Elektr ta'minoti tizimini montaji va ishlatilishi
Ushbu kitobda energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonida energiyani tejash masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda nazariy va amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, kuchlanishni rostlash va elektr energiyasi isroflarini kamaytirish usullari, zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar, energiya akkumulyatsiyasi va uning ahamiyati, shuningdek, elektr energiyasini optimallashtirish bo'yicha tadqiqotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- JAHON ENERGETIKASINING TARAQQIYOTI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI: Jahon miqyosida energiya resurslaridan foydalanish tendentsiyalari, jahon energetikasining taraqqiyot holati va muammolarini o'rganish, jahon energetikasining asosiy muammolari va istiqbollari.
- O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ENERGETIKASINING TARAQQIYOTI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI: O'zbekiston Respublikasida energiya resurslaridan foydalanish tendentsiyalari, O'zbekiston energetikasining taraqqiyot holati va muammolari, O'zbekiston Respublikasida energiya ishlab chiqarish masshtablari, O'zbekiston energetikasining zamonaviy muammolari va ularni hal etish yo'llari, O'zbekiston Respublikasida energetika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari.
- INTELLEKTUAL ELEKTR TIZIMLARI VA ULARNING AHAMIYaTI: Intellektual elektr tizimi tushunchasi va uning tuzilmasi, elektr energiyasini nazoratining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (EENAAT), hisoblagichlardan mahlumotlarni yigish va ularga ishlov berish bo'yicha avtomatik so'rov o'tkazilish, sanoat korxonalarida ENAT tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi.
- ENERGIYANI AKKUMULYaTSIYaLASH VA UNING AHAMIYaTI: Energiyani akkumulyatsiyalash tushunchasi, energiyani akkumulyatsiyalashning ahamiyati, elektr energiyasini akkumulyatsiyalash usullari, gidroakkumulyatsion elektr stantsiyalari, elektr batareyalari, kondensator batareyalari.
- ELEKTR ENERGIYaNI ISHLAB CHIQARISH, UZATISH VA TAQSIMLASH JARAYoNLARIDA ENERGETIK SAMARADORLIKNI OSHIRISH: Birlashgan energetika tizimlari va ularning ahamiyati, birlashgan energetika tizimlarining ish rejimlarini rejalashtirish va boshqarish, elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda isroflarni hisoblash, elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda isroflarni kamaytirish tadbirlari.
- ELEKTR TARMOQLARIDA ISROFLARNI KAMAYTIRISH: Elektr tarmoqlarida isroflarni reaktiv quvvatni kom'ensatsiyalash orqali kamaytirish, elektr tarmoqlarida isroflarni transformatsiyalash koeffitsientini rostlash orqali kamaytirish.
- ELEKTR ENERGIYa ISROFI VA UNING SABABLARI: Elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda quvvat va energiya isroflari, ularni hisoblash, isroflarni kamaytirish tadbirlari.