Rus va arab gazeta diskursida siyosiy frazeologizmlarning tarjima ekvivalentligi muammosi
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son
Asosiy mavzular
- Siyosiy gazeta diskursining tarkibiy va til xususiyatlari: Birinchi bob tilning hozirgi holatini aks ettiruvchi va ijtimoiy-madaniy oʻzaro ta'sirning muhim tarkibiy qismi sifatida gazeta diskursi, rus va arab gazeta diskursi tizimini tashkil etuvchi umumiy tizimli va oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, rus va arab siyosiy gazeta diskursining farqli jihatlarini oʻrganishga bag'ishlangan.
- Gazeta diskursidagi siyosiy frazeologizmlarning tarjima ekvivalentligi xususiyatlari: Ikkinchi bob lingvistik va ekstralingvistik omillarni hisobga oladigan va rus tilidan arab tiliga tarjima qilishda qoʻllaniladigan ekvivalentlik darajalari nazariyasi, gazeta diskursini turli jihatlardan oʻrganish imkonini beradigan muallifning lisoniy shaxsiyatiga xos xususiyatlari hamda tarjimonning lisoniy shaxsiyatining gazeta diskursidagi roli kabi masalalarni oʻrganishga bag'ishlangan.
- Rus va arab gazeta diskursida ekvivalent siyosiy frazeologik birliklarning ishlatilishi xususiyatlari: Uchinchi bob rus va arab tilshunosligidagi siyosiy frazeologik birliklar tasnifining asosiy turlari, rus va arab gazeta diskursidagi ekvivalent siyosiy frazeologik birliklar, shuningdek, rus va arab tilidagi gazeta diskursida baynalmilal frazeologik birliklar kabi bir qator masalalarning tahlili oʻrin olgan.