Milliy gvardiyaning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirish
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirish masalalari atroflicha o'rganilgan. Tadqiqotda ushbu yo'nalishdagi huquqiy-normativ bazani takomillashtirish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyoda yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalarni himoya qilish va ularning huquqlari hamda manfaatlarini ta'minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. UNICEF ma'lumotlariga ko'ra, jahonda 140 milliondan ortiq yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalar mavjud. Mazkur raqamlar dunyoda yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishni va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash dolzarb ekanligini koʻrsatadi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “I. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mamlakatimizda bolalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning turli huquq sohalari boʻyicha himoyasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
- Tadqiqotning maqsadi: Milliy gvardiyaning yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Milliy gvardiyaning vakolatli xodimlari yetim bolalarning va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalarning ta'lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini baholab, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini (oilaviy bolalar uylarini tashkil etish)ni qoʻllash choralarini koʻrish lozimligi asoslantirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Milliy gvardiyaning yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
- Xulosa: Milliy gvardiyaning yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirishga doir tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy-nazariy, amaliy-tashkiliy va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha xulosalarga kelindi.