CdS, ZnS va CdTe asosidagi yarimo‘ktazgichli avtomon geliooptoelektron asboblarni ishlab chiqishni takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya ishida CdS, ZnS, CdTe yarimoʻtkazgichlari asosida avtonom geliooptoelektron qurilmalarni ishlab chiqish va takomillashtirish masalasi koʻrib chiqilgan. Tadqiqot davomida quyosh radiatsiyasidan olingan issiqlik va yorug'lik energiyasidan foydalanib, yuqori elektr potensialli (maydonli) optoelektron qurilmalar yaratishning ilmiy-texnikaviy asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarida nanozarrachalar kiritish orqali fotoelektrik qurilmalarning samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, toza ichimlik suv olish uchun hamda tezkor jarayonlarni qayd qilish va boshqarishda foydalanish mumkinligi asoslab berilgan.
Asosiy mavzular
- Quyosh nurlanishining yarimoʻtkazgichli optoelektronikasi va geliotexnikasi: Ushbu bobda optoelektronika haqida dastlabki ma'lumotlar, elementar optronlar va ularning asosiy elementlari, an'anaviy yorug'lik manbalari va ularning imkoniyatlari, generator tipidagi foto qabul qilgichlarning yarimoʻtkazgichli strukturalarini yaratish boʻyicha adabiyotlardagi ma'lumotlar tanqidiy tahlil qilingan.
- Optoelektron gelioqurilmani yaratish uchun generator tipidagi foto qabul qilgichni ishlab chiqish va tadqiq qilish: Bu bobda generator tipidagi foton qabul qilgich uchun samarador yarimoʻtkazgich xalkogenid materiallar tanlash va rux va kadmiy xalkogenid yarimoʻtkazgich materiallarini ishlab chiqishning asosiy xususiyatlari va yupqa pardalar olish texnologiyasiga bagʻishlangan.
- Katta elektr maydonlarini hosil qilish uchun optoelektron geliotexnik qurilmalarini ishlab chiqish: Uchinchi bobda xalkogenid yarimoʻtkazgich birjinsli emas yupqa pardalaridan foydalanib, yuqori samarador optoelektron qurilmalarning elementar optronlari uchun yorug'lik manbasi sifatida quyosh yorug'ligidan foydalanish, optoelektronning foton qabul qilgichi sifatida esa generator tipidagi dielektrik iste'molchiga ishlovchi hamda oʻtkazuvchan (metall) iste'molchiga ishlovchi foto qabul qilgichlardan foydalanishga moʻljallangan eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan.
- Optoelektron geliotransformatorni va tezkor zatvor (tiqin) ni yaratish va tadqiq qilish: To'rtinchi bobda xalkogenid yarimoʻtkazgich birjinsli emas yupqa pardalari negizida yaratilgan generator tipidagi foton qabul qilgichlardan foydalanib, quyosh radiatsiyasining zaif oqimini kuchli elektr potensialiga aylantira oladigan quyosh optoelektron qurilmalari yaratish metodologiyasining g'oyaviy va ilmiy asoslari shakllantirilgan.