A Cognitive Study of Metaphors in English and Chinese Literary Texts

Ushbu dissertatsiya mavzusi dolzarbligi va zarurati Jahon tilshunosligida metaforalar eng faol oʻrganilayotgan lingvistik birlik hisoblanadi. Zero, metafora nafaqat lingvistik hodisa, balki undan ham muhimroq xususiyatga ega boʻlib, kognitiv tilshunoslikdagi kognitiv jarayonlar, empirik bilim va til kompetensiyasini oʻzida mujassam etgan kognitiv vosita hisoblanadi. Metafora shoir yoki yozuvchilarning oʻz his-tuygʻulari va kechinmalarini badiiy matnlarda ifodalash uchun kuchli lingvistik vosita boʻlib, metaforalar aniq va ommabop boʻlgan konseptlar orqali biror boshqa mavhum tushunchalarni kontseptuallashtirish va anglash imkonini beradi. Metafora – bu kognitiv mexanizm boʻlib, unda kognitiv subyekt bir sohadagi obyektnning xususiyatlari yoki belgilarini idrok qilish orqali boshqa sohaga moslashtiradi va shu bilan o'sha sohaga ma'lum tegishli xususiyatlarni tatbiq qilish va xaritalash jarayonida metaforik ma'nolarni yaratish imkonini beradi. Shunga koʻra, metaforalar har xil madaniyat va tillarda keng tarqalgan boʻlib, konseptual metafora nazariyasiga asoslangan turli madaniyat va tillarda mavjud boʻlgan metaforik ifodalarga soʻnggi yillarda katta e'tibor qaratilmoqda. Dunyo ilm-fanida kontseptual metafora boʻyicha tegishli tadqiqotlar san'at, musiqa, adabiyot, falsafa va kognitiv nuqtai nazardan olib borilgan. Turli tillarda kontseptual metafora nazariyasiga asoslanib, bir xil maqsadni qanday kontseptuallashtirishni o'rganish uchun ba'zi madaniyatlararo tadqiqotlar ham oʻtkazildi. Biroq, bu tadqiqotlarda kontseptual metaforalarning ishlash mexanizmi kognitiv nuqtai nazardan oʻrganilmagan. Oʻzbekistonda badiiy matnlardagi kontseptual metaforalarni madaniyatlararo nuqtai nazardan oʻrganishga yetarlicha e'tibor berilmagan. Xususan, ushbu tadqiqotlarda kontseptual metaforalarni kontseptual integratsiya nazariyasiga asoslangan holda ikki bir-biriga bog'liq boʻlmagan til - ingliz va xitoy tillarining madaniyatlararo farqi nuqtai nazaridan oʻrganilmadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi 4947-son "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida", 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida", 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonlari, 2017-yil 20- apreldagi 2909-son “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishida innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari" ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Metaforalar lingvistik birlik va kognitiv vosita sifatida oʻrganiladi. Metafora shoir va yozuvchilarning his-tuygʻularini ifodalash uchun kuchli vosita hisoblanadi. Metafora aniq konseptlar orqali mavhum tushunchalarni anglash imkonini beradi. Metafora bu kognitiv mexanizm boʻlib, bir soha tajribasini boshqa sohaga moslashtirish orqali metaforik maʼnolarni yaratadi. Metafora har xil madaniyat va tillarda keng tarqalgan. Kontseptual metafora boʻyicha tadqiqotlar sanʼat, musiqa, adabiyot, falsafa va kognitiv nuqtai nazardan olib borilgan. Biroq, kontseptual metaforalarning ishlash mexanizmi kognitiv nuqtai nazardan oʻrganilmagan. Oʻzbekistonda kontseptual metaforalarni madaniyatlararo oʻrganishga yetarlicha e'tibor berilmagan. Xususan, ingliz va xitoy tillaridagi kontseptual metaforalar kontseptual integratsiya nazariyasiga asoslanmagan.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishida innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari" ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: V.Evans, G.Fauconnier, M.Turner, R.Gibs, J.Gradi, A.Ortoni, G.Lakof, M.Jonson, Z.Kovecses kabi olimlar kontseptual metafora va integratsiya nazariyalarini oʻrgangan. Rus tilshunosligida N.Boldriyev, O.Irisxonova, O.Kubryakova, V.Maslova, Z.Popova, S.Vorkachev metafora va konseptualizatsiya masalalarini oʻrgangan. Xitoy tilshunosligida Hu Zhuanglin, Li Yi, Shu Dingfang, Wang Yin, Xie Zhijun kabi olimlar metafora masalalarini oʻrgangan. Chen Yongmei, Gao Junjie, Mei Lilan, Wang Jingzhi va Zhu Shuhua esa konseptual integratsiya nazariyasini metaforik ifodalarni tadqiq qilish uchun asoslashgan. Oʻzbek tilshunosligida D.Ashurova, N.Yusupov, M.Galiyeva, G.Hoshimov, N.Z.Normurodova, Sh.Safarov, A.Tajibayeva, O.Yusupov kabi olimlar konseptual metafora va integratsiya nazariyalarini oʻrgangan.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqot maqsadi ingliz va xitoy badiiy matnlaridagi metaforik ifodalardan konseptual metaforalarning ishlash mexanizmini tekshirish va konseptual integratsiya nazariyasi va metaforani ingliz va xitoy tillaridagi konseptual metaforalarning oʻxshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot vazifalari quyidagilar: ingliz va xitoy tillaridagi (badiiy matnlarida)dagi kontseptual metaforalarning semantik-stilistik, kognitiv, pragmatik, madaniy oʻzaro farq va o'xshashliklari aniqlanadi. Kontekstual va madaniy omillarning kontseptual metaforalarning shakllanishi va talqiniga ta'sir qilishi aniqlanadi. Kontseptual metafora bilimning turli turlari va shakllarini ifodalashi, lingvistik va ekstralingvistik (ensiklopedik), jamoaviy va individual (subyektiv-baholovchi), ma'lum noma'lum (yangi, paydo boʻlgan), aniq - yashirin (taxmin qilingan) oʻlchovlarni oʻz ichiga olishi aniqlanadi. Kontseptual metaforalar kognitiv va lingvistik mexanizmlar, interkonseptual tuzilish va assotsiativ faollashuv tomonidan boshqariladigan izohlash salohiyati bilan ifodalanadigan lingvistik belgilar sifatida qaralishi isbotlangan. Ingliz va xitoy badiiy matnlarida metaforalarning yangi kontseptual xususiyatlarining integratsiya jarayoni kontseptual integratsiya nazariyasiga asoslangan mexanizmlarning koʻp makonli loyihalash orqali asoslangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijasi: Kontseptual metaforaning ishlash mexanizmi - bu semantik qarama-qarshilik, o'xshashlik, xaritalash va konseptual integratsiyani birlashtiradigan eksperimental kognitiv munosabat ekanligi, shuningdek, u konseptual integratsiya nazariyasidan foydalanib konseptual metaforalarni tahlil qilish uchun asosiy manbani ta'minlashi oydinlashtirilgan. Ingliz va xitoy badiiy matnlarida kontseptual metaforalarning metaforik tarzda shakllanishi va ularda yangi kontseptual ma'nolar qanday paydo boʻlishi dalillangan. Ingliz va xitoy badiiy matnlaridagi konseptual metaforalarning o'xshash jihatlari va variantlashuvi isbotlangan. Kontseptual metaforalarning variantlashuviga ta'sir qiluvchi madaniy omillar aniqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, OAK ro'yxatidagi hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarning ushbu tadqiqot materiallariga asoslanganligi, tadqiqot natijalarining respublika va xalqaro miqyosda amaliyotda joriy etilganligi, natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati qiyosiy tilshunoslikda kontseptual metafora nazariyasiga asoslangan ma'no koʻchishini tizimli tahlil qilish orqali uning paydo boʻlish va shakllanish manbasini, uning ma'lum bir maqsadni koʻrsatishda markaziy oʻrin egallashini tushunishda muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati chet tili oʻqituvchilari tildagi maʼnolarning rivojlanishi va oʻzgarishini tushuntirish aspektida ko'rib chiqilgani, yondosh va asosiy manbalar asosida dalillangani, amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Ingliz va xitoy badiiy matnlarida kontseptual metaforalarni kognitiv oʻrganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida: talabalarning madaniy kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari universal - kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni, autentik manbalarga boʻlgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini barqaror ta'minlash hamda milliy madaniyat qomusiy bilimlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52-tur-21091433 raqamli "Oʻzbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)" mavzusidagi loyihasida qoʻllanilgan. Natiajada badiiy matnlarda konseptual metaforalarni kognitiv tadqiq qilishning ilmiy-nazariy xulosalar kognitiv tilshunoslikdagi kontseptual metaforalar hamda metaforaning kognitiv va madaniy nazariyasi haqida yangi tushunchalarni anglashga imkon bergan va bu bilan bog'liq yangi faktlar ilmiy istifodaga olib kirilgan. Konseptual metafora tamoyili asosida konseptual integratsiya nazariyasi kognitiv mexanizmining munosabati yoritilganligiga doir xulosalardan 2022-yil Xitoyning Tyanshuy Normal Universitetida bajarilgan“隐喻意识与英语词汇教学 (Metaforani anglash va ingliz tilidagi lug'atni o'rgatish)" nomli tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Natijada loyiha kognitiv tendensiyalarga oid yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan. Metafora va madaniyatni oʻzaro bog'liqligi, badiiy matnlarda uyg'unlashib, milliy madaniyat talqinining muhim koʻrinishi ekanligi haqidagi faktologik manbalarga asoslangan ishonchli ma'lumotlardan Xitoyning Tyanshu Normal universitetida bajarilgan “中英文跨学科文学鉴赏教学(Xitoy va ingliz tillarida fanlararo qadrlashni o'qitish)" mavzusidagi tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Natijada loyiha ingliz va xitoy badiiy matnlaridagi kontseptual metaforalarni oʻrganish badiiy asarni anglash kursini oʻrgatish uchun foydali boʻlib, bu talabalarning adabiyotni tushunish qobiliyatini oshirish va madaniy bilimlarini rivojlantirishga oid bilimini yangi ma'lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 11 ta ilmiy, shundan, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, shundan 4 ta maqola (1 ta Scopus, 1 ta ESCI (Rivojlanayotgan manbalar iqtibos indeksi) xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiyaning hajmi 165 sahifadan iborat boʻlib, kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, muammoning oʻrganilganlik darajasi yoritilgan, tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilangan, metodlari tavsiflangan, tadqiqot obyekti, predmeti aniqlangan, ishning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi hamda hajmi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Kognitiv tilshunoslik, konseptual metafora va konseptual integratsiyaning nazariy masalalari” deb nomlanadi. Kognitiv tilshunoslik, konseptual metafora nazariyasi va konseptual integratsiya nazariyasi mazkur tadqiqotning nazariy masalalari sifatida belgilab olingan va ushbu bobda yuqorida aytib o'tilgan uchta asosiy nazariyaga alohida to'xtalib o'tilgan va ular bilan bog'liq ba'zi asosiy tushunchalar yoritib berilgan. Kognitiv tilshunoslik zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning muhim yoʻnalishi boʻlib, kognitiv fan va tilshunoslikning uyg'unligi natijasida yuzaga kelgan yangi lingvistik yo'nalishdir. Shu bilan birga, kognitiv tilshunoslik til hodisalarini tushuntirish va ma'lumotni kodlash, tartibga solish, oʻzgartirish, qayta ishlash va uzatish uchun vosita va kognitiv mexanizm hisoblangan tabiiy tilni tahlil qilishning yangi tadqiqot usuli hisoblanadi.