Ba’zi 3d-metallarining 1,3,4-oksadiazol hosilalari bilan gomo- va geterometalli kompleks birikmalari
Ushbu dissertatsiya 3d-metallarning 1,3,4-oksadiazol hosilalari bilan gomo- va geterometalli kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi, xossalari va biologik faolligini oʻrganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda 27 ta yangi gomo- va 12 ta geterometalli kompleks birikmalari sintez qilingan. Komplekslarning fizik-kimyoviy, termik va antioksidantlik xossalari o'rganilgan. Shuningdek, 2-karboksimetiltio-5-fenil-1,3,4-oksadiazol va uning metallokomplekslarining biokorroziyaga qarshi ingibitorlik xususiyati aniqlangan va amaliyotga tavsiya etilgan.
Asosiy mavzular
- 1,3,4-Oksadiazol hosilalari va ular asosidagi kompleks birikmalarning olinishi, hossalari: Ushbu bobda geterohalqali ligandlar – 1,3,4-oksadiazol hosilalari va ular ishtirokidagi kompleks birikmalarning sintezi, fizik-kimyoviy xossalari, biologik aktivligi va ishlatilish sohalari boʻyicha adabiyot manbalari tahlil qilingan. 1,3,4-Oksadiazolning organik ligandlar sifatida kompleks hosil qilish xossalarining mavjudligi va tibbiyot, elektronika, qishloq xoʻjaligi hamda boshqa sohalarda istiqbolli ekanligi koʻrsatib berilgan.
- 1,3,4-Oksadiazol hosilalarining 3d-metall tuzlari bilan gomo- va geterometalli kompleks birikmalari sintezi: Ikkinchi bobda dissertatsiya doirasida foydalanilgan asbob uskunalar va reaktivlar tavsifi, birikmalarni maqsadli sintez usulini tanlashga yondashuv, 1,3,4-oksadiazol hosilalari ishtirokida gomo- va geterometalli kompleks birimalarni olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligini aniqlash usullari keltirilgan.
- 1,3,4-Oksadiazol hosilalari va ular asosidagi gomo- va geterometalli kompleks birikmalarini fizik-kimyoviy tadqiqoti va ularning muhokamasi: Uchinchi bobda organik geterohalqali ligandlar va ularning 3d-metallar bilan gomo- va geterometalli kompleks birimalarining zamonaviy tadqiqot usullari yordamida tahlil qilish va tarkib-tuzilish xususiyatlari hamda yangi sintez qilingan metallokompleks birikmalarning antioksidantlik faolligi va amaliyotga qoʻllash imkoniyatlari keltirilgan.