Global iqtisodiy rivojlanish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Global iqtisodiy rivojlanish fanidan tayyorlangan o'quv-uslubiy majmuasi hisoblanadi. Unda global iqtisodiy rivojlanishning nazariy va amaliy jihatlari, ushbu jarayonlarning mohiyati, rivojlanish bosqichlari, omillari va natijalari, shuningdek, ushbu jarayonlar bilan bog'liq iqtisodiy havfsizlik va raqobatbardoshlik masalalari chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari: Ushbu mavzu global iqtisodiy rivojlanish fanining predmeti, vazifalari, mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari hamda ushbu jarayonning chuqurlashuv bosqichlari va rivojlanish yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, global iqtisodiy rivojlanishning asosiy zamonaviy xususiyatlari va bunga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
- Jahon iqtisodiyoti globallashuvi konsepsiyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari: Ushbu mavzu global iqtisodiy rivojlanishning nazariy konsepsiyalari, rivojlanish bosqichlari va yo'nalishlari, ya'ni integratsiya, transmilliy-lashuv va globallashuv kabi bosqichlari, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy globallashuv turlari chuqur o'rganiladi.
- Jahon iqtisodiyotini globallashuvning harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi omillari va rivojlanish bosqichlari: Ushbu mavzu jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari, ya'ni kapitalning konsentratsiyalashuvi, xo‘jalik hayoti transnatsional-lashuvi, jahon bozori raqobati, fan-texnika taraqqiyoti kabi omillarni hamda ushbu jarayonning bosqichlarini o‘rganadi.
- Jahon iqtisodiyotini globallashuv muammolari va ularning guruhlanishi: Bu mavzuda global muammolarning paydo bo‘lishi, ularning turlari (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, ekologik), global muammolarning belgilari va guruhlanishi hamda ularni hal qilish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi.
- Jahon iqtisodiyoti globallashuvining oqibatlari va hal etish yo‘llari: Ushbu mavzu jahon iqtisodiyotini globallashuvning oqibatlari, ya’ni iqtisodiy o‘sish, investitsiyalar, savdo va migratsiyaga ta’siri, shuningdek, ushbu jarayonlarning milliy iqtisodiyotlar uchun yaratadigan imkoniyatlari va tahdidlari hamda ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
- Global, mintaqaviy va milliy moliyaviy bozorlar: Mavzu global, mintaqaviy va milliy moliyaviy bozorlarning shakllanishi, ularning rivojlanish yo‘nalishlari, Jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimidagi o‘zgarishlar, xalqaro moliya tashkilotlarining roli hamda O‘zbekistonning moliyaviy bozorlari tahlil qilinadi.
- Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiyasi muammolari: Ushbu mavzu jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va nazariy asoslari, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining yo‘nalishlari, dinamikasi, jahon moliyaviy inqirozining ishchi kuchi bozoriga ta’siri va ushbu muammolarni hal qilish yo‘llarini o‘rganadi.
- Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar: Mavzu transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, ularning jahon iqtisodiyotidagi roli, faoliyati, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davridagi holati hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.
- Jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida iqtisodiy havfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari: Ushbu mavzu iqtisodiy havfsizlik tushunchasining mohiyati, turlari, globallashuv sharoitida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli, tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar, hamda iqtisodiy havfsizlikni ta’minlashda asosiy ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi.