Umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasi

Ushbu dissertatsiya umumta'lim maktablarining X-XI sinf oʻquvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan muhim masalalar oʻrganilib, pedagogik jarayonni optimallashtirish, oʻquvchilarning ma'naviy-axloqiy saviyasini koʻtarishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda X-XI sinf oʻquvchilariga sinf soatlari jarayonini invariant usulda tashkil etishning nazariy asoslari, mazmun-mohiyati, metodik modellari va innovatsion uslublari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tajriba-sinov orqali tasdiqlanib, amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon miqyosida xalq ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va sifatli kadrlar tayyorlash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. YUNESKO tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha xalqaro ta'lim konsepsiyasida "Butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Umumta'lim maktablari X-XI sinf o'quvchilarining ma'naviy-axloqiy tafakkurini takomillashtirishda innovatsion ta'lim metodlarini qoʻllagan holda, oʻqitish orqali kompetensiyalarni shakllantirish, zamon talablariga mos faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modeli ta'lim jarayoniga tatbiq etilgani birlamchi vosita sifatida qaralib, ta'lim mazmunini mazkur munosabatlarga asoslanib shakllantirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi: Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasi asosida amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlarini tahliliy oʻrganib va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  • Tadqiqot vazifalari: 1. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasi holati, mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda faoliyatga qo'llash mazmunini aniqlash; 2. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini takomillashtirishning metodik modeli hamda natijaviy komponentlari mazmunini aniqlashtirish asosida ishlab chiqish; 3. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini rivojlantirishning interfaol metodlarni ta'lim jarayonida qo'llash metodikasini ishlab chiqish; 4. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasining rivojlantirilganlik darajalarini baholash me'zonlarini ishlab chiqish va pedagogik tajriba-sinov ishlarini o'tkazish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasi o'quvchilarning oʻquv va ta'lim-tarbiyaviy faoliyati mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda faoliyatga tayyorlashning xulosalay olish funksiyalariga mutanosib ravishda ijtimoiy fanlarni oʻzlashtirishning oʻquv-didaktik vositalari asosida takomillashtirilgan; 2. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf oʻquvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini takomillashtirishning metodik modeli maqsadli (ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar, vazifalar), jarayonli (invariant oʻtkazishning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlari mazmunini aniqlashtirish asosida optimallashtirilgan; 3. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini rivojlantirishning mazmuni o'qitishda interfaol ta'lim texnologiyalari (bumerang, klaster, bahs-munozara va boshqalar)ni qoʻllash va dasturiy ta'lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan; 4. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-metodik ta'minot o'quvchilarning texnik va texnologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: 1. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish uchun, sinf soatlariga metodik ta'minot, oʻquv dasturlari, o'quv va uslubiy qoʻllanmalar hamda elektron ta'lim resurslari (21.04.2021, № 003424, № 003423 - son patentlar) yaratilgan; 2. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf oʻquvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini takomillashtirish darajalari, mezon va ko'rsatkichlari aniqlashtirilgan; 3. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf o'quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazishni takomillashtirish uchun interfaol ta'lim texnologiyalari ta'lim-tarbiyaviy jarayonga joriy etilgan; 4. Umumta'lim maktablarining X-XI sinf oʻquvchilariga sinf soatlarini invariant usulda oʻtkazish texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Xulosa: 1. Umumta'lim maktablarida sinf soatlarini tashkil qilish mazmuni, metodi, usuli, tashkiliy shakl va boshqarish jarayonining yaxlit hamda bir butunligi ta'minlandi va umumta'lim maktablarida sinf soatlarini tashkil qilishning innovatsion pedagogik asoslarida dinamiklik - istagan tizim oʻz oʻtmishiga, hozirgi darajasiga va kelajak istiqbollariga ega boʻlindi. 2. Umumta'lim maktablarida sinf soatlarini tashkil qilishning innovatsion yondashuv asosida, tizimli ravishda muammoli ta'lim texnologiyalarni qoʻllash orqali, ularning sifati va samaradorligi oshirildi. X-XI sinf o'quvchilarining ma'naviy-axloqiy tafakkurini takomillashtirish asosini psixologik-pedagogik, didaktik-metodik bilimlar, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, sinf soatlariga oid materiallarni mukammal bilish, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan (muammoli ta'lim va didaktik o'yinlar) faoliyatda o'rinli foydalana olish kabi sifat ko'rsatkichlari tashkil etadi va oʻquvchilarning hayotiy kompetentliligida namoyon bo'ldi. 3. X-XI sinf o'quvchilarining ma'naviy-axloqiy tafakkurini takomillash-tirish yaxlit pedagogik tizim sifatida tashkil etilib, mazkur jarayonda oʻquvchilar moyilligi, layoqatini ta'lim muassasalari ehtiyojlari bilan uyg'unlashtirish talab etildi hamda ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirishda sinf soatlari mazmunini didaktik sintezlashni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ekanligi aniqlandi. 4. Innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida X-XI sinf o'quvchisining fundamental bilim egallashi, uning intellektual mehnat, ijodiy va mustaqil fikr yuritishi (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish), qoʻyilgan maqsad hal etiladigan masalaga nazariy va amaliy, reproduktiv, qisman izlanuvchi va kreativ koʻrinishlarda namoyon boʻlishi, ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirish boʻyicha oʻz kuchi va qobiliyatiga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat va qat'iyatlilik hissini rivojlantirishda oʻz aksini topishi aniqlandi. 5. X-XI sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirishga yo'naltirilgan texnologik jarayon muammoli-faoliyatli kompetensiyaviy yondashuvlar asosida muvaffaqiyatli amalga oshishi, sinf soati materiallarini o'rgatish jarayonida oʻzini-o'zi boshqarish, tarbiyalash, ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirish asosida oʻquvchilarni mustaqil kreativ faoliyatga jalb etish, psixologik-pedagogik muhit yaratish, o'quvchining moyilligi, layoqati, qiziqish va ehtiyojini inobatga olish, ular tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, hamkorlikda ishlash, tanlash, kognitiv, individual va integrativ prinsiplarning ustuvor ahamiyat kasb etishi aniqlandi. 6. Pedagogik tajriba-sinov ishlarida innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida sinf soatlarini o'qitish X-XI sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirishda, mustaqil fikrlash, shaxsiy mulohazalarni erkin bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompetentlilik kabi sifatlarni tarbiyalashda keng imkoniyatlar yaratishi tasdiqlandi. 7. B jarayonida pedagogik oʻquv eksperimenta-ta'lim texnologiyalari asosida sinf soatlarini o'qitish X-XI sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirishda, mustaqil fikrlash, shaxsiy mulohazalarni erkin bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompetentlilik kabi sifatlarni tarbiyalashda keng imkoniyatlar yaratishi tasdiqlandi. 8. B jarayonida pedagogik oʻquv eksperimenta-ta'lim texnologiyalari asosida sinf soatlarini o'qitish X-XI sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy tafakkurni takomillashtirishda, mustaqil fikrlash, shaxsiy mulohazalarni erkin bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompetentlilik kabi sifatlarni tarbiyalashda keng imkoniyatlar yaratishi tasdiqlandi.