XIX аsr rus vа xоrij sаyyоhlаrining “Sаfаrnоmа” turkumidаgi аsаrlаridа Оʻrtа Оsiyоgа оid etnоtоpоnimlаr

Ushbu dissertatsiya avtoreferati XIX asrda Oʻrta Osiyoga tashrif buyurgan rus va xorij sayyohlarining "Safarnoma" turkumidagi asarlarida uchraydigan etnotoponimlarni tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ushbu davr sayyohlarining asarlarida O'rta Osiyoga oid etnotoponimlarning o'rganilishi, tasniflanishi va ularning sharqshunoslik va tarixshunoslikdagi ahamiyati tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati: Zamonaviy dunyo ilm-fan oldiga qoʻyayotgan globallashuv davrida bashariyatning tarixan shakllangan milliy va nomoddiy merosini oʻrganish, uni saqlab qolish hamda avlodlarga yetkazib berish tarix fani sohasidagi tadqiqotlarga qoʻyilayotgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada dunyo ilm-fanida tarixiy manbashunoslik, etnologiya, lingvistika, onomastika, toponimiya kabi fan sohalari tarix faniga qoʻshimcha ravishda xalqning milliy qadriyatlari va nomoddiy merosini saqlab qolishda oʻziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: XIX asr rus va xorij sayyohlarining "Safarnomalari", mahalliy manbalar hamda xaritalari asosida hududning etnik tarkibi, geografiyasi, shahar va qishloqlari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy va harbiy holatiga doir ma'lumotlar, avvaliga umumiy ma'lumotlarni toʻplash va xaritalashtirish, soʻngra harbiy harakatlar va keyinchalik xom ashyo bazasiga aylantirish uchun mosligi, XIX asr oxirida esa mintaqa boshqaruvini toʻliq qoʻlga olish maqsadida amalga oshirilgani dalillangan; Oʻrta Osiyo toponimikasi va etnotoponimikasiga oid tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmidan jadallashganligi, XX asrlarning 60-yillari geografiya va toponimika fan sohalarining asoslari, nazariyasi va metodologiyasining shakllanish davri boʻlganligi, mahalliy tadqiqotchilar – T.Nafasov, Z.Doʻsimov, Sh.Qodirova, J.Latipov hamda N.Oxunovlar joy nomlarini tasniflashning mintaqaga xos xususiyatlarini ochib berishi natijasida oʻzbek xalqining shakllanishida muhim rol o'ynaganligi ochib berilgan; "Safarnomalar'da keltirilgan O'rta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududiga oid etnotoponimlarning aksariyati ijtimoiy majburiyat, geografik nomlarning pozitivlik, geografik nomlarning nisbiy negativlik, semantik muvofiqlik, toponimik vorislik, parallellik va qatorlar tamoyillari asosida shakllanganligi asoslangan; aniqlangan etnotoponimlar etnogidronim (Mingariq), etnooronim (Quramatogʻ), etnooykonim (Qoʻngʻirot); shuningdek, totemistik (Bahrin), tamgʻa va maxsus belgilar (Qonjigʻali), son hamda miqdor (Qirq), rang-tus (Oq mangʻit), ijtimoiy holat hamda mavqei (Bevatan), mashgʻulot va kasb-kor (Pichoqchi), geografik joylashuv (Koʻlobi), kishi ismlari (Alieli) kabi turli ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy ta'sir natijasida shakllanganligi ochib berilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: XIX asr Oʻrta Osiyo etnotoponimlariga doir rus va xorij sayyohlariga tegishli 50 dan ortiq safarnoma, 100 dan ortiq ilmiy adabiyot hamda monografiya, risola, dissertatsiya va konferensiya materiallari, 10 dan ortiq xaritalar aniqlanib, tarixiy manbashunoslik nuqtayi nazaridan yoritib berilgan; Oʻrta Osiyoga kelgan rus va xorij sayyohlariga tegishli "safarnomalar”ning paydo boʻlishi, yaratilish maqsadi, natijalari, shuningdek, XIX asrda mintaqa toponimik qatlamidagi joy nomlarining aksariyat qismi urugʻ-qabila hamda ular tarkibidagi genonimlar bilan bogʻliq ekanligi koʻrsatib berilgan; ko'rsatilgan davrga oid manbalardagi etnotoponimlar oʻzbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini oʻrganish hamda hududning toponimik fonini boyitishga xizmat qilishiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, mavzuning tadqiq etilgan jihatlari va kelgusida oʻrganilishi kerak boʻlgan yoʻnalishlar borasida amaliy takliflar berilgan.