Qoraqalpog‘iston sharoitida Anacanthotermes avlodi termitlar tarqalishining monitoringi va ularga qarshi kurashning profilaktik chora- tadbirlari

Ushbu dissertatsiya Qoraqalpogʻiston sharoitida Anacanthotermes avlodi termitlarining tarqalishini o‘rganish va ularga qarshi kurashning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda termitlar bilan kurashishning biologik, kimyoviy va fizik-mexanik usullari tahlil qilingan hamda ularning samaradorligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasining amaliyotiga joriy etilgan.

Asosiy mavzular

  • Termitlar zarari va tarqalishining hozirgi holati: Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy mamlakatlarda, shuningdek, Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston sharoitida Anacanthotermes avlodiga mansub termitlar tarqalishining monitoringi, umumiy biologiyasi, hayotiy shakllari, zararli xususiyatlari va ularga qarshi kurashning bugungi kundagi kompleks profilaktik chora-tadbirlari boʻyicha adabiy ma'lumotlar tahlil qilingan.
  • Tadqiqot oʻtkazilgan joyning tabiiy sharoiti, materiallari va metodlari: Tadqiqot ishi davomida tajribalar oʻtkazilgan hududlarning tabiiy fizik-geografik, landshaftlik holati va ilmiy tadqiqot ishi davomida yigʻilgan tadqiqot materiallari hamda qoʻllanilgan metodlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning umumiy biologik xususiyatlari oʻrganilgan.
  • Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning antropogen-transformatsiyalangan va tabiiy hududlarda tarqalish monitoringi: Qoraqalpogʻiston sharoitida Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning tabiiy, urbanlashgan va madaniy-meros ob'ektlarida tarqalish monitoringi, dala sharoitida zararkunanda koloniyalarida uyalar hosil boʻlishi hamda zararkunundalik xususiyatlari oʻrganilgan.
  • Tabiiy sharoitda termitlar uyalaridagi tabaqalar soni, tarqalishi, ularning trofik aloqalari va tuproq muhitining quriq hamda namlilik darajasiga bog'liq holda tahlil qilindi: Tabiiy sharoitda termit uyalaridagi tabaqalar soni, tarqalishi, ularning trofik aloqalariga va tuproq muhitining quriq hamda namlilik darajasiga bog'liq holda tahlil qilindi. Bunda, Bestobe OFY agrotsenoz dalalari atrofida 1596,4±3,1; Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida 2027,4±3,5; Shibiliy ota ziyoratgohi 4203,9±4,2 termit tabaqalarining uchrashi qayd etildi.
  • Tabiiy sharoitda Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarga qarshi takomillashtirilgan kurashning profilaktik chora-tadbirlari: Bu bobda tabiiy sharoitda termitlarga qarshi biologik vosita, kimyoviy preparatlar va mahalliy xomashyolar yordamida takomillashtirilgan kurash choralari oʻrganilgan. Tajriba ishlari natijalariga koʻra, biologik vosita Beauveria tenella zamburugʻining pivo qoldigʻida 1*107 titrida o'stirilgan VD-85 shtammi, kimyoviy preparatlardan “Piralaks-Lyuks