Simulyatsion taʼlim texnologiyalari orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi

Ushbu dissertatsiya avtoreferati

Asosiy mavzular

  • Kirish: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustivor yoʻnalishlariga muvofiqligi koʻrsatilgan, muammoning o'rganganlik darajalari tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob'ekti hamda predmeti aniqlangan, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslanib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • Metodologik asos: Kasbiy faoliyatni shakllantirish qismida A.A. Verbitskiyning kontekstli ta'lim nazariyasi (oʻquv-kognitiv faoliyatni kasbiy faoliyatga aylantirish orqali) asosida tadqiqot olib borilgan.
  • Tashkiliy-pedagogik sharoitlar: O'quv-simulyatsion muhitni yaratish; oʻquv-metodik ta'minlashni ishlab chiqish va qoʻllash; oʻqituvchilarning simulyatsion ta'lim usullari majmuasini amalga oshirishga tayyorligi; ekstremal kompetensiyani shakllantirishni baholash uchun diagnostika vositalarini ishlab chiqish.
  • Shakllanish bosqichlari: O'quv-kognitiv bosqich, Simulyatsion bosqich va O'quv va amaliy bosqichdan iborat.
  • Komponentlarning shakillanganlik darajalari: Motivatsion-maqsadli, Kognitivli, Faoliyatli va Refleksiv-baholovchi komponentlar bo'yicha darajalar: Yuqori (ijodiy), O'rtacha (produktiv), Past (reproduktiv).
  • Natija: Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligi.
  • Xulosalar: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, kasbiy kompetentlikni shakllantirish usullari, metodikasi va uni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.