Mediamatnda umuminsoy qadriyatlar tizimining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz va о‘zbek tili misolida)

Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti huzuridagi Ilmiy Darajalar Beruvchi Ilmiy Kengash tomonidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Ushbu dissertatsiya Yaxyayeva Navruza Xolboʻtayevna tomonidan "Mediamatnda Umuminsoniy Qadriyatlar Tizimining Lingvokulturologik Tadqiqi (Ingliz va Oʻzbek Tillari Misolida)" mavzusida bajarilgan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni amalga oshirishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari bilan belgilangan vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot oʻzbek va ingliz tilshunosligida qadriyatlar tizimini bosma mediamatn nuqtai nazaridan tadqiq etish, media tili va mediamatnning lingvistik tabiatini yoritish, umuminsoniy qadriyatlarning uslubiy xususiyatlarini aniqlash va ingliz va oʻzbek tillarida gazeta matnidagi umuminsoniy qadriyatlarni tahlil qilish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotning obyekti sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston Respublikasi gazetalarida qoʻllanilgan qadriyatlarni anglatuvchi leksik birliklar tanlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida media tiliga boʻlgan qiziqish koʻlamining kengayishi mediamatnning deyarli barcha lingvistik jihatlarini tadqiq etish borasidagi bahs-munozara, tortishuvlar tadqiqotlar nishoniga aylandi. Shu munosabat bilan mazkur dissertatsiyada media tiliga turli ta'riflar va yondashuvlar orqali mediamatnning aksiologik tadqiqi amalga oshiriladi. Zero, media tili jamiyat faoliyatida xulq-atvor va xatti-harakatlar birligini aks ettiradi hamda qadriyatlar tizimi millat mentaliteti uning vakillari nutqida til vositalari, oʻziga xos usullaridan foydalanish orqali namoyon boʻladi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab, ma'naviy taraqqiyot modelini, milliy oʻzligimiz, xalqimizning boy madaniy merosi, an'analari, urf-odatlari, udumlari va ularning negizida shakllangan oʻziga xos ruhiyatiga mos keladigan tamoyillarni islohot yoʻli bilan yarata boshladi. Xususan, ommaviy axborot vositalari (keyingi oʻrinlarda OAV) ham oʻz faoliyatini qaytadan isloh qila boshladi. OAVda kommunikativ jarayonlar va ularda ishlatiladigan til vositalarining qadriyatlar tizimi bilan bogʻliqligini tadqiq qilish lingvomadaniyatshunoslik tamoyillariga asoslanadi. OAV jamiyatimizning qadriyatlarini himoya qilishga va insonlarning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy ongini shakllantirishda oʻziga xos mexanizm boʻlib xizmat qilishi islohotlarning pirovard maqsadidir.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar taraqqiyotining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari» ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mavzu doirasida lingvokulturologik aspektda qadriyatlar tizimi xorijiy va oʻzbek tilshunosligida S. S.Schvartz, J. Kaur, B.Jonston, R.Tanyi, YE. Albert, D.Xav kabi ingliz tadqiqotchilari, V.Sinyachkin, N.Kazakova, N.D.Arutyunova, T.Yemelyanenko, G.Gibatova, A.Vejbitskaya, A.A.Ivin, YE.M. Volf, Y.Stepanov, YE.Vereshagin, V.Kostomarov, V.Vorobev, Z.Popova, V.I. Karasik, I.Sternin, V.I. Karasik kabi rus olimlari, K.N. Nazarov, R.X. Roʻziyeva, M. Farmonova kabi oʻzbek olimlar ishlarida kuzatish mumkin. Media tili tadqiqi ingliz tilshunosligida D.Bernandi, P.But, A.Koppa, L.Steyner, L.Rassel kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Rus tilshunosligida medialingvistika nazariyotchilariga V.G.Kostomarov, I.P.Lisakova, T.G.Dobrosklonskaya, D.N.Shmelev, S.I.Bernshteyn, A.N.Vasileva, Y.V.Rojdestvenskiy, G.Y.Solganik, S.I.Treskova, B.V.Krivenko kabi olimlarni kiritish mumkin. Mediamatn, media tilining janr xususiyatlari, mediadiskurs, media tilining lingvokulturologik aspektda tadqiqi oʻzbek tilshunoslari A.Abdusaidov, G.Bakiyeva, D.Teshabayeva, M.Israil, S.Shomaqsudova, E.Begmatov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Ingliz va oʻzbek bosma media tili shakllanishida qadriyatlar tizimining oʻrni, umuminsoniy qadriyatlarning mediamatnda yoritilishi lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Ingliz va oʻzbek tilshunosligida qadriyatlar tizimini bosma mediamatn nuqtai nazaridan tadqiq etish; chog'ishtirilayotgan tillarda media tili tushunchasini hamda medimatnni lingvistik tabiatini yoritish; ingliz va oʻzbek tillarida qadriyatlar kategoriyasining uslubiy xususiyatlarini yoritish va misollar orqali dalillash; ingliz va oʻzbek nashrlarida umuminsoniy qadriyatlarni anglatuvchi til birliklarini tahlil qilish; ingliz va oʻzbek tillarida gazeta matnidagi umuminsoniy qadriyatlarning sarlavhalarda berilishi modellarini yoritish; bosma medianing lisoniy olamida umuminsoniy qadriyatlarning lingvokulturologik jihatlarini yoritish, oʻxshash va farqli tomonlarini aniqlash.
  • Tadqiqotning obyekti: Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston Respublikasi gazetalarida qoʻllanilgan qadriyatlarni anglatuvchi leksik birliklar tanlangan.
  • Tadqiqotning predmeti: Media olamida umuminsoniy qadriyatlarning lingvomadaniy aspekti tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada tavsiflash, kontent tahlil, leksik-sintaktik, leksik-semantik lingvokulturologik tahlil usullari qoʻllanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Bosma mediamatnlarda umuminsoniy qadriyatlar va mental hodisalarning yoritilishi media janrlar xususiyatlariga jumladan, ingliz tilidagi gazetalarda tanqidiy, sharh, o'zbek tilidagi gazetalarida tahliliy, badiiy-publitsistik janrlardagi ma'naviy, axloqiy, milliy mavzularning targ'ibotidan iborat faktik materiallarga bog'liqligi dalillangan; media tilining lingvomadaniy yondoshuvi asosidagi tadqiqi ingliz va oʻzbek tillaridagi gazeta matnlarida umuminsoniy qadriyatlarning aksiologik tasnifi asosida yoritilishi jurnalist ijod namunasi va shaxsiy lisoniy didi orqali kommunikativ va linvomadaniy tamoyillarga tayangan holda muallif – aloqa kanali – jamiyat – til – madaniyat – mentallik – muvofiqlik omillariga bog'liqligi isbotlangan; chog'ishtirilayotgan tillarda umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklari ingliz tilidagi gazeta matnlarida ozodlik, erkinlik, tinchlik, adolat, baxt-saodat, oʻzbek tilidagi gazeta matnlarida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, muhabbat kabi umumijtimoiy mazmunga ega aksiologik modellar transformatsiyasiga bog'liqligi dalillangan; mediamatnning “aksiologik – milliy – mental" baholovchi xususiyatlari olamda ro'y berayotgan oʻzgarishlar, insoniyat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar, odamlar va ular hayotining ijtimoiy subyektlari uchun ahamiyatli kategoriyalari asosida ingliz tilidagi gazeta matnlarida friendship, relationship, tolerance, concsience va oʻzbek tilidagi gazeta matnlarida mehr-oqibat, insof-diyonat, bag'rikenglik, birodarlik, halollik, poklik kabi leksemalar orqali shakllanganligi aniqlangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Ingliz va oʻzbek tillarida gazeta matnida umuminsoniy qadriyatlarning uslubiy xususiyati tavsifi shakllantirilib, tilshunoslik tizimida va amaliyotda qoʻllash mumkinligi asoslangan; mediamatnning tahlili borasida olingan natijalar magistratura va bakalavriat bosqichlari talabalariga media tili va uslubi, tahrir mahorati kurslari boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etishda va oʻquv adabiyotlarini yaratishda metodik ta'minot bazasi sifatida shakllantirilgan; chog'ishtirilayotgan tillarda umuminsoniy qadriyatlarning, mediamatn nazariyasi, matn tuzish tamoyillari aksiologik talqin qilingan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Xulosalarning ishonchliligi, muammoning aniq bayon qilinishi, ishda qo'llaniladigan yondashuvlar va usullarning samaradorligi bilan belgilanadi. Shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, OAK ro'yxatidagi maxsus jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, xulosalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ingliz va oʻzbek tillari leksikologiyasi va leksikografiyasi, lingvoma'naviyatshunoslik, medialingvistika boʻyicha nazariy manba yaratishda, medialingvistika-diskursiv-mediamatn spetsifikasini tilshunoslikning turli yo'nalishlarida tadqiq qilishda hamda darslik va qoʻllanmalarni qoʻshimcha materiallar bilan taʼminlashda ilmiy manba boʻlib xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tadqiqot natijalaridan mediamatn yaratish, tahrir mahoratini oshirish, axborotni ta'sirchan tarzda yetkazishda hamda OAV tilining uslubiy xususiyatlarini yoritishda foydalanilganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mediamatnda umuminsoniy qadriyatlar tizimining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz va oʻzbek tillari misolida) boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: Ingliz va oʻzbek mediamatnlarida qadriyatlar tizimining yoritilishi mediamatnning milliylik xususiyati va xalq mentaliteti bilan bog'liqligini yoritish, umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklarini aksiologik modellari yaratishdan olingan ilmiy xulosalar hamda taqdim etilgan ma'lumotlardan Oʻzbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining “Xavfsiz migratsiya" va “Musofir" xayriya loyihalarida foydalanilgan. Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan bukletlar, broshyuralar, tarqatma materiallarni tayyorlashda xizmat qildi. Umuminsoniy oʻzbek qadriyatlarini aks ettiruvchi milliy oʻzlikni anglash tushunchalarini hayotga tadbiq etishda va milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda targʻibot tadbirlarining ahamiyati yuqoriligi bois tadqiqot ishining ilmiy xulosa va takliflaridan Oʻzbekiston Respublikasi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining saylov oldi dasturlarini tuzishda keng foydalanilgan. Natijada "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” shiori ostida partiyasining saylov oldi dasturlarida tayyorlashda xizmat qildi. Media janrlar xususiyatlari hamda media olamida axborotning mental hodisalari faktik materiallarga asoslanishi va gazeta matnidagi umuminsoniy qadriyatlarning yoritilishi jurnalist ijod namunasi sifatida lingvomadaniy hodisa bilan bog'liqligi haqidagi ilmiy natijalardan “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida sahifalarida foydalanilgan. Natijada gazetada jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritishda umuminsoniy qadriyatlar oʻrni mavzusidagi maqolalar koʻlami kengaytirildi. Media olam tasviri umuminsoniy qadriyatlar orqali axborotni uzatishda mentalitet masalasi muhimligi, olamda ro'y berayotgan oʻzgarishlar, insoniyat, jamiyat, odamlar, ularning hayoti, faoliyatining ijtimoiy subyektlar uchun ahamiyati hamda qadrini anglatadigan kategoriyalar aksiologik olam tasvirining fragmenti ekanligi kabi ilmiy natijalari, amaliy takliflari hamda tavsiyalaridan "Nihol" oʻzbek-olmon ilmiy va madaniy jamiyati “Knowledge sharing" va Germaniyadagi vatandoshlarimiz farzandlari uchun tashkil etilgan “Sprachkurse Usbekisch als Fremdsprache" til kurslarida foydalanilgan. Natijada yaratilgan tarqatma materiallarning mazmundorligi oshirilib, mahalliy va xorijiy auditoriyani keng jalb qilishga hissa qoʻshilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari boʻyicha 6 ta xalqaro va 8 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda qilingan ma'ruzalarda jamoatchilik muhokamasidan oʻtgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boyicha jami 22 ta ilmiy ish chop etilgan. Shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda va 1 tasi SCOPUS bazasida indekslanadigan jurnallarda nashr qilingan. Tadqiqot natijalari 14 ta, jumladan, 6 ta xalqaro va 8 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, umumiy hajmi 130 sahifani tashkil etadi.
  • Xulosa: 1. Dunyo tilshunosligida lisoniy aksiologiyaning o'rnini aniqlash natijasida umuminsoniy qadriyatlarning lingvomadaniy xususiyatlarini oydinlashtirilib, uning semantik tiplari tasniflash hamda har bir guruhdagi nominativ birliklarning aksiologik xossalarini hamda bir-biridan ijtimoiy-madaniy jihatdan farq qiladigan til, madaniyat va qadriyatdagi yaxlitligini tadqiq etishning nazariy asoslarini yoritish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu esa umuminsoniy qadriyatlarni til birliklariga xos morfologik, struktur va milliy-lisoniy xususiyatlarni ingliz va oʻzbek tili materiallari asosida chog'ishtirma tadqiq qilishning keng imkoniyatlarini ochadi. 2. Bosma media matni shakllantirish, uzatish va oʻzgartirish vositasiga aylanadi. Zero, media matn bosqichma bosqich o'zgarishga, to'ldirishga hamda jurnalist tomonidan munosabat bildirishga asoslanadiki, bunda matnni strukturaviy yondashuv asosida umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirishning asosiy vositalari sifatida qarashga imkon beradi. shuningdek, maxsus qiymat maydonini ajratishga imkon beradi. Mediamatn tahlilida lingvistik aksiologiya tushunchasi umuminsoniy qadriyatlar tizimini toʻplaydigan va ma'lum bir media janrga asoslangan semantik va tarkibiy qismlarga ega boʻlgan yaxlit, umumlashtirilgan media makonni nazarda tutadi. 3. Tadqiqotda mediamatn aksiologik tavsiflash matning kommunikativ va lingvokulturologik tamoyili asosida olib borildi. Mediamatn matni kommunikativ xususiyatlaridan biri axborotni auditoriya tomonidan “iste'molchi" sifatida qaraladi hamda qabul qilinishida axborot mahsuli: muallif – aloqa kanali – jamiyat – til – madaniyat – mentallik – muvofiqlik prinsiplariga tayanadi. Bu, axborot orqali umuminsoniy qadriyatlarni singdirilishi asosiy omil sifatida belgilanadi. Zero, umuminsoniy qadriyatlar tizimi mediamatn yaratilishi hamda uzatilishidagi oʻrni ma'naviy, axloqiy, milliy, diniy tarbiya jarayonini amalga oshiradigan targ'ibot-tashviqot iborat butun boshli yaxlit struktura nazarda tutadi. 4. Jahonda globallashuv va integratsiyalashuv jarayoni ularning qadriyatlari negizida mediamatn orqali auditoriyani millatning milliy-madaniy xususiyatlarni tushunishga yordam beradi. Amerika va vatanimiz tilshunosligida umuminsoniy qadriyatlarni lingvistik tahilili orqali madaniyatining va milliy oʻzligining tobora globallashuv ta'siriga tushib, boshqa madaniy qatlamlar bilan sintezlashib ketayotganligini kuzatiladi. Shu sababdan umuminsoniy qadriyatlar tizimini mediamakonda tadqiq qilish ilmiy izlanishlar izchilligini ta'minlaydi va uning samaradorligini oshiradi. 5. Bosma media tili boshaqa OAV turlari singari auditoriyaning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, aloqa-munosabat vosita omili boʻlgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlari sifatida qaraladi. Media tilining lingvomadaniy aksiologik yondoshuvi asosida tadqiqi auditoriyani yuksak ma'naviyat egasi qilib tarbiyalashda medamakonni vosita sifatida qarashga hamda ilmiy-amaliy mexanizm uchun muayyan lingvistik ta'minotni vujudga keltirishga qaratilgan. 6. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasini obyektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz hayoti va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyat sifatida qaralar ekan, ularni anlatuvchi tushunchalar lingvokulturologik xususiyatlari bilan bog'liq holda tadqiqi qilinishi har ikkala tilda ozodlik, erkinlik, tinchlik, baxt saodat kabi umumijtimoiy ma'no va mazmuni shuningdek, moddiy va ma'naviy boyliklar ularning namoyon boʻlish shakllari nisbiy xususiyatga ega. Umuminsoniy qadriyatlarni anglatuvchi leksik birliklar ma'lum bir lingvistik va madaniy hamjamiyatga xos boʻlgan qimmatli munosabatlar tizimiga kiritilishi natijasida hosil boʻlgan ijtimoiy belgilangan obyektlar, harakatlar, hodisalarni anglatadi. 7. Oʻzbek tilida umuminsoniy qadriyatlarni anglatuvchi madaniy kodning belgisi sifatida ingliz tilidan farqli o'laroq bag'rikenglik va murosalik; halollik, poklik, mehr-shafqat o'zbek xalqi dunyoqarashining oʻziga xos xususiyatlari sifatida qaraladi va mehr-shafqat, birodarlik kabi leksemalar ishtiroki kuzatildi. Har ikkala tilda ham umuminsoniy qadriyatlarni anglatuvchi til birliklarini bosma mediamatnda ishtiroki insonlarni yaxshilikka, ma'naviy dunyosini shakllantirishga qaratilganligi ularning ustuvor yoʻnalishlarini anglashda, xulq-atvor stereotiplarini aniqlashda muhim rol o'ynaydi. 8. Mediamatn, jamiyat boshqaruvida siyosiy-ijtimoiy jarayonlar hamda xalq mentalitetining milliy-madaniy oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda axborot hamda baho konstantalarini birlashtirish orqali shakllanadi, zero, lingvistik va madaniy hamjamiyatning umuminsoniy qadriyatlar tizimi faqat ma'lum bir etnik guruhga xos boʻlgan tushunchalar mavjuligi va ular mediamatnda berilish xususiyatlari aniqlandi. 9. Umuminsoniy qadriyatlar tizimiga kiruvchi “mehr”, “oqibat",