Falsafa fanidan

Ushbu kitob "Falsafa" fanidan tayyorlangan bo'lib, u falsafaning asosiy mazmuni, falsafiy tafakkur tarixi, muammolari va nazariy jihatlarini o'rganadi. Kitobda falsafaning turlari, vazifalari, kategoriyalari, shuningdek, jahon falsafasi, Markaziy Osiyo falsafasi, axloq, estetika, dinshunoslik, huquqiy-demokratik davlat, korrupsiya, globallashuv va boshqa ijtimoiy fanlarning o'zaro aloqadorligi hamda zamonaviy jamiyatning global muammolari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar hamda nazorat savollari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Falsafa: Insoniyat tafakkurining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganadi. Falsafaning predmeti, vazifalari, kategoriyalari, gnoseologiya, ontologiya, axloq, estetika kabi asosiy tushunchalari, shuningdek, jahon falsafasi, Markaziy Osiyo falsafasi, axloq, estetika, din, korrupsiya, globallashuv va boshqa ijtimoiy fanlarning o‘zaro aloqadorligi hamda zamonaviy jamiyatning global muammolari haqida ma'lumot beradi.
  • Mantiq: Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan. Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo‘nalishlari. Formal mantiqning predmeti va tuzilishi, uning dialektik mantiq va matematik mantiq bilan o‘zaro munosabati. Formal mantiqning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni. Formal mantiqning hozirgi paytdagi vazifalari. Mantiq fanining pedagogik amaliyotda fikrlash madaniyatini o‘stirishdagi, shu jumladan, mustaqil, erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdagi ahamiyati.
  • Etika: Falsafiy ma’naviy-axloqiy jarayonlar bilan bog‘likligi. Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirishning estetik muammolari. Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik qadriyatlar - barqarorlikni ta’minlovchi omil. “Dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiorining global ahamiyati. Olamni estetik anglashda jamiyat axborotlashuvining roli.
  • Korrupsiya: Korrupsiya tushunchasining tasnifi. Korrupsiya va korrupsiyaviy huquqbuzarlikning mohiyati, kelib chitsishi va uning asosiy ko‘rinishlari. O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni mazmun- mohiyatini singdirish; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqish sabab va omillarini umumiyligiga ko‘ra: iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy omillarini tahlil etish orkali har bir omillarni aniqlash.
  • Dinshunoslik: Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. Dinning mohiyati va unga berilgan ta’riflar. Dinning ijtimoiy funksiyalari. Dinlar tasnifi.
  • Dinlar: buddaviylik va xristianlik: Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti, buddizmdagi yo‘nalishlar va manbalari. Xristianlikning vujudga kelishi, ta’limoti, xristianlikdagi yo‘nalishlar, xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian cherkovining tutgan o‘rni. Xristianlik manbalari.
  • Islom dini va ta'limoti: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dinining vujudga kelishi. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi. Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba. Islom ta’limoti, uning aqidalari. Islomdagi asosiy yo‘nalish va mazhablar. Kalom falsafasi. Moturidiylik va ash’ariylik. Tasavvuf ta’limoti va tariqatlari.
  • O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi: Vijdon erkinligi tushunchasi. O‘zbekistonda vijdon erkinligining qonunan kafolatlanishi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaktsion mohiyati. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Kibbermakon va din. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari.