O‘zbekiston Respublikasi elektroenergetika korxonalarini barqaror rivojlantirish mexanizmlari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Respublikasi elektroenergetika korxonalarini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda energetika tizimidagi barqaror rivojlanishning nazariy-uslubiy asoslari, sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, mamlakat elektroenergetika sanoatining joriy holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy tajribani tatbiq qilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda mamlakatlar iqtisodiyotining barqaror o'sishini ta'minlash hamda raqobatbardoshligini oshirishda energetika tarmog'ini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida mamlakatlar miqyosida strategik qarorlarni qabul qilish, issiqlik elektr stansiyalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va zamonaviy innovatsion usullarni joriy etish asosida jahon iqtisodiyotining taraqqiy etishiga erishilmoqda. Jahonda elektr energetikasi korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishni amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining »Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning o'rganilganlik darajasi: Xalqaro tajribada sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish metodologiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha turli jihatlarni T.Tietenberg, R.M.Solou, R.Kostanza, R.Terner, J.Smit, Y.Shumpeter, U.Nordxaus, J.Tobin, X.Dali, J.Kobb, J.Stigtlis, A.Sen, J-P.Fitouzi, X.Land, S.Frideriksen, S.Verner, Ye.Lauf va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida kuzatish mumkin. Bu olimlarning ilmiy ishlarida barqaror rivojlanish tendensiyalarini ta'minlovchi metodologiyalar ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasida elektroenergetika korxonalarining barqaror rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yoʻnalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
  • Tadqiqot vazifalari: Elektroenergetika sanoati korxonalarida barqaror rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash mexanizmlarining nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etish; elektr energetikasi korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishning oʻziga xos tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash; energetika sanoati korxonalari faoliyatini barqarorlashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarini tahlil qilish; yashil iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining zaruriyati va ahamiyatini tadqiq etish; elektroenergetika korxonalarining barqaror rivojlanishining xorij tajribasini tahlil qilish va Oʻzbekistonga joriy qilish yo'nalishlarini aniqlash; jahonda yashil energetika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va mamlakatimizda energetika sanoatini rivojlantirishning amaldagi mexanizmlarini ajratib chiqish; Oʻzbekistonda energetika sanoati va issiqlik energetikasining joriy holati hamda ularni barqaror rivojlanish koʻrsatkichlarini tadqiq etish; elektroenergetika sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishida iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash yo'llarini aniqlash; Respublika elektroenergetika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning zamonaviy mexanizm va usullari amaliyotga tatbiq etish yo'llarini ishlab chiqish; elektroenergetika sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishida iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash.
  • Tadqiqotning obyekti: Oʻzbekiston Respublikasidagi elektroenergetika stansiyalari va korxonalari tanlangan.
  • Tadqiqotning predmeti: Energetika korxonalarini barqaror rivojlanish jarayonida vujudga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning yig'indisidan iborat.
  • Tadqiqot usullari: Dissertatsiyada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, statistik, korrelyatsion-regression tahlil va boshqa usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Energetika tizimidagi «Korxonaning barqaror rivojlanish» konsepsiyasi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar oʻrtasidagi integratsiyani ta'minlash orqali takomillashtirilgan; aholi zichligi hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida tizimdagi tabiiy yo'qotishlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash asoslangan; elektroenergetika korxonasini barqaror rivojlantirishda «Mobil energo xizmat» guruhini tashkil etish orqali energotejamkorlikni ta'minlash taklifi asoslangan; «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirish asosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining 2027-yilga qadar prognoz koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Elektroenergetika korxonalarining faoliyatini barqaror rivojlantirishdagi ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilgan; elektroenergetika korxonalarining faoliyatini yanada rivojlantirishdagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish yoʻnalishlari belgilab berilgan; iqtisodiy va ekologik samaradorligi yuqori boʻlgan innovatsion texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti takomillashtirilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqotda qoʻllanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, ma'lumotlarning rasmiy manbalardan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Energetika vazirligining statistik ma'lumotlaridan olingani hamda tegishli xulosa va takliflarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy etilganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati unda ishlab chiqilgan uslubiy takliflar, ilmiy asoslangan tavsiya va xulosalar energetika sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishdagi mexanizmlarini takomillashtirish, ularning faoliyatida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan maxsus ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalardan respublika elektroenergetikasidagi korxonalari va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi korxonalarning faoliyati samaradorligini ta'minlashda hamda respublikada energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan dasturiy hujjatlarda foydalanish mumkinligi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energetika tizimidagi «Korxonaning barqaror rivojlanish» konsepsiyasi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar oʻrtasidagi integratsiyani ta'minlash orqali takomillashtirish «Farg'ona issiqlik elektr markazi» AJ faoliyatiga joriy qilingan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida energetika tizimidagi korxonalarining rivojlanishiga ta'sir koʻrsatuvchi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar oʻrtasidagi integratsiya ta'minlangan; aholi zichligi hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida tizimdagi tabiiy yo'qotishlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash taklifi «Farg'ona issiqlik elektr markazi» AJ hamda « Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga integratsiyalashgan holda joriy qilingan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi zichligi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga boʻlgan talabiga qarab, hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish orqali tizimdagi tabiiy yo'qotishlarni 30% kamaytirish samaradorligiga erishilgan; elektroenergetika korxonasini barqaror rivojlantirishda «Mobil energo xizmat» guruhini tashkil etish orqali energotejamkorlikni ta'minlash taklifi «Farg'ona issiqlik elektr markazi» AJ hamda « Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga joriy qilingan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda energiya quvvatini oshirish va sohada sog'lom raqobat muhitini tashkil etish, elektr energiyasi sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib, energiya quvvatini oshirish hisobiga, energiya narx (tarif) larini moʻtadillashtirish, elektr energetikasini ishlab chiqarish sohasida ilg'or xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy arzon narxlardagi texnologiyalardan foydalanish imkoni yaratilgan; «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirish asosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko'rsatkichlaridan «Fargʻona issiqlik elektr markazi» AJ faoliyatini rivojlantirishning istiqboldagi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirishning oʻrta muddatli istiqboldagi asosiy parametrlarini oʻzaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 6 ta, jumladan, 3 ta respublika va 3 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 17 ta ilmiy ish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 150 betni tashkil etadi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda obyekti va predmeti shakllantirilgan. Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi ko'rsatilgan, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Birinchi bobida Oʻzbekistonda elektroenergetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari, energetika sanoati korxonalari faoliyatini barqarorlashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslari, hamda yashil iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining zaruriyati va ahamiyati yoritilgan. Ikkinchi bobida O'zbekiston Respublikasi energetika sanoati va elektroenergetikasining joriy holati, sanoat korxonalarida barqaror rivojlanishni baholashning amaldagi uslubiyoti, jahonda yashil energetika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari koʻrsatib o'tilgan. Uchinchi bobida respublika elektroenergetikasi sanoati korxonalarida barqaror rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, Oʻzbekistonda yashil energetikani barqaror rivojlantirishdagi istiqbolli yoʻnalishlari, elektroenergetika sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishida iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha takliflar asoslangan.
  • XULOSA: Barqaror rivojlanish bu nisbiy tushuncha boʻlib adabiyotlar tahlili va iqtisodchi olimlar fikrlari asosida mualliflik ta'rifi shakllantirildi. Bizning fikrimizcha, «Barqaror rivojlanish bu energetika tizimidagi korxonalarning rivojlanishiga teng ta'sir ko'rsatuvchi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar oʻrtasidagi muvozanat va mutanosiblikni saqlashdir». Barqaror rivojlanish mexanizmining korxona faoliyati tizimidagi oʻrni aniqlashtirildi. Unga koʻra bozor, xomashyo, raqobatchilar, marketing, davlat qonunchiligi va nazorati, cheklashlar, jamiyat, import, ma'lumotlar va korxona brendi makro darajada tashqi muhitni tashkil qilgan boʻlsa, ichki muhit kadrlar malakasi uchun rag'batlantirish, innovasion texnologiyalarni joriy etish va raqamli sohalarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Energetika strategiyasini tahlil qilish asosida raqamli iqtisodiyotning hozirgi sharoitida energetika siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin: issiqlik energetikasining barqaror rivojlanishini saqlash energetika sanoatining barcha sohalari uchun raqobatbardosh modelni shakllantirish, bozorni yaratish, innovatsion bozor mexanizmlarini joriy etish; asosiy fondlar, resurs bazasi va investisiyalarni jalb qilish amortizasiyasi muammolarini hal qilish; energetikaga ichki iqtisodiyotning lokomotivi, byudjet donori va sanoatni qo'llab-quvvatlovchi sifatida munosabatni shakllantirish; haqiqiy amaliyot va energiya siyosatining e'lon qilingan tamoyillari oʻrtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish. Mamlakatimizda issiqlik energiya manbalaridan foydalanish ko'lamini kegaytirish hamda sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi rag'batlantiruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: rivojlangan mamlakatlarda amalda mavjud bo'lgan «Yashil>> sertifikat tizimini joriy qilish; issiqlik energiya manbalari elektrenergiyasi ishlab chiqaruvchilarning tarmoqqa ulanishi va iste'moldan ortiqcha enegiyani tarmoqqa uzatish va sotishni joriy qilish; elektroenergiya bozoriga erkin kirishini ta'minlash, jumladan, xususiy sektorda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va oʻz ehtiyojidan ortgan qismini sotishga ruxsat berish; energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish; ayrim tarmoqlarda issiqlik energiya manbalarini iste'mol qilish va ishlab chiqarish boʻyicha majburiy kvotalarni joriy qilish.