Tаrmоq kоrхоnаlаrining tехnоlоgik mаshinа vа jihоzlаri
Ushbu kitobda "Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari" fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlari uchun o'quv-uslubiy majmua taqdim etilgan. Unda faning maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, ishlab chiqarishdagi o'rni, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, kitobda fanining asosiy qismlari, jumladan, texnologik jarayonlarning mohiyati, mexanik jarayonlar, quritish jarayonlari, issiqlik almashinish jarayonlari, tasmali va cho'michli konveyerlar, shuningdek, turli stanoklar (tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash, shuningdek, randalash) va ularning turlari hamda ularni hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Kitobda, shuningdek, avtomatik liniyalar, agregat stanoklari, dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va robotlashtirishning ahamiyati ham ko'rsatib o'tilgan. Kitob oxirida glossariy va o'quv-uslubiy qo'llanmalar ro'yxati berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fan, texnika va texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish ko‘p jihatdan tayyorlanayotgan mutahassislarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularni Vatanga fidoyilik ruhida tarbiyalash oliy ta’limning asosiy vazifasidir. Yetarli bilim darajasiga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisgina korxonada samarali ishlashi, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi va mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘sha olishi mumkin. Hayotga joriy etilayotgan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish va yuqori kasbiy malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Zamonaviy texnologik liniyalar va jihozlar bilan ta’minlangan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulot turlari, aholining kundalik talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, tobora ko‘payib bormoqda. Bu fan texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, ularni amalga oshiruvchi jihozlarning ish unumdorligini orttirish, mahsulot sifatini yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish, ish sharoitini yaxshilash va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida talabalarda muhandislik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur fan o‘z mazmuniga ko‘ra oziq-ovqat texnologiyasining nazariy asoslarini yoritib, asosiy jarayonlarni tahliliy tashkil etish, ularning optimal rejimlarni aniqlash va ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi jihozlarni hisoblash va loyihalash masalalarini o‘rganadi.
- O‘quv faoliyatining maqsadi va vazifalari: Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlarini loyihalash, ularning konstruktiv yechimlari, tizimlardagi uskuna va jihozlarni to‘g‘ri loyihalash va tanlashga doir masalalarni o‘rgatish, texnologik jarayonlarini hisoblash, Tarmoq vositalari turlari va klassifikatsiyasini; texnologiya asosiy jarayon va qurilmalarini; Tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlarini konstruktsiyalarini, ulardan foydalanish bo‘yicha bilim, boshlangich ko‘nikmalarni hosil qilish va malakasini shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlaridan tog‘ri foydalanish va ularni loyihalash borasida ma’lumotlar berish, tizimlarni loyihalashda kerakli parametrlarni tanlash, ma’lumotlarni yig‘ish, loyihalash usullarini o‘rgatish, tizimdagi uskuna va jihozlarni joylashtirish, loyihalash va ularni tanlashga doir masalalarni yechish, ularni qurish jarayonini tushintirish, montaj ishlarining turlari va qo‘llanilishini, sinash ishlarining turlari va usullari hamda tizimlarni ishlatish masalalarini o‘rganishdan iborat.
- Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar: “Tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlari” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: Tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlarini jarayonlarini amalga oshiruvchi qurilmalarni intensivlash; sochuvchan materiallarni shakllantirish usullari; qattiq jismlarni maydalash jarayoni va qurilmalari; sochuvchan qattiq jismlarni fraktsiyalarga ajratish; Tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlarini rivojlanish istiqbollari; texnologik jarayonlar va qurilmalarini; mexanik jarayon asoslari va qurilmalarini hamda ularni hisoblashni bilishi va qo‘llay olishi kerak; qurilma va uskunalarning asosiy konstruktiv o‘lchamlarini hisoblash; Tarmoq korxonalarining texnologik mashina va jihozlarini avtomatlashtirish yo‘nalishlari kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: «Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib V - semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari, mashina va mexanizmlar nazariyasi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, gidravlika va gidro‘nevmoyuritmalar, issiqlik texnikasi, mashinasozlik texnologiyasi asoslari, texnologik mashina va jihozlarni avtomatlashtirish va h.k.) va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni: Hozirgi vaqtda respublikamizdagi tarmoq korxonalaridagi texnologik mashinalar va jihozlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy masaladan biri deb hisoblanadi. SHu bois mashina va jihozlarni loyihalash, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilish kabi masalalar ishlab chiqarish uchun juda muximdir. SHuning uchun ushbu fan ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimlarining ajralmas bo‘g‘inidir.
- Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Talabalar “Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq tahlim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or-pedagogik texnologiyalardan va mulhtimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. “Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari” kursini o‘qitishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: SHaxsga yo‘naltirilgan tahlim. Tizimli yondoshuv. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Dialogik yondoshuv. Hamkorlikdagi tahlimni tashkil etish. Muammoli tahlim.
- Ma'ruza mashg'ulotlari: 1. «Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari» kursining umumiy tushunchalari. Fanning maqsad va vazifalari. Fanning ahamiyati. Asosiy atama va tushunchalar. 2. Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlaridagi jarayonlar. Jarayonlar turlari, qonunlari, harakatlantiruvchi kuchi. 3. Mexanik jarayonlar. Mexanik jarayonlarning asoslari. Mexanik jarayonlarning turlari. Qo‘llanilishi. Maydalash. Sochiluvchan moddalar klassifikasiyasi. 4. Quritish jarayoni. Quritish jarayoni turlari. Qo‘llanilishi. Quritgichlar klassifikasiyasi. 5. Tasmali konveyerlar. Tasmali konveyerlar haqida tushuncha. Tasmali konveyerlarning sxemalari. Tasmali konveyerlarning umumiy tuzilishi. Tortuvchi organlar. 6. Cho‘michli konveyerlar. Cho‘michli konveyerlar haqida tushuncha. Cho‘michli konveyerlarning sxemalari. Cho‘michli konveyerlarning turlari. Cho‘michlarni yuklash va to‘kish. 7. Xom-ashyoni yuvish mashinalari. Xom-ashyoni yuvishga qo‘yiladigan talablar. Yuvish mashina va jihоzlari. Yuvish mashina va jihоzlarining turlari. 8. Kоnservalash asоslari. Qayta ishlash texnоlоgik jarayonlari. Meva va sabzavоtlarga dastlabki ishlоv berish mashina va jihоzlari. Kоnservalash usullari. 9. Stеrilizаtоr vа pаstеrizаtоrlаr. Stеrilizаtоrlаr vа pаstеrizаtоrlаr to‘g‘risidа tushunchа. Stеrilizаtоrlаr vа pаstеrizаtоrlаr turlаri. Ulаrning tехnik tаvsifi. 10. Metall kesuvchi stanoklar va ularning tasnifi. Metall kesuvchi stanoklarning mashinasozlikda tutgan o‘rni. Metall kesuvchi stanoklarning tasnifi. Stanoklarning belgilanish sistemasi. Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlari. Stanoklardagi harakat turlari. 11. Tokarlik stanoklari. Tokarlik guruhi stanoklarining asosiy tiplari. Tokarlik-vintqirqar stanoklari va ularni sozlash. Tokarlik-gardanlash stanoklari. Tokarlik-lobovoy va karusel stanoklari. Tokarlik-revolver stanoklari. Ko'p keskichli stanoklar. Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari. 12. Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari va ularning turlari. Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari guruhining umumiy xarakteristikasi. Stanoklarning asosiy tiplari. Vertikal-va radial-parmalash stanoklari. Ko'p shpindelli, gorizontal-parmalash stanoklari. Agregat stanoklari haqida tushunchalar. Teshik kengaytirish stanoklari va ularning turlari. 13. Abraziv ishlov berish stanoklari va ularning tasnifi. Abraziv ishlov berish stanoklari guruhining umumiy tavsifi. Guruh stanoklarining asosiy tiplari. Tashqi va ichki doiraviy hamda yassi jilvirlash stanoklari. Pardozlash ishlari uchun xoninglash, dovodka, superfinishlash stanoklari. 14. Avtomatik liniyalar, agregat stanoklari va dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklar haqida asosiy tushunchalar. Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari. Agregat stanoklari, ularning tarkibi, afzallik va kamchiliklari. Dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklar. Ko'p operatsiyali (ko'p maqsadli ) stanoklar.
- Amaliy mashg'ulotlar: 1. Qattiq jismlarni maydalash jarayonlari va ularni hisoblash. 2. Quritish tezligini aniqlash. 3. Issiqlik almashinish jarayonlari va ularning klassifikattasiyasi. 4. Tasmali konveyerlarning yuritmasi quvvatini aniqlash. 5. Cho‘michli konveyerlarni hisoblash. 6. Gidromexanik jarayonlar. 7. Xom-ashyoni yuvish mashinalari. 8. Konservalash asoslari. 9. Sterilizator va pastezatorlar. 10. Metall kesuvchi stanoklar va ularning tasnifi. 11. Tokarlik stanoklari. 12. Parmalash va teshik kengaytirish stanoklari. 13. Abraziv ishlov berish stanoklari. 14. Avtomatik liniyalar, agregat stanoklari va dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklar haqida asosiy tushunchalar.