Toʻquv dаstgоhlаri аssоrtimentlik imkоniyatlаri аsоsidа yoʻl-yoʻl nаqshli toʻqimаlаrni lоyihаlаsh

Ushbu tadqiqot Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoya qilingan falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining avtoreferati hisoblanadi. Dissertatsiya toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalarni loyihalashga bagʻishlangan. Unda zamonaviy toʻquv dastgohlarining texnologik imkoniyatlari, turli oʻrilishlar va ularning fizik-mexanik xossalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida yangi turdagi yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar ishlab chiqish texnologiyalari ishlab chiqilgan va ularning amaliy ahamiyati koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, jahon va respublika toʻqimachilik sanoatidagi oʻrni, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, shuningdek, tadqiqot natijalarining foydalanishga joriy etilishi va chop etilgan ishlari haqida ma'lumot beradi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi-ning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya ishi fan va texnologiyalar rivojlanishining II. «Energetika, energiya va resurs-tejamkorlik» ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Toʻquv dastgohlari, ularda toʻqima hosil qilish imkoniyatlari va ularni takomillashtirish boʻyicha dunyo olimlarining va Oʻzbekiston olimlarining ilmiy tadqiqotlari sharhlanadi. Mamlakatimizda mavjud toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlarini tahlil qilish va shu asosda oddiy va sidirgʻa naqshli toʻqima matolari qatorida toʻquv usuli bilan toʻqima sirtida yoʻl-yoʻl naqshlar hosil qilish masalasi yetarli darajada oʻrganilmaganligi ta'kidlanadi.
  • Tadqiqotning maqsadi: Toʻquv dastgohlari assortimentlik imkoniyatlarini tahlil qilish asosida yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalarni loyihalashdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Toʻqima sirtida yoʻl-yoʻl naqshlarni hosil qilishda toʻquv dastgohi texnologik omillarini analitik asoslash, turli toʻquv korxonalarida oʻrnatilgan dastgohlarni assortimentlik imkoniyatini tahlil qilish, toʻquv usulida yoʻl-yoʻl naqsh hosil qilish imkoniyatlarini tadqiq etish, yoʻl-yoʻl naqshli oʻrilishlarni yangi turlarini ishlab chiqish, arqoq iplaridan turli zichlkda toʻqima shakllantirish va taklif etilgan koʻndalang yoʻl-yoʻl naqshli matolarning fizik-mexanik xossalarini tadqiq etish.
  • Tadqiqot ob'ekti va predmeti: Tadqiqot ob'ekti sifatida toʻquvchilik korxonasidagi mitti mokili, pnevmati va rapirali toʻquv dastgohlari, homuza hosil qilish mexanizmlari, koʻp rangli mexanizm, toʻqimani tortish va oʻrash mexanizmi, yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar. Tadqiqot predmeti toʻqimachilik korxonalaridagi turli tolaviy tarkibli va turli chiziqli zichlikdagi tanda va arqoq iplari, yoʻl-yoʻl naqshli mato oʻrilishi va zichligi, yoʻl-yoʻl naqshli toʻqima va uni loyihalash usuli tashkil qiladi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Toʻqimalarni loyihalash uchun oʻrilish turlari turli toʻquv dastgohlari homuza hosil qilish mexanizmlarining ishlash tartibi asosida yoʻl-yoʻl naqshli bir qatlamli va murakkab toʻqima ishlab chiqilgan. Rapirali va pnevmatik toʻquv dastgohlarining toʻqimani tortish va oʻrash mexanizmlari texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda dastgohda toʻqima koʻndalang yoʻllari enini belgilash va turli chiziqli zichlikdagi iplarni joylashtirishni amaliy natojalar asosida ishlab chiqilgan. Toʻquv dastgohining iplardan koʻp rangli mexanizmidan foydalangan holda tolaviy tarkibi va chiziqlida zichligi turlicha boʻlgan arqoq iplaridan toʻqima sirtida koʻndalang yoʻl-yoʻl naqsh shakllantirilgan. Tanda va arqoq iplarining deformatsiya qiymati va bikrlik koeffisientini hisobga olgan holda toʻqima qalinligi va iplarning chiziqli zichlik koeffisienti aniqlangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Turli toʻquv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlari tadqiq qilindi va shu asosda yoʻl-yoʻl naqshli oʻrilish turini ishlab chiqilgan. Turli tolaviy tarkibli, turli chiziqli zichlikdagi arqoq iplaridan zichligi bir-biridan farqli koʻndalang yoʻllar shakllantirilishi hisobiga yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar assortimenti kengaytirilgan. Tajriba natijalarida taklif etilgan yangi yoʻl-yoʻl toʻqimalar uchun toʻquv dastgohini taxtlash koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar sirt zichligi va fizik-mexanik xossalari asosida koʻylak-kostyumbop va mebelbop gazlamalr sifatida tavsiya etilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot yakunida natijalarning ishonchliligi dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar, nazariy hamda eksperimental tadqiqot natijalarining bir-biriga mos kelishi, aprobatsiya va joriy qilinishidagi ijobiy natijalarni solishtirish, baholashga, ularning adekvatligiga, oʻtkazilgan tadqiqotlarning ijobiy natijalari, shuningdek, ularning koʻrib chiqilayotgan sohasidagi ma'lumotlariga qiyosiy tahlili bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ko'ndalang yoʻlli oʻrilishlar, turli tolaviy tarkibli va turli chiziqli zichlikdagi arqoq iplaridan turli zichlikda yangi yo'l-yoʻl naqshli bir qatlamli va murakkab matolar olinganligi, shunindek turli toʻquv dastgohlaridagi homuza hosil qilish, koʻp rangli mexanizmlar va toʻqima rostlagichlarining ishlash tartibi boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini asoslash bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishning ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirilgani, olingan natijalarning amaliyotdagi natijalar bilan mutanosibligi, tajribaviy tadqiqot natijalariga binoan yoʻl-yoʻl naqshli matolar uchun yangi o'rilish turini yaratilishi hisobiga yangi assortimentdagi yo'l-yo'l naqshli matolar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta'minlashi va iqtisododiy samaradorligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toʻquv dastgohlarining texnologik imkoniyatlarini tadqiq qilish va yangi yo'l-yoʻl naqshli oʻrilish turi joriy etish boʻyicha olingan natijalar asosida yangi turdagi yoʻl-yoʻl naqshli matoning oʻrilish turi hamda taxtlash koʻrsatkichlari “NT HOLDING Home Textile” MCHJda ishlab chiqarishga joriy etilgan. Natijada mahsulot samaradorligi mavjud gazlama uchun mos ravishda 20,6%, yangi loyihalangan koʻndalang yoʻlli gazlamalar ishlab chiqarish uchun 48,2-56,2% ni tashkil etdi. Zamonaviy to'quv dastgohlari bilan jihozlangan korxonalarda kapital mablag'larni qoplanish muddati oʻrtacha 2,5 marta qisqardi.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalarining 10 ta ilmiy-texnik konferensiyalarda, shu jumladan 6 ta xalqaro va 4 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumalarida muhokama qilingan.
  • Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 16 ta ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan, «Scopus» ma'lumotlar bazasida indeklangan xorijiy nashrlarda 1 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola nashr etilgan, shundan 2 ta maqola xorijiy jurnallarda chop etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligining Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga 2 ta mualliflik guvohnomasiga talabnoma topshirilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, to'rtta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 96 betni tashkil etadi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, maqsadi va vazifalari, shuningdek, tadqiqot obyekti va predmeti shakllantirilgan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo'nalishlariga mosligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalar bayon etilgan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan hamda amaliyotga joriy qilish, chop etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda adabiyotlar sharhi va tadqiqot vazifalari, ikkinchi bobda toʻquv dastgohlarida yo'l-yoʻl naqshli toʻqimalar ishlab chiqarishning nazariy asoslari, uchinchi bobda tanda va arqoq iplari oʻrtasidagi deformatsiyalanish xususiyatlari, toʻrtinchi bobda esa yangi loyihalangan koʻndalang yoʻlli toʻqimalarning tuzilishi boʻyicha texnologik xossalari aniqlash asosiy mazmunni tashkil etadi.
  • XULOSA: Bugungi kunda eng mashhur toʻquvchilik korxonalariga eng koʻp oʻrnatilib, foydalanilayotgan mitti mokili, rapirali va pnevmatik toʻquv dastgohlarining assortimenlik imkoniyati, homuza hosil qilish, toʻqimani tortish va oʻrash, koʻp rangli mexanizmlarning ishlash tartibi bilan bogʻliqligi asoslangan. Yuqori texnologik imkoniyatlarga ega rapirali va pnevmatik toʻquv dastgohlaridan samarali foydalanish lozimligi ta'kidlangan. Loyihalangan bir qatlamli va murakkab yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalarning texnologiyalari ishlab chiqilgan. Tanda va arqoq iplari bikrlik koeffitsientlari asosida toʻqima qalinligini hisoblash formulasi ishlab chiqilgan. Iplarning chiziqli zichlik koeffitsientini hisoblash ifodasi ishlab chiqilgan. Nazariy va tajribaviy miqdorlarda 3-4% ga farqlar kuzatilgan. Loyihalangan gazlamalar koʻylak-kostyumbop va mebelbop gazlamalar uchun tavsiya qilingan. Ishlab chiqarishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik 11 385 ming soʻmni tashkil etadi.