Transport vositalarining konstruksiyasi

Ushbu kitobda transport vositalarining asosiy tizimlari va mexanizmlari, ularning vazifalari, tuzilishi, ishlashi va ekspluatatsion xususiyatlari chuqur o'rganilgan. Kitobda mashinalarning konstruksiyasini rivojlanish tarixi, asosiy tizimlarning ishlash prinsipi, dvigatelning turlari, transmissiya, tormoz tizimi, yurish qismi, rul boshqarmasi, yonilg'i tejamkorligi, ekologik xususiyatlari hamda ularning boshqaruvchanligi va turg'unlik kabi muhim masalalar yoritilgan. Shuningdek, kurs ishlari va laboratoriya mashg'ulotlariga oid materiallar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 maydagi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish masallari belgilab berildi. Iqtisodiyotning ildam odimlar bilan rivojlanishida avtomobil transportining o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston avtomobilsozligini barpo etilishi tufayli ekspluatatsiyada zamonaviy avtomobillar soni keskin ko‘paymoqda. Avtomobillarni samarali ekspluatatsiya qilish yuqori malakali kadrlar tayyorlashga talabni oshiradi. Ushbu dasturda “Transport vositalari konstruktsiyasi” fanining maqsad va vazifalari mazmuni va uslubiy ko‘rsatmalar o‘z aksini topgan. Transport vositalari konstruktsiyasi fanini chuqur o‘rganish avtotransportni atrof muxitga zararli ta’siri muammolarini xal qilishda muxim rol o‘ynaydi.
  • Avtomobilning umumiy tuzilishi: Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda transport vositalarining tasnifi, tuzilishi,ishlash jarayoni hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv darajada ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini berilgan sharoitga qay darajada moslashganligini baholash usullari bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari quydagilardan iborat: -avtomobil va ixtisoslatirilgan tranport vositalarining taraqqiyot va istiqbollari, tranport va ixtisoslashtirilgan transport vositalarining taraqqiyot va istiqbollari , transport va ixtisoslashtirilgan vosit alarini turlari, qismlari, uzellari, mexanizmlari, tizimlarning o`zaro joylashuvini bilish; -mexanizm agregatlarining vazifasi, tuzilishi va ishlashini bilish; -avtomobil va ITVning texnik tavsif va o`lchamlari hamda tashqi sharoitning ekspluatatsion xususiyatlariga ta`sirini bilish; Ushbu fan ma`ruza, amaliy va laborotoriya mashgulotlari hamda kurs ishi kabi o`qitish turlaridan iborat. Fanni o`qitish jarayonida zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o`zbek avtomobillarining konstruktsiyalari va chet el avtomobillari. EHM, virtul laboratoriyalar, animatsiyali darslik va o`quv qo`llanmalardan foydalanish ko`zda tutilgan.
  • Dvigatel: Avtomobil dvigatelining tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari. Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar. Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.
  • Krivoship-shatunli mexanizm (KShM): KShM tarifi va vazifasi. KShM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi. TSilindrlar blokining kallagi, porshen, porshen xalqalari, porshen barmog’i, shatun, tirsakli val, maxovik.
  • Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM): GTM tarifi, vazifasi va tasnifi. GTM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: klapanlar: yo’naltiruvchi vtulka: turtkich: shtanga: koromislo: taqsimlash vali: taqsimlash vali yuritmasi: gidrokompensator. Gaz taqsimlash fazasining tavsifi va diagrammasi.
  • Sovitish tizimi: Sovitish tizimining tarifi, vazifasi va tasnifi. Sovutish suyuqligi. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta: termostat.
  • Moylash tizimi: Moylash tizimining tarifi vazifasi va tasnifi. Moylash usullari. Moylash tizimini konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi: Moy nasosi. Moy fil trlari. Moy osti tog’orasi (paddon). Moy radiatori. Klapanlar. Karterni shamollatish.
  • Benzinli dvigatellarning ta`minlash tizimi: Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimining tarifi vazifasi va umumiy sxemasi. Yonuvchi aralashma va uni tayyorlash. Karburator qurilmalarining sxemalari va ularning ishlash printsipi. Ta’minlash tizimining aspoblarining tuzilishi va ishlash printsipi: filtirlar: yonilg’i nasosi: kiritish va chiqarish quvirlari: yonilg’i baki: so’ndirgich. Yonilg’i purkash tizimining karbyuratorli ta’minlash tizimiga nisbatan afzalliklari. Yonilg’ini purkash tizimining sxemasi va ishlash printsipi.
  • Dizel dvigatelining ta`minlash tizimi: Dizel dvigatelining ta`minlash tizimining tarifi, vazifasi va umumiy sxemasi. Dizel dvigatelining yonilg’i uzatish tizimi konsturuktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi yonilg’i purkalishini ilgarilatish muftasi: barcha rejimda regulyator: yuqori bosim yonilg’i nasosi: forsunka: yonilg’i xaydash nasosi.
  • Transmissiya. Ilashish muftasi: Transmissiyaning ta’rifi vazifasi va tasnifi. Pog’onali mexanik transmissiya. Gidroxajmli transmissiya. Elektrik transmissiya. Gidroxajmli transmissiya. Ilashish muftasining ta’rifi, vazifasi va tasnifi. Friktsion ilashish muftasi konstruktsiyasining tuzilishi va ularni ishlash printsipi.
  • Uzatmalar va taqsimlash qutilari: Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Taqsimlash qutisining vazifasi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
  • Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial va yarim o’qlar: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Differentsialning vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Yarim o’qlarning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
  • Avtomobilning yurish qismi: Avtomobilning yurish qismlarini turlari bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini tuzilishi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini avtomobilda o’rnatilishi bilan tanishish.
  • Avtomobilning rul boshqarmasi: Avtomobilning rul boshqarmasini turlari bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini tuzilishi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini avtomobilga o’rnatilishi bilan tanishish.
  • Avtomobilning tormoz boshqarmasi: Avtomobilning tormoz boshqarmasini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshqarmasini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshqarmasini tuzilishi va avtomobilga o’rnatilishi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshharmalarini turlari bilan tanishish.
  • Tirkama va yarim tirkamaning tormoz tizimi: Tirkama va yarim tirkamaning tormoz tizimi bilan tanishish. Tirkamalarda qo’llanililadigan tormoz mexanizim turlari bilan tanishish. Pnevmatik tormoz tizimini yuritmalari.
  • Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Dvigatelning tezlik xarakteristikalari: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari xaqida umumiy ma’lumotlar. Avtomobilkonstruktsiyasi va ekspluatatsion xususiyatlar bog’liqligi. Dvigatel tezlik xarakteristikalarining turlari, grafiklari va xarakat nuqtalari.
  • Tortish tezlik xususiyati. Avtomobilning tortish xarakteristikasi. Xarkatlanishga qarshilik kushlari: G’ildirakka olib kelingan quvat va burovchi moment. Transmissiyaning FIK. Avtomobilning tortish xarakteristikasi. G’ildirak radiyuslari. G’ildirakning g’ildirashga qarshilik kuchi. Balandlikka xarakatlanishga qarshilik kuchi. Yo’lning qarshilik kuchi. Havoning qarshilik kuchi. Inertsiya kuchi. G’ildirak va yo’l orasidagi ilashish kuchi. Yo’ldan g’ildirakka ta’sir qiluvchi normal reaktsiyalar.
  • Avtomobilning xarakatlanish tenglamasi. Tenglamani yechish usullari. Avtomobilning tezlanishi: Xarakatlanish davrida avtomobilga ta’sir qiluvchi kuchlar. Avtomobilning xarakatlanish tenglamasini keltirib chiqarish. Avtomobilning kuchi quvat balansi va ularning taxlili. Avtomobilning dinamik faktori va xarakteristikasi. Avtomobilning tezlanishi va uning ko’rsatkichlari.
  • Avtomobilning tormozlanish xususiyati: Avtomobilning tormozlanish xususiyatining o’lchagichlari. Tormozlanish jarayoni. Avtomobilning tormozlanish dinamikasi. Sekinlanish, tormozlanish vaqti va yo’li.
  • Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati: Yonilg’i tejamkorligining o’lchagichlari va ko’rsatkichlari. Yonilg’i sarfi tenglamasi. Yonilg’i sarfini meyorlash.
  • Avtomobilning boshqariluvchanligi va turg’unlik xususiyati: Boshqariluvchanlik xususiyatlarini o’lchagichlari. Boshqariluvchanlik bo’yicha kritik tezlik. G’ildirakni yonaki surilishi va avtomobilni buriluvchanligi. Avtomobilning yonaki surilishi bo’yicha kritik tezlik. Boshqariluvchi g’ildiraklarni tebranishi. Turg’unlik xususiyatini o’lchagichlari. Avtomobilni bo’ylama tekislikdagi turg’unligi. Avtomobilni ko’ndalang tekislikdagi turg’unligi.
  • Avtomobilning o’tag’onlik xususiyati: Avtomobilni o’tag’onligi xaqida tushuncha. O’tag’onlik turlari. Profil o’tag’onlik o’lchagichlari. Tayanch o’tag’onlik o’lchagichlari. O’tag’onlikni umumlashgan ko’rsatkichlari.
  • Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati: Yurish ravonligi o’lchagichlari. Avtomobilning tebranishi. Erkin va majburiy tebranishlar. Avtomobilning titrashi. Tebranma xarakat va titrashni inson organizmiga ta’siri.
  • Avtomobilning ekologik xususiyatlari: Avtomobilning ekologik xususiyatlari ta’rifi, atrof muxitga ta’siri. Avtomobilning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish tadbirlari. Alternativ yonilg’i turlarini qo’llash. Kattalik neytralizatorlar. Gibrit yuritmali avtomobillar. Elektromobillar. SHovqin va vibratsiya tarifi, salbiy oqibatlari. SHovqin darajasini kamaytirish konstruktiv tadbirlari. Eskirgan avtomobillardan foydalanish muammolari.