L.Z.Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘atida eski o‘zbekcha qatlamning izohlanish prinsiplari
Ushbu avtoreferat L.Z.Budagovning
Asosiy mavzular
- Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati.: Jahon ilm-fanida tilshunoslik va lugʻatshunoslik sohalarining jadal rivojlanishi lugʻatlar, ularning tub mohiyati, lingvistik hamda ijtimoiy vazifalari, lugʻat tuzish usullarini asoslashni taqozo etmoqda. Lugʻatshunoslarning ogʻir mehnati va sa'yi harakati natijasida yaratilgan boy ilmiy merosni tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi. Dunyo tilshunosligida leksikografiya masalalari, lugʻat tuzish an'analari, til oʻrganishning oʻziga xos qulay va samarali, sinovdan oʻtgan usullarini hayotga joriy etish hamda ulardan keng foydalanish, til oʻrganuvchilar uchun qulayliklar yaratish kabi masalalar tilshunoslar e'tibori markazida qolmoqda. Jumladan, lug'atshunoslikda turfa lug'atlar tuzish, ularni tadqiq etish, tarixda yaratilgan lug'atlarning qurilishi va mohiyatini oʻrganish, ularning qiyosiy tahliliga bagʻishlangan qator tadqiqotlar mavjud. Noyob qo'lyozma manba sifatida saqlanayotgan tarixiy lug'atlarning yaratilish tamoyillarini atroflicha oʻrganish muhim muammo sifatida hanuz oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. Binobarin, tilning tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda uni zamonaviy qarashlar bilan uzviy bogʻlagan holda qiyoslash muhim masalalardan hisoblanmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish uchun keng qamrovli imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilib, mazkur masalaga bagʻishlangan maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda betakror ilmiy merosning hali toʻliq o'rganilmagan qirralarini ochib berish, xususan, Respublika hamda chet el fondlarida saqlanayotgan noyob manbalarni tadqiq etish ustuvor yoʻnalishlardan biri tarzida belgilandi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi.: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
- Mavzuning oʻrganilganlik darajasi.: Sharq, xususan, oʻzbek lug'atshunosligi taraqqiyoti, oʻzbek tiliga oid lugʻatlarni tuzish tamoyillari boʻyicha V.Axvledian, A.Kononov, V.Ribalkin, V.Bartold, A.Borovkov, P.Zayanchkovskiy, A.Xolidov, S.Ivanov, V.Velyaminov-Zernov, V.Kapranova, Ahmad Otash, A.Avanesov, P.K.Jyze kabi xorijlik olimlar tomonidan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.: “Turk-tatar tillarining qiyosiy lug'ati