Siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslarning elektrokimyoviy va adsorbsion xossalari

Ushbu dissertatsiya ishida siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslarning tayyorlanishi, ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari, xususan, ularning metall korroziyasiga qarshi ingibitorlik faolligi oʻrganilgan. Tadqiqotda ẞ-SDoFDA, ẞ-SDME, ẞ-SDDFK, ẞ-SDNA va ẞ-SDAS kabi bir qator yangi supramolekulyar komplekslar sintez qilinib, ularning tuzilishi IR, ¹H NMR, Raman spektroskopiya, TGA usullari yordamida aniqlangan. Keyinchalik, ushbu komplekslarning elektrokimyoviy va adsorbsion xossalari oʻrganilib, ularning poʻlatni korroziyadan himoya qilishdagi samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ingibitorlar Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda GISSARNEFTGAZ qoʻshma korxonasida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular

  • Yashil korroziya ingibitorlari asosida beta siklodekstrin: zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar va imkoniyatlar: Ushbu bobda korroziyaning asosiy xususiyatlari, ta'siri va himoyasi, ekologik toza va samarali korroziya ingibitorlari sifatida beta siklodekstrinning tabiiy polimer bilan modifikatsiyalari, beta siklodekstrin asosidagi supramolekulyar (mezbon-mehmon) komplekslar kislotali agressiv muhitlardagi ingibitorlarning himoyalash mexanizmlari, kislorod va azot saqlovchi siklodekstrin asosidagi supramolekulyar ingibitorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda kislotali muhitdagi korroziyaviy jarayonlarni to'xtatish bo'yicha respublikamiz va Chet elda olib borilayotgan ishlar qiyosiy muhokama qilingan. Adabiyotlar tahliliga koʻra, siklodekstrin asosidagi supramolekulyar ingibitorlar samaradorligi yuqori boʻlishi aniqlangan.
  • Materiallar, siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslarning sintezi va tadqiqot usullari: Ikkinchi bobda foydalanilgan poʻlat 20 namunasining tarkibi, tuzilishi, oʻlchamlari va kislotali fon eritmalarning tarkibi keltirilgan. Beta siklodekstrin ortofenilendiamin (ẞ-SDoFDA), beta siklodekstrin melamin (ẞ-SDME), beta siklodekstrin 1,5-difenil karbazid (ẞ-SDDFK), beta siklodekstrin atsetanilid (ẞ-SDAS), beta siklodekstrin naftilamin-1 (ẞ-SDNA) birikmalarining sintez sharoitlari va reaksiya tenglamalari ko'rsatib o'tilgan. Infraqizil spektroskopiya, Raman spektroskopiyasi, proton yadro magnit-rezonans spektroskopiyasi, termogravimetrik analiz, potensiodinamik qutblanish, elektrokimyoviy qarshilik spektroskopiyasi, gravimetrik, skanerlovchi elektron mikroskop, energiya-dispersion spektroskopiya, atom kuch mikroskop, zichlik funksional nazariyasi, Monte Karlo va molekulyar dinamik simulyatsiya usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Sintez qilingan ingibitorlar tuzilishining tahlili: Uchinchi bobda sintez qilingan supramolekulyar komplekslar tuzilishining IQ-spektroskopiyasi, Raman spektroskopiyasi, ¹H YaMR va termogravimetrik analiz usullaridan olingan natijalarning tahlili keltirilgan. B-SD, oFDA, mexanik aralashma va ẞ-SDoFDA supramolekulyar kompleksini infraqizil spektr tadqiqotlari oʻtkazildi.
  • Olingan ingibitorlarni metallar korroziyasiga qarshi samaradorligini tadqiq qilish: To'rtinchi bobda supramolekulyar komplekslarning ingibitorlik xossalarini tadqiq qilish bo'yicha olingan amaliy va nazariy ma'lumotlarning tahlili keltirilgan. Korroziya va ingibirlash jarayonida sistemaning termodinamik kattaliklarini oʻzgarishini aniqlash, faollanish jarayonining kinetik-adsorbsion koʻrsatkichlarini aniqlash hamda elektrokimyoviy usullar yordamida olingan natijalar va ularning tahlili keltirilgan.
  • Ingibirlash jarayonini kvant kimyoviy tahlili: Beshinchi bobda sintez qilingan supramolekulyar komplekslarning ingibirlash jarayonini kvant kimyoviy tahlil qilish boʻyicha olingan ma'lumotlar keltirilgan. Zichlik funksional nazariyasi (ZFN) tahlillari ẞ-SDoFDA ning neytral va protonlangan shakllarida amalga oshirildi. Molekulyar dinamik simulyatsiyasi hamda radial tarqalish funksiyasi (RTF) tahlili ham kiritilgan.