Metallar korroziyasi va ximoyasi

Ushbu o'quv dasturi "Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi" bakalavriat ishchi o'quv rejasiga asosan tayorlangan bo'lib, metallar yeyilishi, ularni oldini olish usullari, mashinasozlikda va boshqa sohalarda qo'llanilishi, ahamiyati hamda fanning rivojlanish tendensiyasi, istiqboli kabi masalalarni qamraydi. Fanining maqsadi - talabalarda mashinasozlikda qo'llaniladigan metall materiallarida uchrovchi korroziya jarayoni va ularni ximoyalash usullari bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga metall materiallar korroziyasi, uning sabablari, turlari, undan ximoyalanish usullari hamda ulardan foydalanishni o'rgatishdan iborat. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, Tizimli yondoshuv, Faoliyatga yo'naltirilgan yondoshuv, Dialogik yondoshuv, Xamkorlikdagi ta'limni tashkil etish usullari qo'llaniladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati: Fanining maqsadi - talabalarda mashinasozlikda qo’llaniladigan metall materiallarida uchrovchi korroziya jarayoni va ularni ximoyalash usullari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga metall materiallar korroziyasi, uning sabablari, turlari, undan ximoyalanish usullari hamda ulardan foydalanishni o’rgatishdan iborat.
  • Korroziya turlari: Korroziya jarayonining klassifikatsiyasi. Korroziya jarayonining yuz berishi mexanizmlari turlicha bo‘lib, ularni kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi. Kimyoviy, elektrokimyoviy, gazli, atmosfera, yerosti, biokorroziya, kontaktli korroziya, radiatsion korroziya, kristallitlararo korroziya, g‘ovakli korrziya kabilar. Talabalardan "Korroziya va metallar ximoyasi" fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: bilimlarning bir butun tizimi bilan o'zaro bog'liklikda ushbu fanning asosiy muammolari, rivojlanish tendentsiyasi; metalla materiallarda yuz beruvchi korroziya hodisasi va undan ximoyalanish bo'yicha Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy ishlar; metallarda korroziya hodisasi va uning sabablari; metallar korroziyasi turlari, tasnifi; korroziyadan ximoyalanish usullari va ularni taxlil qilishni; mashinasozlikda, ishlab chiqarish sanoatida metal materiallar korroziyasidan samarali foydalanish bo'yicha tajriba va malakaga ega bo'lishi kerak.
  • Kimyoviy korroziya: Tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashish xisobiga metall materiallarning yemirilishi, oksidlanishi va oksidlovchilarning tiklanish jarayonlari. Kimyoviy korroziyaning termodinamik jarayoni. Kimyoviy korroziya jarayoni kinetikasi. Metallar kimyoviy korroziyalanishining ichki va tashqi omillari. Ichki va tashqi omillarning korroziyalanish tezligi va tabiatiga bog‘liqligi.
  • Gazli korroziya: Bu yuqori temperatura sharoitlarida tarkibi kam miqdordagi changdan iborat gazli muhitda metallarda yuz beruvchi kimyoviy korroziya. Atmosfera muhitidagi korroziya. Gazli korroziyadan ximoyalanish. Olovbardoshli legirlash. Issiqqa chidamli va olovbardosh po‘latlar. Po‘latlar sinfi. Sirtiy legirlash. Noorganik metalmas qoplamalar.
  • Metallarning elektrokimyoviy korroziyasi: Metalning elektrodli potensiali. Elektrolitlarda metallarning kimyoviy va elektrokimyoviy erish mexanizmlari. Korrozion galvanik elementlar. Elektrokimyoviy korroziyaning termodinamik jarayoni. Elektrokimyoviy korroziya jarayoni sxemasi.
  • Korrozion galvanik elementlar: Elektrokimyoviy korroziyaning termodinamik jarayoni. Elektrokimyoviy korroziya jarayoni sxemasi.
  • Metall materiallarni korroziyadan ximoyalash: Metallarning korroziyadan himoyalash usullari. Metall materiallarni korroziyadan himoyalash va ularning usullari. Kislotabardosh metall va qotishmalar. Kislotali eritmalarga qo‘shimchalar kiritish orqali korroziya jarayonini sekinlashtirish. Metall materiallarga kislotabardosh ximoya qoplamalari qoplash. Barqaror noorganik metallardan foydalanish.
  • Kislotali eritmalarda metall materiallarni korroziyadan ximoyalash va ularning usullari: Kislotabardosh metall va qotishmalar. Kislotali eritmalarga qo‘shimchalar kiritish orqali korroziya jarayonini sekinlashtirish. Metall materiallarga kislotabardosh ximoya qoplamalari qoplash. Barqaror noorganik metallardan foydalanish.
  • Kislotabardosh metall va qotishmalar: Kislotali eritmalarda metall materiallarni korroziyadan ximoyalash va ularning usullari. Kislotabardosh metall va qotishmalar. Metall materiallarga kislotabardosh ximoya qoplamalari qoplash. Barqaror noorganik metallardan foydalanish.
  • Metall materiallarga kislotabardosh ximoya qoplamalari qoplash: Muhit tarkibini o‘zgartirish. Kislotabardosh ximoya qoplamalari qoplash. Metallarni korroziyaga va erroziyaga qarshiligini umrboqiyligini oshirish.