Baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

Ushbu kitobda baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlar keltirilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baliqchilik tizimini rivojlantirishning hozirgi holati, ushbu sohaga ta'sir etuvchi omillar, Investitsiya va kreditlash masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlari, shuningdek, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar tajribalari tahlil qilingan. Shuningdek, kitobda baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining takliflari va tavsiyalari ham oʻrin olgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Jahon iqtisodiyotida kechayotgan keskin raqobatchilik va globallashuv sharoitida baliq va boshqa dengiz mahsulotlariga boʻlgan talabning jadal oshishi kuzatilmoqda. Jahonda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va isteʼmol qilinadigan mahsulotlarning ozuqaviy tarkibining boyligi jihatidan baliq va baliq mahsulotlari alohida ahamiyat kasb etib borishi sharoitida mazkur sohaga oid kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishlab chiqarishning asosiy manbai hisoblanmoqda.
  • I-BOB. BALIQCHILIK SOHASIDA KBXT NI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI: Ushbu bobda baliqchilik sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) ni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari, shu jumladan, uni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmlari, rivojlanishning iqtisodiy-huquqiy jihatdan joriy etilishi va takomillashtirilishi, Xorazm viloyati baliqchilik tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va istiqbollari, shuningdek, sohani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, xorijiy davlatlar tajribasi va tavsiyalar ham oʻrin olgan.
  • II-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA UNING HUDUDLARIDA BALIQCHILIK SOHASIDA KBXT TARAAQQIYOTINING HOZIRGI HOLATI TАHLILI VA RIVOJLАNISH OMILLАRINI BAHOLASH: Ushbu bobda Oʻzbekiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baliqchilik tizimida KBXTni rivojlantirishning hozirgi holati tahlil qilingan. Tadqiqotlar davomida Xorazm viloyati baliqchilik tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar, jumladan, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar, kreditlar, transferlar, soliqlar va boshqa omillar, shuningdek, eksport va import hajmlari tahlil qilingan. Shuningdek, baliqchilik sohasida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini baholash meʼzonlari va natijalari keltirilgan.
  • III-BOB. XORAZM VILOYATI BALIQCHILIK TIZIMIDA KBXTNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI: Ushbu bobda Xorazm viloyati baliqchilik tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlar, shu jumladan, baliqchilik sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy muammolari va ularning yechimlari, jumladan, savdo va transport tizimlarining holati, hamda Xorazm viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishini baholash boʻyicha oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, baliqchilik sohasi uchun rivojlanish yoʻnalishlari va istiqbollari ham aniqlangan.