanskiyning siyosiy-huquqiy ta'limoti.
  • 10-MAVZU: G‘ARBIY YEVROPADA UYG‘ONISH DAVRI MAFKURASI: Renessans mafkurasining mazmun mohiyati; G'arbiy Yevropada ma'naviy - madaniy o'zgarishlar va renessans markazlari; Italiyada gumanizm mafkurasi; D. Aligyeri gumanistik qarashlari; F. Petrarkaning Rim respublikasiga munosabati; P. D. Mirondola gumanizmi.
  • 11-MAVZU: REFORMATSIYA MAFKURASI, UNDAGI YO‘NALISHLAR VA OQIMLAR: Reformatsiyaning vujudga kelishi va diniy islohotlar. Reformatsiyaning asosiy maqsadi va uning asoschilari Martin Lyuter, Jan Kalvin, Tomas Myunserlarning ilgari so'rgan g'oyalari. Reformatsiya Rim katolik cherkoviga qarshi va dinda Protestantlik oqimining vujudga kelishi. Reformatsiyaning butun Yevropaga tarqalishi va dehqonlar urushining boshlanishi.
  • 12-MAVZU: XV–XVI ASRLARDA YEVROPADA ILK UTOPIK SOTSIALIZM MAFKURASI: Sotsializm genezisida obyekti va subyektiv omillar. Tomas Morning sotsial utopizmi. Tommazo Kampanellaning ideal davlat to'g'risidagi g'oyalari.
  • 13-MAVZU: NIDERLANDIYADA SIYOSIY MAFKURALAR RIVОJI: Niderlandiyada siyosiy mafkuralar rivoji. Royalistlar, jirondistlar va yakobinchilar ideologiyasi.
  • 14-MAVZU: ANGLIYADA BURJUA INQILOBI DAVRIDAGI SIYOSIY MAFKURALAR: Ingliz burjua inqilobi mafkurasi. Tomas Gobbsning siyosiy – huquqiy ta'limoti. Jon Lokkning siyosiy – huquqi. Tomas Mor utopik sotsializmi. Independentlar, levellerlar va diggerlar mafkurasi.
  • 15-MAVZU: BUYUK FRANSUZ INQILOBI G‘OYALARI VA UNDAN KEYINGI DAVRLARDA SIYOSIY MAFKURALAR: Buyuk Fransuz inqilobi mafkurasi, uning yo‘nalishlari va oqimlari. Royalistlar, jirondistlar va yakobinchilar ideologiyasi.
  • 16-MAVZU: BUYUK FRANSUZ INQILOBI G‘OYALARI VA UNDAN KEYINGI DAVRLARDA SIYOSIY MAFKURALAR (DAVOMI): Maksimilian Robespyer va Jan Pol Maratlarning siyosiy qarashlari. Grakx Babyofning “Tenglar jamiyati” yoxud “Tenglik uchun fitna” nomli siyosiy – huquqiy dasturi.
  • 17-MAVZU: AQSHNING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI DAVRIDА SIYOSIY MAFKURALAR: 1775-1783-yillar mustaqillik uchun urush. Konservatorlar va radikallar mafkurasi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” g‘oyalari. T. Jefferson, B. Franklin, A. Gamilton, J. Adams, J. Medison g‘oyalari.
  • 18-MAVZU: XVII-XVIII ASRLARDA GERMANIYA VA ITALIYADA MA’RIFATPARVARLIK IDEOLOGIYASI: Germaniyada feodal tarqoqlik sharoitida ma'rifatparvarlik mafkurasining xususiyatlari, undagi oqimlar. X. Tomaziyning siyosiy-huquqiy qarashlari. X. Volf g‘oyalari. G. E. Lessing gumanizmi. Y. V. Gyote ijodi.
  • 19-MAVZU: XVIII ASR OXIRI –XIX ASR BOSHLARIDA GERMANIYADA FALSAFIY TA’LIMOTLARNING SIYOSIY MAFKURALARDA IFODALANISHI: XVIII asr oxirida Germaniyada feodal tarqoqlik saqlanib qoldi. 30-yillik urush (1618-1648) ning asosida katoliklar va protestantlar o'rtasidagi kurash yotardi. Nemis knyazlari bu urushda diniy masalalarni hal etish bilan bir qatorda, Muqaddas Rim imperatoridan mustaqillik uchun kurashdilar va unda ishtirok etgan boshqa davlatlar G'arbiy Yevropada gabsburglar hukmronligiga qarshi kurashdilar. Ko'plab qishloqlar va shaharlar vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan, ko'p joylar bo'sh, o'rmonlar bilan qoplangan, bo'rilar bilan to'lgan edi. Ahоli soni sezilarli darajada kamaydi. Omon qolgan odamlar ochlikdan o'lishdi, ildiz, o't yeyishdi, kannibalizm holatlari kuzatildi. Qishloq xo'jaligi, savdo, sanoat tanazzulga yuz tutdi, fan, adabiyot va san'atning rivojlanishi o'nlab-yillar davomida sekinlashdi.
  • 20-MAVZU: XIX ASRLARDA ROSSIYADAGI MAFKURAVIY YO‘NALISHLAR VA OQIMLAR: XVIII-XIX asrlarda Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va imperiya mafkurasi. Rus ma'rifatparvarlik ideologiyasi, S. Desnitskiy, Ya. Kozelskiy g'oyalari. Dehqonlar harakati va mafkuraviy o'zgarishlar. Dekabristlar ideologiyasi. Slavyanofillar va g'arbchilar mafkurasi.
  • 21-MAVZU: XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA G‘ARBIY YEVROPADA SIYOSIY MAFKURALAR RIVОJI: G'arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar taraqqiy etishi, ijtimoiy hayot demokratlashishi; Mafkuraviy sohada liberalizm mavqei; Fransuz liberalizmi; B. Konstan nazariyasi; A. Tokvil konsepsiyasi; Ingliz liberalizmi; I. Bentam utilitarizmi; J. S. Mill g'oyalari; Germaniyada liberal mafkuralar; V. fon Gumbolt konsepsiyasi; L. Shteyn doktrinasi.
  • 22-MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA G‘ARBIY YEVROPADA SIYOSIY MAFKURALAR RIVОJI: XIX asrning ikkinchi yarmida bozor munosabatlari rivoji va mafkuraviy jarayonlar. Burjua tartiblar va sotsialistik o'zgarishlar tarafdorlari o'rtasidagi g'oyaviy qarama-qarshilik, mafkuraviy kurashlar. F. Mering konsepsiyasi. Esmen liberalizmi. Neokantchilarning siyosiy qarashlari. G. Spenser siyosiy g'oyalari. F. Nitssshe ta'limotining mafkuraviy funksiyasi.
  • 23-MAVZU: MARKSİZM MAFKURASI, UNING GENEZISI, RIVОJLANISHI VA TARIХIY TAQDIRI: Marksizm vujudga kelishi va shakllanishi davrida tarixiy sharoit, mafkuraviy jarayonlar. Marksizm mafkurasining tarixiy ildizlari va nazariy manbalari. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariyasi hamda bazis va ustqurtma haqidagi ta'limot. Marksizmning g'ayriinsoniy, to'litatit mohiyati. Marksistik mafkuralar inqirozi.
  • 24-MAVZU: XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYADA G‘OYAVIY-SIYOSIY VA MAFKURAVIY KURASHLAR: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va imperiya mafkurasi. Reformatorlar, radikallar, liberallar va konservatorlar. Narodniklar mafkurasi. Marksistik g'oyalarning rus jamiyatiga kirib kelishi. "Legal marksizm". V. Solovyovning slavyanofillik va sotsializmga munosabati. N. Berdyaev personalistik sotsializmi.
  • 25-MAVZU: MUSULMON MAMLAKATLARI VA YA QIN SHARQDA SIYOSIY FIKR VA MAFKURALAR: XIX asr va XX asrlarda Sharq mamlakatlarida G'arbiy Yevropa ekspansiyasi. Turkiya, Misr, Suriya, Iroq - Yaqin Sharqda g'oyaviy-siyosiy jarayonlar. Panislomizm mafkurasi. M. K. Otaturk, J. Al-Afg'oniy, M. Abdo, M. Iqbol siyosiy g'oyalari. Sionizm ideologiyasi. "Buyuk Isroil" g'oyasi va uning amaliyoti.
  • 26-MAVZU: XITOY, XINDISTON VA YAPONIYADA SIYOSIY MAFKURALAR: XX asr boshlarida Xitoyda milliy-ozodlik mafkurasi. Gomindanchilar mafkurasi. "Madaniy inqilob" ning g'oyaviy mazmuni. "Xitoycha sotsializm" g'oyasi. Hindistonda milliy-ozodlik mafkurasi. Gandizm ideologiyasi, uning evolyutsiyasi. "Qo'shilmaslik" mafkurasi. Yapоniyada Meydzi islohоtchiligi. "Yamato ruhi", yaponizm mafkurasi. Jahon urushidan keyin Yapоniyada demokratik mafkuralar.
  • 27-MAVZU: LOTIN AMERİKASI VA AFRIKA MAMLAKATLARIDA MILLIY-O‘ZODLIK MAFKURASI. RIVОJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDAGI MAFKURAVIY JARAYONLAR: Lotin Amerikasida milliy–оzоdlik mafkurasi. Milliy islohоtchiliv va Xristian-demоkratlar mafkurasi. Lotin Amerikasining mafkuraviy manzarasi. Kubada kommunistik mafkura hukmrоnligi. Afrikada kolonializm emirilishi, mafkuraviy qutblashuv. L. Sengor "afrikacha sotsializmi", "negr-afrika shaxsi". M. Kaddafi "islomiy sotsializmi".
  • 28-MAVZU: BOLSHEVIZM, FASHIZM, NATSIОNAL-SOTSIALIZM FALSAFASI VA DINIY EKSTREMISTIK MAFKURALAR: Bolshevizmning siyosiy-ekstermistik, aksilgumanistik mazmun-mohityati. V. Lenin, I. Stalin, L. Trotskiy, N. Buharin siyosiy g‘oyalari. Bolshevizm ideologiyasining transformatsiyasi, neobolshevizm. Fashizmda millatchilik, irqchilik, urush targ‘ib qilinishi, genotsid. Natsizmning insoniyatga keltirgan kulfatlari. Diniy ekstermistik mafkuralarda tarixiy ildizlari, manbalari. Islom fundamentalizmi. Nоislomiy totalitar diniy sektalar mafkurasi.
  • 29-MAVZU: XX ASRDA SIYOSIY G‘OYALAR, NAZARIYALAR VA MAFKURALAR EVOLYUTSIYASI: XX asrdagi siyosiy mafkuralar tipologiyasi. Deideologizatsiya va reideologizatsiya haqidagi ilmiy munozaralar. Neoliberalizm asosiy g‘oyalari, yo‘nalishlari. F. Fukuyama konsepsiyasi. S. Xantingtоn “sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” haqida. Neokonservatizm, traditsional-konservatorlar va liberal konservatorlar mafkurasi. Sotsial demokratiya mafkurasi. “Yashillar” mafkurasi. “So‘llar” va “yangi so‘llar” ideologiyasi. Siyosiy mafkuralarda integratsiyalashuv va differentsiallashuv jarayonlari.