Badiiy tarjimada gender aspektining qiyosiy-tipologik tadqiqi (“O‘tkan kunlar” romani tarjimalari misolida)

Ushbu dissertatsiya tadqiqotining maqsadi badiiy tarjimada gender aspektining oʻziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik va chogʻishtirma asosida ochib berishdir. Tadqiqotda gender va tarjima yoʻnalishining asosiy masalalari, ingliz va oʻzbek tillarida tarjimada gender aspekti, tarjima transformatsiyalari, stereotip, gender identifikatsiyasining tarjimaga ta'siri kabi masalalar oʻrganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida “O'tkan kunlar

Asosiy mavzular

  • Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon tilshunosligida gender munosabatlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Mazkur masalani oʻrganish uchun turli milliy madaniyatlarni ifodalovchi tillardagi vositalarni qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarni tahlil etish lozim.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi badiiy tarjimada gender aspektining oʻziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik va chog'ishtirma asosida ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: gender va tarjima yoʻnalishining asosiy masalalarini ochib berish; ingliz va oʻzbek tillarida tarjimada gender aspektini tadqiq etish; tarjima transformatsiyalari muammosini ochib berish; tarjima va stereotip muammosini ochib berish.
  • Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida “O'tkan kunlar
  • Tadqiqot usullari: Dissertatsiyada lingvistik tavsiflash, qiyosiy-tipologik (chog'ishtirma), tarjima transformatsiyalari, tarixiy-etimologik, komponent tahlil usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ijtimoiy genderni belgilash jamiyatdagi stereotiplar, ijtimoiy-tarixiy va kontekstual omillarga bog'liq holda bir jamiyatdan, madaniyatdan, kontekstdan yoki davrdan boshqasiga oʻzgarishi sababli, tarjimonlarning tarjima qilishda murakkab muammolarga duch kelishining omili ekanligi murojatga oid soʻzlar; qarindoshlikka oid soʻzlar; tashqi koʻrinishga oid soʻzlar; subkategoriyalar; realiya; lingvokulturemalar kabi kategoriyalar orqali isbotlangan.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Badiiy tarjimada gender aspektining qiyosiy tipologik tadqiqi” (“O'tkan kunlar” romani tarjimalari misolida) mavzusini oʻrganish natijalari asosida: tarjimaning gender aspekti, gender tilshunosligi va tarjimashunoslik chorrahasida gender masalasining tarjima natijasiga ta'siri bilan bog'liq tarjima muammolarini tahlil qilish, badiiy tarjimada gender omili asar va tarjima matnining strukturaviy elementi sifatida xizmat qilishiga oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz