O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari

Oʻquvchilarning ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasida V2022.2.PhD/Ped3451 raqam bilan roʻyxatga olingan dissertatsiyasi avtoreferati Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida bajarilgan. Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek,rus, ingliz (rezyume)) Ilmiy kengashning veb-sahifasida (www.fdu.uz.) va «Ziyonyet»Axborot ta'lim portalida (www.ziyonet.uz) joylashtirilgan. Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori, professor. Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, Abdullayeva Shahzoda abdullayevna pedagogika fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. Dissertasiya himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2023 yil “_” kuni soat _ dagi majlisida boʻlib oʻtadi. (Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur koʻchasi, 104-uy.) Tel.: (+998) 70-712-27-55; faks: (+998) 70-712-45-41; ye-mail: cspi_kengash@umail.uz). Dissertasiya bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (_ raqami bilan roʻyxatga olingan). Manzil:111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur koʻchasi, 104-uy. Tel.: (998) 70-712-27-55; faks: (+998) 70-712-45-41 Dissertasiya avtoreferati 2023 yil _ kuni tarqatildi. (2023 yil _ dagi _ raqamli reyestr bayonnomasi). U. N. Xodjamqulov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, p.f.d (DSc), dotsent F. T.Rajabov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent V.Fayziyev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, b.f.d. (DSc), professor. KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotasiyasi) Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda pedagogika fan sohasining innovatsion taraqqiyot sari yuz burishi umumiy o'rta ta'limning tashkiliy, ta'limiy va tarbiyaviy jabhalarida tub oʻzgarishlarga sabab bo'lmoqda. Jumladan, mutaxassislarda ijtimoiy javobgarlik shakllanganlik darajasining eng muhim masalaga aylanayotganligi ta'lim oluvchilarning ijtimoiy tayyorgarligiga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Ta'lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsion yangiliklar, zamonaviy pedagogik yondashuv va paradigmalar samarasi oʻqituvchining kasbiy-pedagogik kreativligiga bevosita bogʻliq. Ta'lim mazmuni va sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xususan, Sorbonna deklarasiyasi (Sorbonne Declaration, 1998), Jahon ta'lim forumi (World Education Forum, 2000), BMTning “Ming yillik deklarasiyasi” (UN “Millennium Declaration

Asosiy mavzular

  • Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda pedagogika fan sohasining innovatsion taraqqiyot sari yuz burishi umumiy o'rta ta'limning tashkiliy, ta'limiy va tarbiyaviy jabhalarida tub oʻzgarishlarga sabab bo'lmoqda. Jumladan, mutaxassislarda ijtimoiy javobgarlik shakllanganlik darajasining eng muhim masalaga aylanayotganligi ta'lim oluvchilarning ijtimoiy tayyorgarligiga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Ta'lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsion yangiliklar, zamonaviy pedagogik yondashuv va paradigmalar samarasi oʻqituvchining kasbiy-pedagogik kreativligiga bevosita bogʻliq. Ta'lim mazmuni va sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xususan, Sorbonna deklarasiyasi (Sorbonne Declaration, 1998), Jahon ta'lim forumi (World Education Forum, 2000), BMTning “Ming yillik deklarasiyasi” (UN “Millennium Declaration", 2000) va Lissabon tan olish konvensiyalarida (Lisbon Recognition Convention, 1997) zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida maktab o'quvchilarini ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-huquqiy jihatdan kompetentli qilib tarbiyalashga katta e'tibor qaratilgan. Dunyoning bir qator ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida innovatsion yondashuvlar asosida oʻquvchilarni ma'naviy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy jihatdan savodli, mas'uliyatli va oʻz burchini sifatli darajada ado etadigan, zamonaviy dunyo uchun zarur boʻlgan muayyan koʻnikmalarni egallashga yo'naltirilgan modernizatsion didaktik tizimni takomillashtirish asosida mediasavodxonlikning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish va ta'lim amaliyotiga samarali tatbiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch ko'nikmalarini kognitiv va motivatsion jihatdan sifatli tarkib toptirishning amaliy-pedagogik jihatlarini aniqlashtirish, innovatsion ta'lim muhiti sharoitida o'quvchining oʻquv-biluv koʻnikmalarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda yangicha jamiyat barpo etish jarayoni yoshlarga e'tibor, ularning iqtidor va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ular uchun keng imkoniyatlar yaratish kabi ta'limiy-tarbiyaviy jarayonlar bilan bog'liq ravishda kechmoqda va bu maktab o'quvchilari, shu jumladan, boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy me'yorlar bilan yaqindan tanishtirish, huquq va burch tushunchalarini anglatish, ularga qat'iy amal qilish ko'nikmalarini shakllantirishni taqozo qilmoqda. Zero, "yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, ularga Konstitusiyaning muhim jihatlarini bolaligidan boshlab o'rgatish, aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish"¹ga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ijtimoiy burch hissini sifatli tarkib toptirish, shuningdek, oʻquvchilarda shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirish va umummadaniy kompetensiyalarni qaror toptirish muammoning ilmiy jamoatchilik tomonidan chuqur o'rganilishi lozimligini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”, 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmonlari, 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son “Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to'g'risida
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishi doirasida amalga oshirilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mamlakatimiz va xorijda oʻquvchilarning ijtimoiylashuv muammosi hozirgi kungacha ilmiy izlanuvchilar hamda olimlarning tadqiqotlari predmetiga aylangan. O'zbekistonda o'quvchilarda ijtimoiy me'yorlarga hurmat hissini shakllantirish, huquq va burch me'yorlarini anglashlariga ko'maklashish orqali ularning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish, oʻquvchilarning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi omillar tasnifi kabi masalalar O.Musurmonova, U.Mahkamov, O.Karimova, M.Quronov, H.Boboyev, Sh.Mardonov, A.Saidov, G'.Ahmedov, H.Q.Yo'ldoshev, R.Mahmudov; faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish va shaxsiy hayotini tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, oʻquvchilarda ijtimoiy-huquqiy me'yorlarga amal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashuv muammosining pedagogik va psixologik xususiyatlari kabi muammolar A.Zunnunov, A.Rafikov, R.Gʻ.Safarova, R.H.Jo'rayev, Sh.Tog'ayev, A.Qodirov, G.Tillayeva, J.Irisboyev, I.Qodirov, M.Abdullayeva, Z.S.Qodirova, A.J.Allambergenov, B.A.Akbarovlar tomonidan tadqiq etilgan. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlarida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining ma'naviy-axloqiy me'yorlarga o'rgatishning pedagogik xususiyatlari, ijtimoiy burch muammosining falsafiy, pedagogik va psixologik jihatlari, bola va jamiyat muammosining tipologik xususiyatlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida oʻquvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari A.I.Krupnov, V.P.Pryadin, A.I.Golubev, N.P.Dubinin, T.F.Ivanova, B.C.Ageyev, G.M.Andreyeva, G.V.Kovaleva, K.Muzdibayev, N.I.Skorbilin, A.Adler, R.Mey, V.A.Rozanovalar tomonidan turli aspektlarda oʻrganilgan. Xorijlik olimlardan Jon Kin (John Keane), Syuzan Tompson (Susan Thompson), Djeyms Merill (James Merrill), Kerolayn Uilson (Caroline Wilson), Eleanor Byord (Eleanor Bird), Richard Sayers (Richard Sayers)larning tadqiqotlarida o'quvchilarning ijtimoiy va huquqiy me'yorlarga amal qilishi, ijtimoiylashuv jarayoni, maktabda o'quvchi shaxsiy hayotini tashkil etish va boshqarish kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.
  • Dissertasiya tadqiqotining dissertasiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi: Dissertasiya Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialining “Talabalarda assertiv hulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi strategik ilmiy tadqiqotlar rejasi doirasida bajarilgan (2020-2022 yy).
  • Tadqiqotning maqsadi: Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning nazariy aspektlari, pedagogik omil va shart-sharoitlarini aniqlashtirish; ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim imkoniyatlarini takomillashtirish; boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modelini takomillashtirish; umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslarini takomillashtirish.
  • Tadqiqotning ob'yekti: boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni belgilanib, pedagogik tajriba-sinov ishlariga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 235-umumiy o'rta ta'lim, Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidagi 5- umumiy o'rta ta'lim va Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktablarining 389 nafar boshlang'ich sinf o'quvchilari jalb etilgan.
  • Tadqiqotning predmeti: boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning mazmuni, tamoyillari, samarali yoʻl, shakl, usul va vositalari tashkil qiladi.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda adekvat holatda oʻrganishni ta'minlashga qaratilgan nazariy (qiyosiy-taqqoslash, modellashtirish, tahliliy-sintetik), diagnostik (so'rovlar, test, kuzatish, suhbat), prognostik (ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik eksperiment va matematik (maʼlumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash) usullar majmuidan foydalanildi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik omil va shart-sharoitlari uning tartibga solish, yo'naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini ta'lim mazmuniga kuchaytirish (adaptiv), kengaytirish (qisman modellashtiruvchi) va takomillashtirish (tizimli modellashtiruvchi) xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivasion komponentlar vositasida singdirish asosida aniqlashtirilgan; ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning ta'lim imkoniyatlari ijtimoiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui, usul va vositalarni ijtimoiy axloqni kuchaytirishga qaratilgan metod va usullarga shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari vositasida integrasiyalash asosida takomillashtirilgan; ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli ijtimoiy ko'nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalarga motivasion (pragmatik omil), empirik (kognitiv omil) va faoliyatli (deterministik omillar) komponentlar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan; umumiy o'rta ta'lim maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslari ijtimoiy ong va ijtimoiy axloqni ijtimoiy faoliyat ko'nikmasiga aylantirishda pedagogikaning kognitiv, madaniy va kompetentlik paradigmalariga deterministik omil sifatida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga doir diagnostik vositalar majmui ishlab chiqilgan; o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning refleksiv texnika va usullari majmui ishlab chiqilgan; "O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini tarbiyalash" nomli metodik qoʻllanma nashr qilingan; o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslari takomillashtirilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: muammoni oʻrganishda falsafiy, metodologik, metodik, pedagogik va psixologik yondashuvlarga hamda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish boʻyicha olib borilgan respublikamiz va chet ellik olimlarning tadqiqot ishi natijalariga asoslanganligi; tadqiqot maqsadi va vazifalariga mos keluvchi, oʻzaro bir-birini to'ldiruvchi tadqiqot metodlarining qoʻllanilganligi; tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor va sifat jihatidan ta'minlanganligi; tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi; xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati innovatsion ta'lim sharoitida o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga doir ma'lumotlarning talqiniga oid zamonaviy mulohazalar ko'lamining kengaytirilganligi, pedagogika fan sohasining yangi xulosalar bilan boyitilganligi, ya'ni o'quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonining umumiy refleksiv ko'nikmalar bilan oʻzaro uyg'unligi dinamikasining aniqlanganligi, uning qirralari ifodalanganligi va talqin qilinganligi, oʻquvchilarni ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda refleksiv yondashuv modernizatsion vositasi ekanligi emperik asoslanganligi, umumta'lim maktablarida ijtimoiy burch hissini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni amaliy yondashuvga asoslangan holda tashkil etishga bog'liqligi nazariy materiallar asosida boyitilganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli takomillashtirilganligi, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar asosida oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish yo'llarining ishlab chiqilganligi, tadqiqot natijalaridan umumiy o'rta ta'lim sohasi malaka talablari, o'quv dasturli, darslik va oʻquv qo'llanmalarini yaratish, auditoriyadan tashqari tadbirlarni loyihalash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: ijtimoiy burchning tartibga solish, yo'naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini kuchaytirish, kengaytirish va takomillashtirish xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivatsion komponentlar vositasida singdirish asosida aniqlashtirilgan ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik omil va shart-sharoitlari, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga doir ishlab chiqilgan diagnostik vositalar majmui boʻyicha taklif va tavsiyalar umumiy oʻrta ta'lim maktablari boshlag'ich sinflari uchun nashr etilgan “Внеклассная работа в начальной школе” nomli oʻquv qo'llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302- sonli buyrug'i bilan berilgan №302-0887-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlag'ich sinflarining metodik ta'minoti boyitilgan; ijtimoiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui, usul va vositalarni ijtimoiy axloqni kuchaytirishga qaratilgan metod va usullarga shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari vositasida integrasiyalash asosida takomillashtirilgan ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda ta'lim imkoniyatlari, oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning refleksiv texnika va usullari majmui borasidagi taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan bajarilgan Al-XT-0-92997 raqamli "Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg'unligi asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari" mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2023-yil 15-avgustdagi №433-son ma'lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish orqali ularni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg'unligi asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning didaktik ta'minoti takomillashtirilgan; ijtimoiy ko'nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalarga pragmatik, emperik va deterministik omillar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli, ijtimoiy ong va ijtimoiy axloqni ijtimoiy faoliyat ko'nikmasiga aylantirishda pedagogikaning kognitiv, madaniy va kompetentlik paradigmalariga deterministik omil sifatida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslari boʻyicha ilmiy xulosa va metodik tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog'iston filiali tomonidan bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli "Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2023-yil 15-avgustdagi №433-son ma'lumotnomasi). Natijada, oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish ota-ona, maktab va mahalla hamkorligi mexanizmlari takomillashtirilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 12 ta ilmiy ish, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta DGU, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa 113 bet matn, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning oʻrganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'yekti, predmeti va tadqiqot usullari aniqlangan, respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalarining ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanadi va unda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish pedagogik-psixologik muammo sifatidagi tavsifi, ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari nazariy aspektda va tushunchaning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati amaliy aspektda tahlil qilingan. Jamiyatning demokratlashuvi va insonparvarlashuvi jarayonida shaxsning undagi burchlarini anglash muhim vazifaga aylandi. Bu, oʻz navbatida, kadrlar tayyorlash va ularning ijtimoiy talablarga muvofiqligi bilan bog'liq muammo sanaladi. Kasbiy yetuk mutaxassislarni yetishtirish va ularni pedagogik faoliyatga yo'naltirishning eng maqbul usullarini ishlab chiqish ta'lim tizimida muntazam shug'ullaniladigan muammolardan hisoblanadi.
  • “Ijtimoiy burch" tushunchasini pedagogik aspektda tahlil etish: “Ijtimoiy burch" tushunchasini pedagogik aspektda tahlil etish, dastavval, uning lingvistik ma'nosini ifodalashni talab etadi. “Burch – ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa, majburiyat. Vatanparvarlik burchi. Xizmat burchi..."2. Bundan ayon boʻladiki, burch so'zi “majburiyat” so'zi bilan sinonim sanaladi. O'z navbatida, majburiyat so'zi ham lug'atlarda arabchadan olingan boʻlib, uning ma'nolaridan biri "burch" ekanligini guvohi bo'lamiz: “Majburiyat – [arabcha. - majburlik; noilojlik; burch] 1. G'ayriixtiyoriy vazifa, burch yoki biror majburiy ish, holat, ehtiyoj. Toshkent jo'nash uchun oʻzida majburiyat his etar.. boshqa chora yo'q edi. A.Qodiriy, Oʻtgan kunlar. 2. Mehnat ahllarining biror ishni bajarish uchun bergan qat'iy va'dasi. Zveno boʻyicha majburiyat har gektaridan oʻn bir sentner edi, hozir o'n to'rt berdik. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari..."³. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda biz oʻz dissertatsiyamizda oʻrni bilan ushbu tushunchalarni sinonim sifatida qo'llashni toʻgʻri, deb hisoblaymiz. Boshqa tillar kabi oʻzbek tilida ham mazkur tushunchalar “mas'uliyat” soʻzi bilan mazmunan bog'liqdir. Chunki oʻz burchini bilgan kishi, albatta, mas'uliyatli shaxs sanaladi. "Mas'uliyat - [arabcha. javobgarlik, hisob berishlik] biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun boʻlgan javobgarlik. Xalq nomzodlari oʻzlarining intizomliligi, yuksak mas'uliyat hissi bilan ajralib turadi. Gazetadan". Demak, “mas'uliyat”, o'z navbatida, burch va majburiyat soʻzlaridan mazmunan farq qiladi. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”sida “burch" tushunchasi ma'nosi yanada kengroq yoritilganligining guvohi boʻlamiz: “Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda ob'yektiv munosabatlar ifodalanadi, ya'ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning oʻziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch iymon-e'tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog'liq..."5. "Ijtimoiy burch", "Ijtimoiy mas'uliyat" va uni oʻquvchi-talabalarda tarkib toptirish masalalari qator xorijiy tadqiqotchilarning izlanishlarida tadqiqot mavzusi boʻlganligini sohaga oid xorijiy manbalar tahlilidan ko'rishimiz mumkin boʻladi. Jumladan, R. Kosolapoyev, A.Plaxotniy, K.Muzdibayev, T.Sidorovalar oʻz tadqiqotlarini yoritishda "ijtimoiy javobgarlik/mas'uliyat (sotsialnaya otvetstvennost)" terminidan ko'proq foydalanishgan boʻlsa, “shaxsiy javobgarlik/mas'uliyat (lichnaya otvetstvennost)” terminini S.Rubinshteyn, K.Abulxanova-Slavskaya va L.Dementiylar ishlatishni koʻproq odat qilishgan
  • Ushbu tadqiqotlarni o'rganish shuni koʻrsatadiki: Ushbu tadqiqotlarni o'rganish shuni koʻrsatadiki, “ijtimoiy javobgarlik” termini insonning jamiyat normalari va qoidalarini bajarishi zarurligini, “shaxsiy javobgarlik" tushunchasi esa shaxsning jamiyat talablari va shaxsning ehtiyojlari, imkoniyatlarini oʻzaro bog'lash va o'z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini ifodalaydi. O'quvchida qaror topadigan ijtimoiy burch natijasida yuzaga keladigan va bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar zanjiri, ya'ni bilim olish, unga amal qilish va uni oʻzidan keyingi avlodlarga o'rgatish masalasida ulug' alloma Abu Homid Muhammad al-Gʻazzoliy shunday deydi: “Kim ilm olsa, unga amal qilsa va boshqalarga oʻrgatsa, u kishi osmonlarda ulug' inson deb chaqiriladi. U odam quyosh kabidirki, boshqalar uchun ziyo tarqatadi va oʻzi ham ziyolidir yoki mushki anbar kabidirki, boshqalarni xushbo'y qiladi va oʻzi ham xushbo'ydir". Bu borada o'qituvchi va oʻquvchi o'rtasidagi oʻzaro toʻgʻri munosabatni shakllantirish, o'qituvchi va o'quvchining mas'uliyat va burchini aniqlashtirib olish masalasida mahalliy tadqiqotchilardan Sh.Togʻayev ham oʻz munosabatini bildirgan. Tadqiqotchi ta'lim jarayonida samaradorlikni ta'minlovchi eng muhim omil o'qituvchi bilan o'quvchi-talaba oʻrtasidagi toʻgʻri yoʻlga qo'yilgan hamkorlik munosabatlari va albatta oʻquvchi-talabadagi ta'lim olishga, bilim oʻrganish va oʻzlashtirishga boʻlgan xohish-istak, rag'bat va talab-intilishning mavjudligi ekanligini qayd etadi. Darhaqiqat, o'quvchida ijtimoiy burchning shakllanishida oʻqituvchi bilan teng ravishda jamiyat, ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy muhit va taraqqiyotning inson shaxsiga qo'yayotgan talablari muhim ahamiyatga ega. Burchning xususiyatlari yoritilgan asarlar tahlilidan shu narsa aniq boʻladiki, burchning axloqiy tomonlariga oid xilma-xil qarashlar mavjud. Jumladan, qator tadqiqotlarda “burch
  • Burchning tarkibiy tuzilishi: Burchning tarkibiy tuzilishi bayon etilgan ko'p sonli tadqiqot ishlarida uning tashqi va ichki shakli haqida fikrlar bildirilgan. Xususan, mahalliy tadqiqotchilardan I.Qodirov ijtimoiy burchning tashqi tuzilishi – javobgarlik sub'yekti (kim javobgar), ob'yekt (u nimaga javobgar), “hokimiyat/hukumat" (u kimga javobgar) kabi uch element yordamida ifodalanadi¹º. Bundan ma'lum bo'ladiki, burch munosabatlaridagi mas'uliyat sub'yekt (o'qituvchi) hamda muayyan instansiya (jamiyat) oʻrtasida amalga oshiriladi, bunda sub'yekt faoliyatining turi va natijalari ushbu munosabatlarni belgilaydigan javobgarlik ob'yekti sifatida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi oʻz pedagogik faoliyati bosh maqsadining yuqori natijasi sifatida oʻquvchi shaxsining shakllanishiga erishish zarurligini inobatga olsak, burchda asosiy narsa javobgarlik sub'yekti va ob'yekti oʻrtasidagi munosabatlar, uning shart-sharoitlari va dinamikasi ekanligini ayon boʻlishi A.Shokirov tomonidan qayd etilgan¹¹.
  • Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib aytishimiz mumkinki: Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib aytishimiz mumkinki, bizning nazdimizda, mas'uliyat sub'yekti va instansiya oʻrtasidagi munosabatlarning dialektik tabiati ham bir xil darajada muhim sanalib, u sub'yektning instansiya oldidagi bevosita javobgarligida ham, sub'yektga teskari javobgarligida ham namoyon boʻladi. Ayrim psixologik manbalarda ta'lim-tarbiya bilan o'quvchining ruhiy salomatligi, ruhiy rivojlanishi o'rtasida uzviy bog'liqlik borligi ta'kidlanadi. 12 Bu bogʻliqlik xorijlik va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan chuqur oʻrganilgan. Jumladan, taniqli psixologik olim L.S.Vigotskiy shunday ta'kidni ilgari suradi: "Ta'lim-tarbiya bolaning psixik taraqqiyotidan har doim bir qadam oldinda borib, bu taraqqiyotga zamin hozirlaydi. Bolaning psixik taraqqiyotini, ya'ni bilish jarayonlarining rivojlanishini hamda shaxsiy fazilatlarining tarkib topishini tezlashtiradi. Ta'lim-tarbiya ishlarini yo'lga qo'yishda oʻquvchining psixik taraqqiyoti bilan ta'lim-tarbiya oʻrtasidagi ana shu bogʻliqlikni doimo nazarda tutish kerak13. O'z burchini to'g'ri tushunadigan, oʻziga talabchan, ishi, bilimi va kuch-quvvatiga ishonadigan, oʻz qadr-qimmatini saqlay oladigan barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish yo'llarini izlab topish va taqdim qilish hozirgi kun pedagogikasining eng dolzarb vazifalaridan biridir va ushbu vazifani bajarish o'qituvchidan o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga yo'naltirilgan maqsadga muvofiq faoliyatni (metod, shakl, mazmun va vositalar) talab qiladi.
  • Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning amaliy-didaktik tizimi": Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning amaliy-didaktik tizimi" deb nomlanadi va unda ijtimoiy burchni tarkib toptirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim imkoniyatlari tahlil qilingan, oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan va maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini shakllantirish texnologiyasi takomillashtirilgan.
  • Bizning ta'lim tizimimizda innovatsion yondashuv sifatida qaralayotgan shaxsga yo'naltirilgan va individual ta'lim: Bizning ta'lim tizimimizda innovatsion yondashuv sifatida qaralayotgan shaxsga yo'naltirilgan va individual ta'lim rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limida
  • Maktab o'quvchilarining ijtimoiy burchini shakllantirish oʻziga xos xususiyatlariga egaligidan kelib chiqqan holda uning modelini ishlab chiqish ishimizdan kutilayotgan vazifalardan biri sanaladi: Maktab o'quvchilarining ijtimoiy burchini shakllantirish oʻziga xos xususiyatlariga egaligidan kelib chiqqan holda uning modelini ishlab chiqish ishimizdan kutilayotgan vazifalardan biri sanaladi. U tuzilish jihatdan to'rt tarkibiy qismdan: maqsadli (strategik), mazmunli (konseptual), pedagogik jarayon (protsessual) va yakuniy (natijaviy) komponentlaridan iborat (3-rasm).
  • Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirishning pedagogik zarurati: Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirishning pedagogik zarurati
  • Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish vazifalari: Oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish vazifalari
  • Maqsad: maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirish: Maqsad: maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirish
  • Oʻquvchilarda ijtimoiy burch koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui, usul va vositalari: Oʻquvchilarda ijtimoiy burch koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui, usul va vositalari
  • Baholash mezonlari: quyi, oʻrta va yuqori: Baholash mezonlari: quyi, oʻrta va yuqori
  • NATIJA: IJTIMOIY BURCH HISSI SHAKLLANGAN OʻQUVCHI SHAXSI: NATIJA: IJTIMOIY BURCH HISSI SHAKLLANGAN OʻQUVCHI SHAXSI
  • 3-rasm. Oʻquvchilarda ijtimoiy burchni qaror toptirishning pedagogik modeli: 3-rasm. Oʻquvchilarda ijtimoiy burchni qaror toptirishning pedagogik modeli Dissertasiyada o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli tavsifi keltirilgan. Maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishda V.V.Guzeyev, V.V.Pikan, N.Ye. Shurkova¹6 izlanishlaridan unumli foydalanilgan boʻlsa-da, u muallifning ma'lum uslubiy, falsafiy nuqtayi nazariga asoslanadi, shuningdek, unda pedagogik harakatlar, jarayonlar ketma-ketligi, hamkorlikdagi aloqalarning texnologik zanjiri aniq kutilgan natija shakliga ega bo'lgan maqsadli qarashlarga muvofiq qat'iy ravishda ishlab chiqilgan hamda individuallashtirish va differensiallashtirish, insoniy va texnik imkoniyatlarni eng maqbul darajada amalga oshirishni, oʻquvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'qituvchi hamkorligini ta'minlashni maqsad qiladi. Bulardan tashqari, pedagogik texnologiya elementlari nafaqat har qanday o'quvchi tomonidan takrorlanadi, balki barcha oʻquvchilar tomonidan rejalashtirilgan natijalarga erishish imkoniyati kafolatlanadi hamda uning tarkibiy qismi mezonlar, koʻrsatkichlar va vositalarini oʻz ichiga olgan diagnostik jarayonlardir (2-jadval). Dissertasiyaning uchunchi bobi “O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish boʻyicha tajriba-sinov ishlari va uning tahlili” deb nomlanadi va ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni tavsiflangan hamda pedagogik tajriba-sinov ishlarining matematik-statistik tahlili keltirilgan.
  • 2-jadval Maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini shakllantirish texnologiyasi (tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmasi misolida): 2-jadval Maktab oʻquvchilarida ijtimoiy burch hissini shakllantirish texnologiyasi (tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmasi misolida) Bosqichlar (algoritmning umumiy bosqichlari) Dastlabki (konstruktiv va mazmunli) diagnostika Analitik-diagnostik bosqich "Tarbiyaviy soat” yoki darsdan tashqari tashkil etiladigan mashg'ulotlarda yuqori sinf o'quvchilariga “ona yer, ona tabiatning asosiy xossalari va xilma-xilligi”, “Tabiatning kimyoviy tarkibi”, “Yerda hayotning paydo bo'lishi haqidagi zamonaviy g'oyalar», «Evolyutsion ta'limot. Organik olamning rivojlanishi», «Biosfera va odam», «Organizm va atrof-muhit munosabatlari» kabi mavzularni ijtimoiy-ekologik jihatini “Men tabiatni asrayman" nomli maxsus kurs tashkil etgan holda yoritib berish. Maxsus kurs materiallari bilan o'quvchilarni tanishtirish. Yuqoridagi mavzularni dastur bilan bog'lash. Maxsus kursni o'rganishi kerak bo'lgan talabalarning shaxsiy xislatlari bilan tanishish, ular va maxsus kurs mazmuni o'rtasidagi muvofiqlik darajasini belgilash. Ushbu o'quvchilar uchun mazkur maxsus kursni olib borish imkoniyati (yoki buning aksi emasligi) to'g'risida dastlabki xulosani chiqarish. Integratsion - maqsadli “Men tabiatni asrayman” nomli maxsus kurs doirasida o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish boʻyicha qaror qabul qilish. Loyihaviy- mazmunli Mavzular mazmuni bilan tanishtirish. Mavjud ma'lumotlar miqdorini aniqlash. Beriladigan ma'lumotlar miqdorini aniqlash. Bajariladigan ishlar va harakatlar hajmini aniqlash. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha tematik rejani tuzish. Analitik-diagnostika bosqich Maktab sinf xonasida (mashg'ulot olib boriladigan) mavjud o'quv qurollari bilan tanishish. O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish uchun zarur bo'lgan vositalarni ajratish. Atrofdagi hudud sharoitlari bilan tanishish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qobiliyatini shakllantirish uchun zarur bo'lgan tabiiy va antropogen ob'ektlarni tanlash. Maktab o'quvchilarini ijtimoy burch hissini shakllantirishga psixologik tayyorlash, o'quv faoliyatiga motivatsiya berish. Integratsion - maqsadli Ajratilgan o'quv jihozlaridan foydalanish jarayoniga aniqlik kiritish va joiz qarorlar qabul qilish. Vaqtga muvofiq foydalanilgan vositalarni taqsimlash. Ajratilgan vositalarning maqsadga muvofiqligini aniqlash. Maqsad-vazifani shakllantirish maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirishdir. Maxsus kursning har bir mavzusi, har bir o'quv jarayonini loyihalashtirish. Loyihaviy- mazmunli Har bir o'quv qurolining mazmuni va uning hozirgi vaqtda o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liqligi bilan tanishish. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish uchun optimal vositalar to'plamini aniqlash. Analitik-diagnostika bosqich Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish yo'llarini aniqlash. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish jarayonini tashkil etish usullari va shakllarining optimal kombinatsiyasini aniqlash, uning borishini nazorat qilish. Hozirgi ta'lim darajasini aniqlash uchun o'quvchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazish. So'rovnoma natijalariga ko'ra o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rnatish usullarini aniqlash. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish jarayonida maktab o'quvchilarining mustaqil ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish jarayonini nazorat qilish va o'quvchilarning o'z-o'zini nazorat qilish usullari, vositalari va shakllarini aniqlash. Integratsiya - maqsad Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish jarayonining boshida, uning borishi davomida o'quvchilar oldida turgan maqsad va vazifalarni belgilash. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qobiliyatini shakllantirish jarayoniga qo'yiladigan talablar bilan tanishtirish. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchning shakllanganlik darajasini baholash me'yorlari bilan tanishtirish. Loyihaviy- mazmunli Tematik reja, dasturga muvofiq dars ishlanmalarini tuzish. Dars rejasiga muvofiq o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligini tashkil etish. Vositalar, usul va metodlarning optimal kombinatsiyasi yordamida maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllantirish jarayonining samaradorligini ta'minlash. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qobiliyatini shakllantirish jarayonida o'quvchilarning faolligini rag'batlantirish. Maktab o'quvchilarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish misolida ijtimoiy burchni shakllanish jarayonini kuzatish, nazorat qilish va tuzatish. O'quvchilarning faoliyatini nazorat qilish va o'z-o'zini nazorat qilish jarayonini ta'minlash. Har bir darsda hamkorlikdagi faoliyat natijalarini baholash.
  • Tajriba boshida va yakunida oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini tarkib toptirishning pedagogik asoslarini yaratish natijasida oʻquvchilarning samaradorlik darajasi koʻrsatkichlari: Tajriba boshida va yakunida oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini tarkib toptirishning pedagogik asoslarini yaratish natijasida oʻquvchilarning samaradorlik darajasi koʻrsatkichlari
  • 4-rasm. Tajriba boshida: 4-rasm. Tajriba boshida
  • 5-rasm. Tajriba yakunida: 5-rasm. Tajriba yakunida
  • Olingan natijalarga asoslangan holda matematik statistik tahlil qilinib: Olingan natijalarga asoslangan holda matematik statistik tahlil qilinib, tajriba yakunidagi holat uchun topilgan natijalardan oʻrtacha kvadratik chetlanish, tanlanma dispersiya, variasiya koʻrsatkichlari, Styudentning tanlanma mezoni, Styudent Fisher mezoni asosida erkinlik darajasi va ishonchli chetlanishlari topildi. Bular quyidagi jadvalda aks etgan: X Y D, D, Tm Tn Sn Sn Am An 3,78 3,81 0,5 0,66 0,7 0,81 0,17 0,22 0,06 0,08 Tajriba boshida samaradorlikka erishilmagan Olingan natijalardan ma'lumki, tajriba sinfidagi oʻrtacha oʻzlashtirish nazorat sinfidagiga nisbatan 11,8% ga oshganligini anglatadi. Yuqoridagi natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat koʻrsatkichlarini hisoblaymiz. Bizga ma'lum X=4,12; Y=3,72; Am = 0,06; Δ₁ = 0,08; ga teng. Bundan sifat koʻrsatkichlari: (X – Am) 4,12-0,06 4,06 Korsb = = 1,068 > 1 (Υ + Δη) 3,72+0,08 3,8 Kbdb = (X - Am) – (Ў – Δη) = (4,12-0,06) - (3,72 - 0,08) = 0,42 > 0 Из полученных результатов видно, что критерий оценки эффективности обучения больше единицы, а критерий оценки уровня знаний больше нуля. Из этого стало известно, что успеваемость в экспериментальной группе выше успеваемости в контрольной группе.
  • XULOSA: "O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari" mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Pedagogik faoliyatning muhim vazifalaridan biri bu oʻquvchilarda ijtimoiy burch, mas'uliyat, javobgarlik hissini shakllantirish sanalib, busiz ta'lim tizimini modernizasiya qilish hamda ta'lim oluvchilarning oson va jadal ijtimoiylashuvini qaror toptirish imkonsizdir. 2. Madaniy-tarixiy makonda shaxsning mavjudligi zamonaviy me'yorlarga mos kelmaydigan turli madaniy va tarixiy me'yorlar (xulq-atvor, huquq, burch, qadriyat) bilan bog'liq turlicha talqinlarning paydo bo'lishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy burchning jamiyat taraqqiyoti bilan mazmunan va shaklan takomillashuvi (o'zgarishi) shaxs mavjud ijtimoiy me'yorlardan tashqariga chiqadigan yangi madaniy qadriyatlarning yaratuvchisi boʻlishi mumkinligi bilan izohlanadi. 3. Ijtimoiy burchning tartibga solish, yo'naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini ta'lim mazmuniga kuchaytirish (adaptiv), kengaytirish (qisman modellashtiruvchi) va takomillashtirish (tizimli modellashtiruvchi) xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivasion komponentlar vositasida singdirish ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik omil va shart-sharoitlarini aniqlash imkonini beradi. 4. His-tuyg'ularni shakllantirish funksiyasiga koʻra burchning namoyon boʻlishi mafkura va axloq bilan chambarchas bog'liqdir. Zotan, har qanday sharoit va vaziyatda oʻz majburiyatini, mas'uliyatini tushungan, oʻz kuchi va imkoniyatlarini to'la hajmda safarbar eta oladigan, o'z faoliyatiga vijdonan yondashish odatini shakllantirgan shaxsgina mas'uliyatli ijtimoiy burch pozisiyasini egallashi mumkin. 5. Ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda ishni oʻquvchilarnining individual xususiyatlarini, iroda sifatlarini oʻrganishdan boshlash maqsadga muvofiq. Bunda kuzatish, suhbat va oʻquvchi haqida mavjud hujjatlar (oʻquvchi ijtimoiy, psixologik portreti)ni oʻrganish metodlari samarali sanaladi. 6. Ijtimoiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui, usul va vositalarni ijtimoiy axloqni kuchaytirishga qaratilgan metod va usullarga shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim texnologiyalari vositasida integrasiyalash ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning ta'limiy imkoniyatlarini oshiradi. 7. Ijtimoiy ong va ijtimoiy axloqni ijtimoiy faoliyat ko'nikmasiga aylantirishda pedagogikaning kognitiv, madaniy va kompetentlik paradigmalariga ustuvorlik berish umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslarini takomillashtirish omilidir. 8. Maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirish texnologiyasi bu o'quv mashg'ulotlari va sinfdan tashqari ishlar usullari, vositalari va shakllarining eng maqbul kombinasiyasidan foydalangan holda ularning oʻzaro bogʻlangan tarkibiy qismlarini shakllantirishning maqsadga muvofiq tizimli jarayonidir.
  • Tadqiqot xulosalariga tayangan holda, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: Tadqiqot xulosalariga tayangan holda, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yillik ish rejasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga qaratilgan tadbirlar majmuini kiritish; boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch tushunchasi borasidagi bilim va ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida “O'quvchining burchi” mavzusida interaktiv burchak tashkil qilish; oʻquvchilar uchun ularda huquq va burch tushunchalari yonma-yon, bir-birini taqozo qiluvchi tushunchalar ekanligi borasidagi barqaror qarashni shakllantirishga yo'naltirilgan qiyosiy eslatma bukletlarni ishlab chiqish; oʻquvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda oila, mahalla, ta'lim muassasalari va jamoatchilik ma'sulligini oshirish choralarini koʻrish, hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish.