O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini takomillashtirish masalalari
Ushbu dissertatsiya tadqiqotida Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini takomillashtirish masalalari, ya'ni buxgalteriya autsorsingiga doir nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, hamda O‘zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari: Mazkur bo'limda iqtisodiyotda autsorsing xizmatlarining kengaytirish sabablari, Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini tashkil etish afzalligi, kamchiligi va muammolari, buxgalteriya autsorsing asosida buxgalteriya hisobini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari ochib berilgan.
- Buxgalteriya hisobi sohasida autsorsing xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar: Ushbu bo'limda buxgalteriya autsorsingining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar, jumladan, buxgalteriya autsorsing firmasida mijoz korxona moliyaviy va boshqaruv hisobini integratsiyalashgan tizimi takomillashtirish masalasi ko'rib chiqilgan.
- Oʻzbekistonda buxgalteriya autsorsing xizmatlarini takomillashtirish: Uchinchi bobda buxgalteriya autsorserlar tomonidan mijozlarning moliyaviy hisobotlarini MHXS boʻyicha transformatsiya qilish xizmatini takomillashtirish va buxgalteriya autsorserlar tomonidan “Dyu dilidjens” xizmati koʻrsatilishini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan hamda tegishli ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.