"Iqtisodiy bilim asoslari" 8-sinf
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun tavsiya etilgan bo‘lib, iqtisodiy bilim asoslari haqida ma’lumot beradi. Kitobda iqtisodiyotga kirish, bozor, oila-uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti, talab va taklif, iqtisodiy tizimlar, ishlab chiqarish omillari, mehnat taqsimoti, raqobat, bozor narxi, bozor qatnashchilari, iste’molchi huquqlari, mulk va xususiylashtirish, daromad va boylik, jamg‘arma va sug‘urta, iqtisodiy qaror qabul qilish, talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar, bozor narxi, raqobat, monopoliyalar, bozor iqtisodiyoti, soliq tizimi, soliqqa tortish asoslari, soliq to‘lovchilari hamda iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat siyosati kabi mavzular yoritilgan. Har bir mavzu so‘ngida savol va topshiriqlar hamda muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- I bob. Iqtisodiyotga kirish: Bu bobda iqtisodiyot bilan tanishuv, cheklanganlik muammosi, tanlov va uning muqobil qiymati, ishlab chiqarish va uning omillari, mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv, iqtisodiy tizimlar kabi mavzular yoritilgan.
- II bob. Bozor: Bozor va uning turlari, narxlar, bozor qatnashchilari, ayirboshlash va pul kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- III bob. Oila-uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari, mulk va xususiylashtirish, daromad va boylik, jamg‘arma va sug‘urta, iqtisodiy qaror qabul qilish, iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari kabi mavzular yoritilgan.
- IV bob. Talab va taklif: Talab va talab qonuni, talabga ta’sir etuvchi omillar, taklif va taklif qonuni, taklifga ta’sir etuvchi omillar, bozor narxi, talab va taklifning o‘zaro munosabati, bozor narxiga ta’siri kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- V bob. Raqobat va bozor iqtisodiyoti: Raqobat, monopoliyalar, bozor iqtisodiyoti, O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- VI bob. Soliq tizimi: Soliqlar va ularning turlari, soliqqa tortish asoslari, soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.