COVID-19 эпидемиологик хусусиятлари ва унинг эпидемиологик назоратини такомиллаштириш

Ushbu dissertatsiya Yodgorov Oʻtkirjon Abdulla oʻgʻlining “COVID-19 epidemik xususiyatlari va uning epidemiologik nazoratini takomillashtirish” mavzusidagi ishi boʻlib, unda Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasining rivojlanish dinamikasi, epidemiologik xususiyatlari, ushbu kasallikning tarqalishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, epidemiologik nazoratni takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar oʻz aksini topgan. Tadqiqotda keng koʻlamli statistik maʼlumotlar va zamonaviy ilmiy-metodologiyalar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kitobda Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan SIR, ARIMA, Rt kabi matematik modellar yordamida kasallik tarqalishini bashorati hamda emlash samaradorligi tahlil qilingan. COVID-19 ning aholi salomatligi va iqtisodiyotiga taʼsiri batafsil oʻrganilgan.

Asosiy mavzular

  • COVID-19 ning epidemiologik xususiyatlari: Oʻzbekistonda COVID-19 ning tarqalish dinamikasi, mavsumiyligi, hududiy va demografik xususiyatlari, shuningdek, Oʻzbekistonda kuzatilgan epidemiologik koʻtarilish toʻlqinlari, yuqumlilik darajasi va oʻlim koʻrsatkichlari tahlil qilingan.
  • COVID-19 ning Oʻzbekistondagi oʻlim koʻrsatkichlari va unga taʼsir etuvchi omillar: Bemorlarning yoshi, BMI, hamroh kasalliklar (arterial gipertenziya, qandli diabet, kamqonlik) va boshqa omillarning oʻlimga taʼsir etuvchi ahamiyati statistik tahlillar asosida koʻrsatilgan.
  • COVID-19 ning kasallanish darajasiga taʼsir etuvchi omillar: Hudud maydoni, shahar aholisi soni, qishloq aholi punktlari soni, qariyalar soni kabi ijtimoiy-demografik va geografik omillarning kasallanish darajasiga taʼsiri oʻrganilgan.
  • Matematik modellar yordamida COVID-19 prognozi va nazoratni takomillashtirish: SIR, ARIMA, Rt matematik modellaridan foydalanib, kasallik tarqalishini bashorati, emlash samaradorligi va uning aholi salomatligiga taʼsiri tahlil qilingan. Ushbu modellar yordamida iqtisodiy samaradorlik ham hisoblangan.
  • Amaliy tavsiyalar: Tadqiqot natijalari asosida COVID-19 ning oldini olish, davolash va epidemiologik nazoratni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.