Umumiy va noorganik kimyo 1

Ushbu oʻquv qoʻllanma «Umumiy va noorganik kimyo 1» fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun moʻljallangan boʻlib, unda kimyoning asosiy fundamental qonunlari, moddalarning massa va energiyalarining saqlanish qonunlari, kimyoviy muvozanat, kimyoviy reaksiya tezligi, elektrolit eritmalarining konsentratsiyalari, elektrokimyoviy jarayonlar, galvanik elementlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, erish issiqligi, kislota-asoslar va tuzlarning dissotsiyalanishi kabi mavzular nazariy va amaliy jihatdan keng yoritilgan. Qoʻllanma talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirish va amaliy mashgʻulotlarni bajarishga tayyorlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Anorganik moddalarning asosiy sinflari: Unda oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar va binar birikmalar haqida umumiy ma'lumot berilgan. Oksidlarning turlari, ularning kimyoviy xossalari, asoslar va kislotalarning tasnifi va kimyoviy xossalari, tuzlar va ularning turlari, ularning hosil bo'lish usullari va reaksiyalari batafsil yoritilgan.
  • Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari: Unda moddalarning massa va energiyalarining saqlanish qonunlari, Lui Prustning tarkibning doimiylik qonuni, kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari bo'yicha hisoblashlar va Avogadro qonuni kabi mavzular nazariy va amaliy jihatdan keng yoritilgan.
  • Koʻp elektronli atomlarda elektronlarning orbitallar boʻylab taqsimlanishi: Unda atom tuzilishi, proton, neytron va elektronlarning tuzilishi, kvant sonlar, elektron konfiguratsiyasi, pog‘onalar bo’yicha elektronlarning taqsimlanishi kabi mavzular nazariy jihatdan yoritilgan.
  • Elementlarning davriy xossalarini o‘rganish: Unda davriy sistema, elementlarning davriy qonuni, elementlarning davriy xossalari (metallik, metallmaslik, qaytaruvchilik, oksidlovchilik, elektronga moyillik, ionlanish potensiali, atom radiusi) hamda ularning davriy o'zgarishlari haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish: Unda kimyoviy bog‘lanish turlari (ion, kovalent, metall, vodorodli), ularning turlari va hosil bo’lish mexanizmi, kristal panjaralar, ularning turlari va xossalari haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Termokimyoviy jarayonlarni issiqlik effektlarini aniqlash: Unda kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti, termodinamikaning I va II qonunlari, termokimyo qonunlari (Lavuazye-Laplas va Gess qonunlari), entalpiyani hisoblash usullari kabi mavzular nazariy jihatdan yoritilgan.
  • Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash: Unda kimyoviy reaksiya tezligi, unga ta'sir etuvchi omillar (konsentratsiya, harorat, katalizator, sirt yuzasi), kimyoviy muvozanat va uni siljituvchi omillar haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Kislota - asos va tuzlarning dissotsiyalanish darajasi va doimiysini aniqlash: Unda elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, kislotalar, asoslar va tuzlarning dissotsiyalanishi, ularning kuchli va kuchsizligi, dissotsiyalanish darajasi va doimiysi haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Galvanik elementlar va metallarni aktivlik qatorini o‘rganish: Unda galvanik elementlar, metallarning korroziyasi, galvanik elementlar bo’yicha masalalar ishlash, metallarning aktivlik qatori, ularning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtiroki haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini elektron balans va yarim reaksiya usulida tenglashtirish: Unda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ularning turlari, oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash, elektron balans va yarim reaksiya usulida tenglashtirish usullari haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • Elektrolitlar suyuqlanmalari va eritmalarida anod va katodda boradigan jarayonlar: Unda elektroliz qonunlari, Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlari, elektroliz jarayonida anod va katodda boradigan jarayonlar, ularning mohiyati va ahamiyati haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.