Navoiy viloyati chiqindi suvlari tarkibidagi Co(II) va Ni(II) ionlarini aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqish va monitoringini o`tkazish

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan. Dissertatsiya Navoiy viloyati chiqindi suvlari tarkibidagi kobalt (II) va nikel (II) ionlarini aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqish va monitoringini oʻtkazish mavzusiga bag'ishlangan. Tadqiqotda kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun amalga oshirilgan ishlar, jumladan, ilmiy yangiliklari, amaliy ahamiyati, tadqiqot usullari va natijalari bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekt va predmetlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ularning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarini joriy qilish roʻyxati, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.
  • Kobalt va nikel ionlarini aniqlash usullari va atrof-muhitga ta'siri (adabiyotlar sharhi): Birinchi bobda kobalt va nikel ionlarining atrof-muhitga tarqalish manbalari, ularning oʻsimlik, hayvon va inson organizmiga toksik ta’siri, shuningdek ularni aniqlashning fizik-kimyoviy usullari, aniqlashning sorbsion konsentrlash usullarida hamda aniqlashda qoʻllanilgan turli xil reagentlar va sorbentlar haqidagi tadqiqotlar sharhi keltirilgan.
  • Kobalt(II) va nikel(II) ionlarining sorbsion-spektroskopik aniqlashda ishlatilgan asbob-uskunalar hamda materiallar. Tajriba oʻtkazish metodikasi: Ikkinchi bobda tadqiqotda qoʻllanilgan asbob-uskunalar, jihozlar, reaktivlar, kobalt(II) va nikel(II) ionlarining standart va ishchi eritmalarini analizga tayyorlash metodikasi, shuningdek immobillash jarayonida qoʻllanilgan reagentlar haqida maʼlumotlar keltirilgan.
  • Organik reagentlarni tashuvchilarda imobillash va ular bilan kobalt(II) va nikel(II) ionlarini kompleks hosil qilishining optimal sharoitlarini tanlash: Uchinchi bobda kobalt (II) va nikel (II) ionlari uchun reagentlarning kvant-kimyoviy hisoblash natijalari, PAR tuzi va GNNABS reagentlarining PPD-1 va ipak fibroin tolalariga immobillanishining maqbul sharoitlari, shuningdek kobalt(II) va nikel(II) ionlari bilan immobillangan organik reagentlarning kompleks hosil bo`lish to`lqin uzunligi, vaqt, temperatura, reagent konsentratsiyasiga bog`liqligi kabi analitik tavsivlari aniqlangan.
  • Kobalt(II) va nikel(II) ionlarini aniqlashda spektroskopik usullarning tahlili: To'rtinchi bobda immobillash jarayonida sodir bo'lgan o`zgarishlarni, kompleks hosil bo`lish mexanizmlarini IQ spektroskopik usulda tahlil qilindi.
  • Analitik qoʻllanish hamda atrof-muhit obyektlariga ta'siri aniqlash va monitoringini oʻtkazish: Beshinchi bobda Navoiy hududi chiqindi suvlari tahlili, kobalt(II) va nikel(II) ionlarini aniqlashda xalaqit beruvchi ionlar ta`siri, shuningdek ushbu ionlarni ishlab chiqilgan usulda sun`iy aralashmalar, ta`biiy va texnogen suvlar, tuproq tarkibidan aniqlash, ionlarning o`simlikka ta`sirini o`rganish hamda atrof-muhit obyektlaridagi monitoring natijalari keltirilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiya natijalariga ko'ra kobalt(II) va nikel(II) ionlarini aniqlash uchun yangi, sezgir, ekspress sorbsion-spektroskopik usul ishlab chiqilgan. Ushbu usul tuproq, o`simliklar, tabiiy va oqova suvlarning tarkibidan aniqlashda sinab ko`rilgan va ekologik baho berilgan.