Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari (I-qism)

Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti O’quv uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2023 yil 07.04 dagi 322-son bayonnomasi bilan ma’qullangan va ro’yxatga olingan “Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari” fanining o’quv reja va dastur asosida tayyorlandi.Mazkur o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti O’quv uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2023 yil 07.04 dagi 322-son bayonnomasi bilan ma’qullangan va ro’yxatga olingan “Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari” fanining o’quv reja va dastur asosida tayyorlandi.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Qurilish mexanikasi faniga kirish: Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
  • 2-mavzu. Inshootlar hisoblash sxemalari va ularning turlari: Inshootlar hisoblash sxemalarini tanlash. Inshootlar klassifikatsiyasi. Inshootlarga ta’sir etuvchi yuklar va ularning klassifikatsiyasi.
  • 3-mavzu. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi: Tayanchlar va ularning turlari. Geometrik oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va oniy oʻzgaruvchan sistemalar. Sistemalarning erkinlik darajasi. Sterjenli sistemalarning geometrik oʻzgarmasligining zaruriy sharti.
  • 4-mavzu. Oddiy va konsol balkalarda zoʻriqishlarning ta’sir chiziqlari: Harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlari haqida tushuncha. Oddiy va konsol balkalarda zoʻriqishlarning ta’sir chiziqlari. Ta’sir chiziqlari yordamida zoʻriqishlarni aniqlash.
  • 5-mavzu. Koʻp oraliqli statik aniq balkalarni qoʻzgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash: Umumiy tushunchalar. Koʻp oraliqli statik aniq balkalar uchun qavatlararo sxemalarini chizish. Koʻp oraliqli balkalar uchun eguvchi moment va koʻndalang kuch epyuralarini chizish.
  • 6-mavzu. Koʻp oraliqli statik aniq balkalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash: Koʻp oraliqli balka zoʻriqishlarining ta’sir chiziqlarini chizish. Koʻp oraliqli balka zoʻriqishlarini ta’sir chiziqlari yordamida aniqlash.
  • 7-mavzu. Statik aniq tekis fermalarni qoʻzgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash: Fermalar haqida umumiy tushuncha. Fermalarning turlari. Fermalarni hisoblash usullari. Tugun ajratish, moment nuqta va proektsiyalash usullari. Ferma sterjenlaridagi zoʻriqishlarni aniqlash.
  • 8-mavzu. Statik aniq tekis fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash: Ferma sterjenlari zoʻriqishlari uchun ta’sir chiziqlarini chizish. Ta’sir chiziqlari orqali sterjenlardagi zoʻriqish kuchlarini aniqlash.
  • 9-mavzu. Shprengelli fermalarni hisoblash: Shprengelli fermalar toʻgʻrisida tushunchalar. SHprengelli ferma sterjenlarini toifalari. SHprengelli fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.
  • 10-mavzu. Uch sharnirli arkalarni qoʻzgʻalmas va harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash: Uch sharnirli sistemalar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Uch sharnirli arkalarni qoʻzgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Uch sharnirli arka zoʻriqish kuchlarining ta’sir chiziqlari.
  • 11-mavzu. Elastik sistemalardagi koʻchishlarni aniqlash: Elastik sistemalarda koʻchishlar. Qurilish mexanikasining ba’zi asosiy teoremalari. Koʻchishlarni aniqlash formulalari.
  • 12-mavzu. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari: Statik noaniq sistemalar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Statik noaniq sistemalarning xususiyatlari. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Statik noaniqlik darajasi.
  • 13-mavzu. Statik noaniq ramalarni kuchlar usulida hisoblash: Kuchlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Kuchlar usulining asosiy sistemasi. Kuchlar usulining kanonik tenglamalari. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsientlari va ozod hadlarini aniqlash.
  • 14-mavzu. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsientlari va ozod hadlarini tekshirish: Natijaviy eguvchi moment, koʻndalang va boʻylama kuchlarni aniqlash.
  • 15-mavzu. Simmetrik ramalarni kuchlar usulida hisoblash: Umumiy tushunchalar. Statik noaniq simmetrik ramalarni simmetrikligidan foydalanish. Simmetrik rama noma’lumlarini guruhlash usuli. Simmetrik ramaga quyilgan tashqi yuklarni simmetrik va nosimmetrik yuklarga ajratish usuli.
  • 16-mavzu. Statik noaniq arkalarni hisoblash: Umumiy tushunchalar. Ikki sharnirli arkalarni kuchlar usulida hisoblash. Sharnirsiz arkalarni kuchlar usulida hisoblash.
  • 17-mavzu. Statik noaniq fermalarni hisoblash: Statik noaniq fermalar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Statik noaniq fermalarni hisoblash usullari.
  • 18-mavzu. Uzluksiz balkalarni hisoblash: Uzluksiz balkalar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Uzluksiz balkalar hisobiga kuchlar usulining tadbigʻi. Asosiy sistemani tanlash. Uch moment tenglamasi. Uzluksiz balkalardagi eguvchi moment, koʻndalang kuch va tayanch reaktsiyalarini aniqlash.
  • 19-mavzu. Uzluksiz balkalarni hisoblashning moment fokuslar usuli: Uzluksiz balkalarni hisoblashning moment fokuslar usuli hakida tushuncha. Chap va oʻng fokuslar nisbatlarini aniqlash. Uzluksiz balka yuklangan oraligʻining tayanch momentlarini aniqlash. Fokus nisbatlaridan foydalanib tayanch momentlarini aniqlash.
  • 20-mavzu. Statik noaniq ramalarni koʻchishlar usulida hisoblash: Koʻchishlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Kinematik noaniqlik darajasi. Koʻchishlar usulining asosiy sistemasi. Koʻchishlar usulining kanonik tenglamalari.
  • 21-mavzu. Koʻchishlar usulining kanonik tenglamasi: Koʻchishlar usulining kanonik tenglama koeffitsientlarini va ozod hadlarini aniqlash. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsientlari va ozod hadlarini tekshirish.
  • 22-mavzu. Natijaviy eguvchi moment epyuralarini chizish va tekshirish: Natijaviy eguvchi moment epyurasini chizish va tekshirish. Koʻndalang va boʻylama kuchlar epyuralarini chizish.